Xalqaro jinoyatchilikka qarshi



Download 37,11 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2022
Hajmi37,11 Kb.
#596409
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ХАЛҚАРО ЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ


XALQARO JINOYATCHILIKKA QARSHI
KURASHDA O'ZARO HAMKORLIKNI YO'LGA QO'YISH
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
1.Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida Interpol yo'nalishidagi xalqaro hamkorlik
2.Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida BMT yo'nalishidagi xalqaro hamkorlik
3. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamkorligi
Foydalanilgan adabiyotlar

Jahonda mavjud bo'lgan jinoyatchilik miqyosi asosan tashqi omillar tufayli yuzaga kelishini ko'rish mumkin. Eng xavfli jinoyatlar aksariyat hollarda ikki yoki undan ortiq davlatlar hududida sodir etilishi bilan e'tiborlidir va ko'p vaziyatlarda jinoiy yo'l bilan topilgan moddiy boyliklar va boshqa buyumlar jinoyat sodir etilgan bir davlatdan boshqa bir davlatga «o'tkaziladi».


Interpol hamjamiyatining Bosh kotibi R.Kendallning ta'kidlashicha, hozirgi davrda jinoyatchilik bilan xalqaro miqyosda kurash olib borish ba'zi superkomanda yoki superdetektiv zimmasidagi vazifa bo'lib qolmasligi lozim. Bu vazifani bajarish nafaqat ayrim davlatlar o'rtasida o'rnatilgan xalqaro kelishuvlar, har bir davlat qonunchiligi, texnik salohiyati asosida amalga oshirilishi kerak, balki yaxshi niyat, maqsadda jinoyatchilikka qarshi kurashdan bir xilda manfaatdor bo'lgan davlatlarning umumiy faoliyat ko'rsatishi talab etiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurash o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi. Bu faoliyat xalqaro aloqalarning o'ziga xos tarkibiy qismi ekanligini e'tiborga olish lozim. Hatto ba'zi davlatlarning o'zaro siyosiy va iqtisodiy hamkorligi bo'lmasa-da, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish ehtiyoji yuzaga kelishini ko'rish mumkin.Binobarin, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida quyidagi o'ziga xos hamkorlik turlarini ko'ramiz:
– o'zaro jinoyat, fuqarolik va oila huquqlari bilan bog'liq masalalarni hal etishdagi hamkorlik;
– jinoyatchilikka qarshi kurashda va ayniqsa xalqaro miqyosda yoyilgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro kelishuvlar uzish va ularni amalga oshirish;
– boshqa davlatlarning huquqni himoya qilish organlari tomonidan jinoiy-huquqiy va fuqarolik ishlari bo'yicha chiqarilgan qarorlarni bajarishda o'zaro yordam ko'rsatish;
– huquq-tartibot sohasida jinoiy-huquqiy masalalar va inson huquqlarini ta'minlash qoidalarining bajarilishini ta'minlash;
– huquqni muhofaza qilish organlarini qiziqtiradigan axborotlarni o'zaro ayirboshlashni ta'minlash;
– jinoyatchilikka qarshi kurash muammolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish va ilmiy tavsiyalar yaratishda o'zaro hamkorlik ishlarini olib borish;
– ilg'or tajribalar bilan o'rtoqlashish;
– kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o'zaro yordam ko'rsatish;
– moddiy-texnikaviy va maslahatlar berish bo'yicha o'zaro yordam berish kabilar.
Jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o'zaro hamkorlik masalalarini strategik jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) hal etadi. Bu tasodif emas, albatta, chunki jinoyatchilikning yuzaga kelishi va miqyosi xalqaro aloqalar tizimi asosida belgilanadi. 1991 yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida ta'kidlanganidek, «jinoyatchilikning miqdoran o'sishi uning davlatlararo yuzaga kelishi har bir davlatning ichki xavfsizligiga raxna soladi, insonning xotirjam yashashiga tajovuz qiladi va shu bilan birga, xalqaro aloqalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa xalqaro miqyosda samarali mexanizm yaratish va davlatlar o'rtasida yanada yaqin aloqalar o'rnatishni taqozo etadi».
Ma'lumki, BMTning jahon miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda tutgan o'rni ushbu xalqaro jamiyatning Nizomida o'z ifodasini topgan. Jumladan, BMT Nizomining 1-moddasida qayd etilganidek, BMT: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlaydi, davlatlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni rivojlantiradi; xalqaro miqyosda mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik bilan bog'liq muammolarni yechishda zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Xalqaro miqyosdagi jinoyatchilikka qarshi kurash masalasiga ham BMT kun tartibida alohida e'tibor beriladi. Shu maqsadda jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida BMTning maxsus dasturi yaratiladi. Bosh Assambleya dasturi BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, BMTning Komissiyalari tomonidan chiqarilgan va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish bo'yicha qarorlari, BMT kongresslarining jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilar bilan bo'ladigan munosabatlar to'g'risidagi tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
BMT Bosh Assambleyasi jahon miqyosida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashga bevosita yo'naltirilgan quyidagi qator hujjatlarni qabul qilganligini ko'rish mumkin:
– Mahbuslar bilan muomala qilish qoidalarining minimal standartlari;
– Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni ta'minlash bo'yicha faoliyatlari kodeksi;
– Korruptsiyaga qarshi kurash qoidalari;
– Davlat mansabdor shaxslarining faoliyatlari bo'yicha xalqaro kodeks;
– Huquq-tartibotni amalga oshirishda mansabdor shaxslar tomonidan kuch va o'qotar qurollarni qo'llashning asosiy printsiplari;
– Hokimiyatni suiiste'mol qilish va jinoyat qurbonlari bilan bog'liq odil sudlovning asosiy printsiplari deklaratsiyasi;
– Sud organlarining mustaqilligi bilan bog'liq asosiy printsiplar;
– Advokatlarning tutgan o'rniga oid asosiy printsiplar.
1991 yil 18 dekabrda jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlar bo'yicha sudlovni amalga oshirish bo'yicha OOFI dasturi qabul qilingan bo'lib, uning asosiy maqsadi sifatida preambulada qayd etilganidek, barcha kriminal holatlarning oldini olish va odil sudlov bilan bog'liq ishlarda xalqaro jamoatchilikning zarur ehtiyojlari qondirilishiga yordam ko'rsatish kabilar belgilandi.
Ushbu Dasturning asosiy maqsadlari esa quyidagilar:
– milliy davlatlar va davlatlararo mavjud jinoyatchilikka qarshi kurash;
– jinoyatchilikka qarshi kurashning global (jahon miqyosida) va mintaqaviy choralarini kuchaytirish;
– BMTga a'zo davlatlarning xalqaro jinoyatchilikning oldini olishdagi ishtiroklarini ta'minlash;
– jinoiy ishlarni ko'rib chiqishdagi samaradorlikni oshirish;
– yuqori standartlardagi insoniylik, haqiqatparvarlik, odil sudlovni yo'lga qo'yish va kasb mahorati asosida ish yuritish kabilardan iboratdir.
BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar kengashi tarkibida, jinoyatchilikka qarshi kurash muammolarini yuqori darajadagi dolzarbligidan kelib chiqqan holda, 1992 yili Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko'rib chiqishda odil sudlovni tashkil etish komissiyasi tuzildi.
Ushbu Komissiya tarkibiga BMT a'zosi bo'lgan 40 ta davlat vakillari kiritilgan va ular uch yil muddatga saylanadilar.
Komissiya o'z faoliyatida: jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko'rib chiqishda odil sudlarni tashkil etishning asosiy printsiplarini ishlab chiqish; BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha olib boradigan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash; BMT Kongresslarini tayyorlash kabilarni amalga oshiradi.
Aynan ushbu Komissiya BMT Bosh Assambleyasining 51-sessiyasida (1996) Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to'g'risidagi deklaratsiyani qabul qildi. Bu Deklaratsiyada BMTga a'zo barcha davlatlar o'z zimmalariga xalqaro miqyosda sodir etiladigan xavfli va shu jumladan uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik vositalari va qurollarni g'ayriqonuniy ravishda sotish, kontrabanda asosida g'ayriqonuniy tovarlarni sotish, odamlarni tashkiliy tarzda sotish, terrorchilik jinoyatlari, korruptsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarning oldini olishda hamkorlik qilish majburiyatini olishlari lozim.
Xalqaro miqyosdagi hamkorlikning yo'nalishi va shaklining takomillashishi bois Bosh Assambleya Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda odil sudlovni amalga oshirish komissiyasiga Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha xalqaro konventsiyani ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Bu topshiriqning berilishiga esa, Neapolda 1994 yil noyabr oyida xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiyada qabul qilingan Xalqaro rejali harakatlar bo'yicha Neapol deklaratsiyasi qarorlari sabab bo'ldi.
BMTning o'ziga xos modelli kelishuvlarning tayyorlanishidagi sa'y-harakatlari ham e'tiborlidir. Bunda quyidagilarni esga olish joizdir:
Jinoyat ishlarini ko'rib chiqish va odil sudlovni amalga oshirishdagi o'zaro yordam to'g'risidagi namunaviy shartnoma;
Jinoyat sudlov ishlarini o'zaro o'tkazish bo'yicha namunaviy shartnoma; Taqdim etish bo'yicha namunaviy shartnoma;
Shartli ravishda javobgarlikka tortilgan va jazodan bo'shatilganlar va huquqbuzarliklar ustidan nazorat o'tkazish vakolatlarini berish bo'yicha namunaviy shartnoma;
O'tuvchi mulk shaklidagi biror-bir xalqning tarixiy merosiga tajovuz qilish bilan bog'liq jinoyatlarning oldini olish bo'yicha namunaviy shartnoma kabilar.
BMT tarkibiga kiruvchi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi masalalar bilan maxsus shug'ullanish Jinoyat ishlarini ko'rib chiqish va odil sudlovni amalga oshirish komissiyasidan tashqari, BMT tarkibiga:
Xalqaro miqyosda jinoyatchilikning oldini olish Markazi (Vena markazi), BMTning jinoyatchilik va odil sudlov bo'yicha Rim mintaqaviy ilmiy tadqiqot instituti;
Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo'lish bo'yicha Tokioda joylashgan Osiyo va Uzoq Sharq instituti, Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo'yicha Xelsinki instituti, Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo'lish bo'yicha BMTning Afrika instituti;
Xavfsizlik masalalari bo'yicha Ar-Riyodda joylashgan Arab ilmiy tadqiqot va o'quv markazi;
Avstraliya (Kanberra) kriminologiya instituti, Jinoyat qonunchiligi islohotlari va jinoyat ishlari bo'yicha odil sudlovni olib borishning Kanada (Vankuver) Xalqaro markazi kabilar. Sanab o'tilgan institutlar o'z faoliyatlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar, milliy davlatlarning huquqni himoya qilish organlari xodimlarining malakasini oshirish, zarur loyihalarni ishlab chiqishda metodik, moddiy va texnik yordam ko'rsatadilar, manfaatdor tashkilotlarni jinoyatchilik va jahon miqyosida unga qarshi kurash choralari to'g'risida axborot bilan ta'minlashni amalga oshiradilar.
BMT esa o'ziga xos jihatlariga ko'ra, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida global, strategiyaga xos masalalar bilan shug'ullanadi. Aniq taktik vazifalarni esa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar bajaradi. Bular: Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Arab mamlakatlari Ligasi, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, Afrika birdamlik tashkiloti kabilardir. O'ziga xos ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatlarga ko'ra, xalqaro mintaqaviy tashkilotlardan Yevropa hududida joylashganlari O'zbekiston Respublikasi va MDHga kiruvchi davlatlar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bular: Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqidir. Yevropa Ittifoqi 1975 yildayoq huquq-tartibotni o'z faoliyatini himoya qilishga qaratgan. Yevropa mamlakatlarining o'zaro hamkorligi «Trevi» guruhi doirasida amalga oshiriladi.
Hamkorlik shakli adliya, ichki ishlar (politsiya) va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining muntazam yig'inlarini o'z ichiga oladi. Bu organlarning yig'ilishlarini ekspertlar guruhi tashkil qiladi. «Trevi» guruhi dastlabki bosqichda faqat terrorizm muammolari bilan shug'ullangan. Hozirda esa uning faoliyati kengayganligini ko'rish mumkin.
Bular:
– politsiya xizmatlari uchun zarur axborotlarni to'plash va ayirboshlash;
– Yevropada jinoyatchilikning holati, tizimi va dinamikasini baholash;
– jinoyatchilarni qidirishda hamkorlikni ta'minlash;
– terrorchilik faoliyatlariga aloqador shaxslarning mamlakatlarga kirishlarini rad etish masalalarini hal etish;
– vizalar berish tartibini bamaslahat hal etish;
– ayrim turdagi jinoyatlarga qarshi kurashni olib borish uchun mutaxassislarni ayirboshlashni
yo'lga qo'yish (terrorizm, giyohvandlik moddalarining g'ayriqonuniy ravishda aylanishi kabilar);
– politsiya idoralari uchun maxsus texnika vositalarini yaratishda o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish kabilardir.
Jinoiy guruhlar bilan kurash olib borishni yo'lga qo'yish maqsadida Yevropa mintaqasida alohida «Antimafiya» guruhi tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi sifatida mafiyaga oid guruhlar faoliyatini tahlil etish va Yevropa miqyosida ularga qarshi kurash strategiyasini yaratish kiradi.
To'g'ri, Yevropol ba'zi jihatlari bilan 1923 yil 7 sentyabrda tashkil etilgan Interpol – Xalqaro jinoyat politsiyasi tashkilotiga o'xshab ketadi. Interpolga a'zo davlatlar soni hozirgi kunda 170 dan ortiq bo'lib, O'zbekiston ushbu tashkilotga 1994 yil sentyabrda a'zolikka qabul qilindi.
Interpolning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
– Inson huquqlarining umumjahon deklaratsiyasi talablari va amaldagi qonunlar asosida
kriminal politsiyaning barcha organlari (muassasalar)ning hamkorligini ta'minlash;
– jinoyatlarning oldini olishda samarali hamkorlik qila oladigan institutlarni tuzish va ularning faoliyatlarini takomillashtirib borish. Shuningdek, Interpolning Nizomida bu hamjamiyatga a'zo davlatlarning siyosiy, harbiy, diniy va irqiy masalalarga aralashmasligi talab etiladi.
Ta'kidlash joizki, Interpol nafaqat kriminal politsiya tashkiloti bo'lib hisoblanadi. Uning xizmatiga huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar ham murojaat etadilar. To'g'ri, kriminal politsiya orqali organlar tizimi emas, faqat faoliyat tushuniladi.
Interpolni jinoyatchilikka qarshi kurash vositasi sifatida ko'rib chiqish asosida, uning amaliy tarzdagi ta'sir etuvchi ob'ektlari sifatida xalqaro miqyosdagi jinoyatchilik va jinoyatchi shaxslarni ko'rish mumkin. Xalqaro miqyosdagi jinoyatlar toifasi sifatida esa quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
– ayrim jinoyat bilan bog'liq holatlarning turli davlatlarning hududlarida sodir etilishi;
– uning oqibatlari jinoyat sodir etilgan mamlakatda emas, boshqa mamlakatlarda yuzaga kelishi;
– bittadan oshiq bo'lgan davlatlarning ichki ishlariga xavf solishi. Xalqaro miqyosdagi
jinoyatchilar deyilganda esa, jinoyat sodir etgani uchun boshqa davlat hududida yashiringan, xalqaro jinoiy guruhlarning a'zolari, bir necha davlatlar manfaatlariga zid keluvchi jinoyatlarni sodir etgan va tashkil etgan jinoyatchilar tushuniladi.
Interpolning eng yuqori organi bo'lib, Bosh Assambleya hisoblanadi va uning tarkibiga barcha a'zo davlatlarning vakillari kiradi. Bosh Assambleya tashkiliy va moliyaviy masalalardan tashqari, Interpol faoliyatidagi eng birlamchi faoliyat yo'nalishlarini belgilaydi. Interpolning ishlarini tashkil etishda esa uning ijroiya qo'mitasi asosiy o'rin tutadi hamda uning tarkibiga Interpol prezidenti, uning uch nafar muovini va to'qqiz nafar – turli mintaqa politsiya organlari vakillaridan tashkil topgan delegatlar kiradi. Interpolning kundalik ishlarini uning quyidagi tarkibdagi Bosh kotibiyati amalga oshiradi: politsiya bo'limi (xalqaro aloqalarni tashkil etish); axborot-tadqiqot bo'limi (huquqiy manbalar, ma'lumotlarni berish, jurnal chop etish, axborotnomalar chiqarish, kutubxona); ma'muriy bo'lim (kadrlar, moliya, ichki xavfsizlik, moddiy-texnika ta'minoti); texnik ta'minot bo'limi (telekommunikatsiya, ma'lumotlarning avtomat qurilmalari).
Interpolning tashkiliy tizimi uning milliy-markaziy byurolarini o'z ichiga oladi va bu byurolar (MMB) Interpol a'zolarining politsiyasi tarkibiga kiradi.
Milliy-markaziy byurolar (MMB)ning asosiy faoliyatlari bo'lib:
– milliy politsiya organlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar, Bosh kotibiyat va Interpolning boshqa mamlakatlardagi MMBlari bilan jinoyatchilikka va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo'yicha rasmiy hamda konfidentsial axborotlarni almashishni ta'minlash;
– Interpol a'zoligiga kirgan davlatlar tomonidan qidirilayotgan shaxslar, predmetlar va hujjatlarni tegishli milliy davlatlardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari yordamida qidiruvini tashkil etish;
– Bosh kotibiyat va Interpol a'zoligiga kirgan davlatlarga milliy huquqni himoya qilish organlari e'tiboriga qidirilayotgan shaxslar, predmetlar va hujjatlar to'g'risida xabar tarqatishni so'rab murojaat etish, shuningdek boshqa jinoyatlarning oldini olish va ochish bo'yicha ham iltimoslar qilinishi mumkin;
– xalqaro siyosiy aloqalar orqali shaxslar, faktlar, predmetlar va hujjatlar to'g'risida axborotlar bankini tashkil etish va to'ldirib borish;
– o'z huquq doirasida Interpolning Bosh Assambleyasi va Bosh kotibiyatning qarorlari va tavsiyalarining bajarilishida ishtirok etish, jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro muammolari yuzasidan axborot hujjatlarini tayyorlash..
O'zbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi BMT, Yevropa Kengashi va boshqa qit'a hamda qit'alararo xalqaro hamjamiyatlar va tashkilotlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yishi haqiqatan ham global va xalqaro ahamiyatga ega, shu bilan birga, bu borada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ga kiruvchi davlatlar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'yish masalasi ham dolzarb bo'lib qolmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki jinoyat olami huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatidagi va ayrim MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarning davlat hokimiyati va boshqaruvidagi kamchiliklar tufayli o'ziga xos jinoyat ko'lamini yuzaga keltirmoqda.
1993 yilning 12 martida Moskvada bo'lib o'tgan MDH davlatlari Hukumatlarining kengashi MDHga a'zo davlatlar hududida uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashdasturini tasdiqladi. Ushbu Dasturda Hamdo'stlikka kiruvchi davlatlarning ichki ishlar organlari olib boradigan hamkorlikning huquqiy asoslari sifatida 1993 yil 22 yanvarda Minsk
shahrida Hamdo'stlikka kiruvchi davlatlarning rahbarlari imzolagan fuqarolik, oila va jinoyat huquqi yo'nalishlarida Huquqiy munosabat va huquqiy yordam ko'rsatish to'g'risidagi konventsiya xizmat qiladi deb bayon etilgan. Dastur o'z ichiga ikki guruhdan iborat tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-amaliy masalalarni olgan.
Birinchi guruh bo'yicha quyidagi vazifalarni bajarish ko'zda tutilgan.
1. MDH miqyosida uyushgan va boshqa turdagi xavfli jinoyatlarga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy organ (komissiya) tuzish va quyidagi vazifalarni bajarish: maxsus axborotlar bankini yaratish; jinoiy uyushmalarning qatnashchilari, xavfli jinoyat sodir etgan va jinoiy jazodan qochib yurgan shaxslarning qidiruvini tashkil etish; birgalikda Hamdo'stlikning bir necha a'zolari manfaatlari uchun kompleks operatsiyalarni o'tkazish; xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash uchun zarur tavsiyalarni yaratish.
2. Qonun chiqaruvchi davlat organlariga uyushgan jinoyatchilik va korruptsiya davlat xizmatchiligi, jinoiy faoliyat orqali topilgan mablag'ni olib ketish, huquqni muhofaza qilish organlari va jinoyat protsessi qatnashchilari xavfsizligini ta'minlash, operativ qidiruv faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
3. Davlatlararo kelishuvlarni tayyorlash va imzolashni amalga oshirish:
– uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash yo'nalishidagi hamkorlik;
– qurol, portlovchi va radioaktiv moddalar bilan g'ayriqonuniy ravishda muomala qilishdagi jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik;
– tergov-operativ guruhlarining boshqa davlatlar hududida hamkorlik qilish tartiblari;
– ichki ishlar organlari, bojxona va chegara xizmatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik;
– transport kommunikatsiyalari va havo transportidagi terrorchilikka qarshi kurash bo'yicha hamkorlik;
– bank, moliya-kredit tizimidagi, tijorat sohasi va tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyatlari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo'yicha hamkorlik;
– giyohvandlik vositalarining g'ayriqonuniy ravishda aylanishiga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik kabilar.
Ikkinchi guruhdan esa: jinoiy va qurollangan guruhlar tuzish jinoyatlari (yo'lboshchilarni aniqlash, ta'sir doiralarini bilish, qurollar keladigan manbalarni aniqlash, MDH davlatlari hududida tuzilgan qurolli jinoiy guruhlarni topish va ular faoliyatini tahlil etish); muvofiqlashtirilgan kompleks operatsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish (ko'chib yuruvchi jinoyatchilar guruhlarini aniqlash va tugatish, magistral avtomobil` yo'llarida faoliyat ko'rsatuvchi jinoiy guruhlarni topish va tugatish; temir yo'l transportida mulklarni o'zlashtirish bo'yicha faoliyat ko'rsatuvchi jinoiy guruhlarni aniqlash va tugatish); qurol-yarog'larni o'g'irlash va g'ayriqonuniy sotishni aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; ketma-ket sodir etiladigan bir xil jinoyatlarning birgalikda ochilishini nazorat etish; avtomobil transporti vositalarini o'g'irlashga ixtisoslashgan guruhlarni birgalikda fosh qilish; narkobiznesga qarshi kurashish; iqtisodiyot sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish (tashqi iqtisodiy aloqalar faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va korxonalarning qurilish xom ashyolari va materiallarini olib chiqish faoliyatlarini nazorat qilish, neft mahsulotlarini sotish bo'yicha jinoiy bitimlar tuzilishiga yo'l qo'ymaslik, shu jumladan rangli va qimmatbaho metallarning ham); Hamdo'stlik davlatlari hududidan energiya beruvchi, moddiy boyliklar va valyuta boyliklarini olib chiqib ketilishining oldini olish bo'yicha g'ayriqonuniy yo'llarni topish uchun operativ qidiruv guruhlarini tuzish; bank-moliya sohasida faoliyat ko'rsatuvchi guruhlar va ularning tashkilotchilarini topish bo'yicha tadbirlar tashkil etish va Hamdo'stlik davlatlarida faoliyat ko'rsatayotgan shu kabi guruhlar to'g'risidagi ma'lumotlarni umumlashtirish; bank muassasalarida davlatlararo pul o'tkazish tizimini nazorat qilish kabi ishlarning bajarilishi talab etiladi.
To'g'ri, bir qator yo'nalishlardagi MDH davlatlarida jinoyatchilikka qarshi kurash dasturi, afsuski, bajarilmadi. Fikrimizcha, buning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
– Dasturni amalga oshirish uchun bor-yo'g'i bir yil muddatning belgilangani;
– g'oyat katta olamshumul (global) muammolarni bir yo'la hamkorlikda yechishning ko'zda tutilgani (o'z mazmuniga ko'ra, Dastur asosida MDH davlatlaridagi barcha jinoyatlarga qarshi kompleks kurash olib borishga e'tibor qaratilganligi, ya'ni yuzakichilikka yo'l qo'yilganligi);
– hamkorlikdagi tajribaning yo'qligi;
– hamkorlikning yetarli huquqiy asoslarining yo'qligi;
– o'ziga xos tarzda MDH davlatlarida o'tkaziladigan tadbirlarda a'zo davlatlarning o'ziga xos ehtiyojlarining hisobga olinmaganligi;
– birgalikda faoliyat ko'rsatish uchun zarur moddiy-texnikaviy bazaning yo'qligi;
– mintaqalardagi siyosiy va iqtisodiy notinchlikning mavjudligi;
– tomonlar aniq bajarishi lozim bo'lgan vazifalarning belgilanmaganligi;
– mavjud muammolarni faqat bir-ikki vazirliklar bilan hal etishga intilish.
O'ziga xos sabablardan yana biri Dasturga oid u yoki bu muammo faqat MDHning ayrim davlatlaridagina joriy etildi, xolos. O'quvchiga yaxshi ma'lumki, sobiq Ittifoq davrida barcha jinoyatchilar butun mamlakat bo'yicha tarqaganlar va faoliyat ko'rsata boshlagan edilar. Bu holatning mavjudligi MDHning barcha a'zo davlatlarida o'zini namoyon qilib turganini ko'rish mumkin va jinoyatchilikning tarqalishi hamda uyushib borishi, shu bilan birga, uning iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va moliyaviy sohalarga ham suqilib kirayotgani alohida olingan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishiga va davlatlararo munosabatiga (masalan, spirtli ichimliklarning Shimoliy Osetiyadan olib o'tilishiga bo'lgan intilishlar) salbiy ta'sir etmay qolmadi. Shu bois, yangi davlatlararo tadbirlarni ishlab chiqish va bunda asosiy e'tibor huquqiy asoslarni ixchamlashtirish, maxsus xizmat, tergov va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar faoliyatini muvofiqlashtirish talabini ilgari suradi.
Agar jinoyatlarni og'ir toifalarga kiritilganligiga ko'ra guruhiy jihatdan qiyoslasak, bunda umumiy pozitsiyani aniqlash oson kechmaydi. Masalan, qasddan odam o'ldirish jinoyatini olsak. Amaliy jihatdan bu jinoyat og'ir jinoyatlar tarkibiga kiradi. Endi tahlil etsak, amaliy jihatdan barcha vaziyatlarda ham,MDH davlatlari uchun qasddan odam o'ldirish jinoyatlari qiyosiy statistika tahlili uchun to'g'ri keladimiyo Agar odam o'ldirishni boshqa davlat fuqarosi amalga oshirgan bo'lsa, bu millatlararo ziddiyatlar asosida yuzaga kelgan bo'ladi, uni qanday tahlil etish muammosi esa butunlay boshqadir.
Xalqaro miqyosda jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi sub'ektlar sifatida MDH davlatlarining ichki ishlar organlari alohida o'rin tutadi. Shu maqsadda Hamdo'stlik tarkibiga kiruvchi davlatlar ichki ishlar organlarining hamkorlik qilish va birgalikda ish olib borishlarining zarur huquqiy asoslari yaratilgan, maxsus tizimlar tuzilgan (uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatlarga qarshi kurashni tashkil etish Byurosi) va ular jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyotida Hamdo'stlik miqyosida ichki ishlar organlarining birgalikda ish olib borishlarini tashkil etish mexanizmida asosiy o'rin egallaydi.
Byuro yuqorida eslatib o'tilgan birgalikda faoliyat ko'rsatishning 1-Dasturi (1993 yil sentyabr`) asosida tashkil etilgan edi.
Ushbu Byuro faoliyati quyidagilarni o'z ichiga oladi:
– ichki ishlar vazirliklarining birgalikda ish olib borish va hamkorliklari uchun zarur bo'lgan maxsus axborotlar bankini tashkil etish va tashabbuskor axborotlarni taqdim etish;
– davlatlararo qidiruvda bo'lgan jinoiy uyushmalarning a'zolari va alohida xavfli jinoyat sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxslarning qidiruviga yordam ko'rsatish;
– Hamdo'stlik davlatlari a'zolari bo'lgan bir necha davlatlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda o'tkaziladigan kompleks operatsiyalar va operativ qidiruv tadbirlarini o'tkazishdagi faoliyatlarni muvofiqlashtirish va xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda zarur bo'lgan tavsiyalar ishlab chiqish kabilar.
Byuroning ish tajribasidan ma'lum bo'ldiki, MDHga a'zo davlatlarning IIV tarkibida shu kabi tizimlarning yaratilishi o'rinlidir. Byuro muntazam ravishda o'z faoliyatini takomillashtirib, turli yo'nalishlarda kengaytirib boradi hamda nafaqat Hamdo'stlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan, balki
MDH davlatlari tarkibiga kirmagan davlatlarning maxsus xizmatlari va diplomatik vakillari bilan o'zaro aloqani yo'lga qo'yadi. 1996 yil 19 yanvarda MDH davlatlarining boshliqlari Kengashi qaroriga ko'ra, ichki ishlar vazirlarining yig'ilishi zaminida DMS Ustaviga asosan yangi organ – ichki ishlar vazirlari kengashi ta'sis etildi. Bu organning asosiy faoliyat shakli majlis hisoblanadi va yil davomida kamida ikki marta, tartib asosida Hamdo'stlikka a'zo davlatlarda navbatma-navbat o'tkaziladi.
Majlislarda ichki ishlar vazirliklarining o'zaro hamkorlik strategiyasi muhokama etiladi va zarur normativ hujjatlar qabul qilinadi. Keyingi paytda ushbu kengash 20dan ortiq ko'p tomonlama, tarmoqlararo ichki ishlar organlari faoliyatlaridagi operativ qidiruv faoliyatining turli yo'nalishlarida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvlar tuzdi.
Masalan, Mustaqil davlatlar ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi o'zaro hamkorligi to'g'risida;
Ichki ishlar vazirliklarining axborot almashishidagi o'zaro hamkorligi to'g'risida;
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining g'ayriqonuniy aylanishida ichki ishlar vazirliklarining hamkorligi to'g'risida;
Uyushgan jinoyatchilik sohasida ichki ishlar vazirliklarining hamkorligi to'g'risida;
Bir davlat hududidan qimmatbaho va maxsus yuklarni olib o'tishda ichki ishlar organlari (politsiya)ning kuzatishi va qo'riqlash borasidagi hamkorligi to'g'risida; Ichki ishlar vazirliklarining transportda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashdagi hamkorligi to'g'risidagi kelishuvlar kabi.
MDHga kiruvchi davlatlar o'rtasida Rossiya o'ziga xos o'rin tutadi. Chunki aynan shu davlat hududida har yili 300 nafardan ortiq odil sudlovdan qochib yurgan jinoyatchilar qidirib topiladi va tegishli davlatlarga topshiriladi. Bu jinoyatchilarning ko'pchiligi Ozarbayjon, Qirg'iziston, Ukraina kabi davlatlar fuqarolaridir. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining huquqni himoya qilish organlari MDH davlatlari ichki ishlar vazirliklarining qidiruvida bo'lgan 10dan ortiq ayblanuvchilarni ushlaydi.
Hozirgi kunda MDH IIV oliy o'quv yurtlarida operativ qidiruv faoliyati, jinoyatlarni ochish va tergov qilish bo'yicha taktika va metodika, uyushgan xalqaro jinoyatchilik to'g'risida, narkobiznes va terrorizm borasida tadqiqotlar olib borilayotganini ko'rish mumkin. Amaliyot yo'nalishlarida jinoyatchilikni fosh qilishda umuman yangi usullar (masalan, poligraf usuli kabilar) joriy etilmoqda. O'ziga xos ravishda yuzaga kelayotgan xo'jalik yuritishdagi yangi jinoiy faoliyatlarni ochish bo'yicha metodik tavsiyalar yaratilganini ham ko'rish mumkin.
MDHga a'zo davlatlar xavfsizlik xizmatlarining o'zaro hamkorligi. «O'zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi 1997 yil 29 avgust qonuni mamlakat xavfsizligini ta'minlashda muhim hujjat hisoblanadi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining suverenitetini ta'minlashda Milliy xavfsizlik xizmati alohida o'rin tutadi. Hozirgi kunda Milliy xavfsizlik xizmati MDHga a'zo davlatlarning har biri bilan o'z vakolatlari doirasida shartnomaviy munosabatlarni o'rnatgan.
Jumladan, Hamdo'stlikka kiruvchi 12 ta davlat bilan ko'p tomonlama shartnomalar tuzilgan. MDHga a'zo davlatlarning maxsus xizmatlari tuzgan ikki va ko'p tomonlama shartnomalar asosida hamkorlik qiluvchi davlatlarning iqtisodiy xavfsizligin ta'minlash quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi:
1) tomonlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida operativ va boshqa kuch hamda vositalarni maqsadli va samarali qo'llash faoliyatlarini amalga oshirish;
2) Hamdo'stlikka a'zo bo'lmagan ba'zi davlatlardagi tashkilotlar, maxsus xizmatlarning dushmanlik maqsadida olib borayotgan razvedka ma'lumotlari aniqlangani yuzasidan tegishli davlatlarni xabardor etish;
3) tomonlarga ichki qonunlar asosida berilgan vakolatlarga tayangan holda, jinoyatchilikning oldini olish va yo'l qo'ymaslik choralarini hamkorlikda qo'llash, jumladan iqtisodiy manfaatlar ni, kontrabandaga qarshi kurash, madaniy yodgorliklarni g'ayriqonuniy ravishda olib chiqib ketish, davlatlararo va mintaqalararo ahamiyatga ega korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikka, shuningdek terrorizm, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni g'ayriqonuniy ravishda o'tkazishga qarshi kurashni olib borish;
4) o'zaro manfaatlar yo'lida o'z davlatlarida zarur bo'lgan operativ qidiruv va tergov harakatlarini o'tkazish;
5) o'z mamlakatlari hududida joylashgan mudofaa sohasidagi ishlab chiqarish sanoati, atom energetikasi, maxsus va harbiy yuk tashish kabi yo'nalishlarda xavfsizlikni ta'minlash choralarini birgalikda hal etish;
6) operativ ma'lumotlarni ayirboshlash, davlatlar suvereniteti, hududiy yaxlitlik, mudofaa qudrati, iqtisodiy va atrof muhit muhofazasi xavfsizligini ta'minlashga qarshi qaratilgan turli ekstremal va favqulodda holatlar bo'yicha o'zaro operativ xabarlashishni yo'lga qo'yish;
7) operativ-texnik va kriminalistik faoliyatlarda texnik va axborot-tahlil qilish masalalarini hal etish, birgalikda yangi tavsiyalar, maxsus texnik vositalarni joriy etishda o'zaro yordam ko'rsatish;
8) kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda o'zaro hamkorlik qilish.
Sanab o'tilgan sakkizta yo'nalish bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning xavfsizlik va maxsus xizmatlar Kengashi muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Kengash o'zining yillik yig'ilishlarida hamkorlik strategiyasini belgilaydi, faoliyat yo'nalishlarining normativ hujjatlarini qabul qiladi.
MDH bojxona organlarini yaxshilash quyidagilarni hal etish bilan uzviy bog'liqdir. Bular:
– tashqi aloqalar sohasi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi normativ huquqiy asoslarni ixchamlashtirish;
– huquqni muhofaza qilish masalalarida axborot almashishni yo'lga qo'yish;
– kontrabandaning oldini olish maqsadida muntazam ravishda birgalikda tadbirlar va maxsus operatsiyalar o'tkazish;
– jinoyat ishlari bo'yicha ashyoviy dalil va bojxona huquqbuzarligi tajovuzi bo'lgan g'ayriqonuniy ravishda olib chiqib ketilgan tovarlarni qaytarish to'g'risida davlatlararo kelishuvni tayyorlash;
– kontrabanda bo'yicha kurashda tajriba almashish tizimini yaratish (ilmiy-amaliy anjumanlar, birgalikda o'quvni tashkil etish, metodik tavsiyalar yaratish kabilar).
MDH davlatlari axborotlash xizmatlarining majlisida (1998 yil 6-7 yanvar`) operativ qidiruv va kriminologiya, krimi nalistika sohalari hamda boshqa turdagi ma'lumotnomalarni ayirboshlashni ta'minlash ta'kidlangan. Ular quyidagilardan iborat:
– jinoiy uyushmalar (tashkilotlar), ularning boshliqlari, uyushmalar (tashkilotlar)ning tizimi to'g'risidagi;
– jinoiy uyushmalar (tashkilotlar) faoliyatlari to'g'risidagi;
– uyushgan jinoiy tashkilotlar tayyorlagan va sodir etgan jinoyatlar to'g'risidagi;
– uyushgan jinoyatchilikda ishtirok etgan yoki daxldor deb gumon qilinayotgan yuridik va jismoniy shaxslar to'g'risidagi;
– uyushgan jinoyatchilikning umumiy holati va rivojlanishi, shuningdek ayrim mintaqalarda va ayniqsa chegaraoldi hududlaridagilar to'g'risidagi ma'lumotnomalar;
– jinoiy uyushmalar (tashkilotlar)ning jinoiy yo'l bilan topgan daromadlarini legal holatga o'tkazishdan yuzaga kelgan moliyaviy va mulkiy boyliklari to'g'risidagi kabilar.
Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mintaqalarda va markazdagi asosiy vazifalarini bajarishini ta'minlash uchun zarur axborot-tahliliy muammolarni hal etish.
Ularga misol tariqasida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
– MDH davlatlari bosh prokuraturalari qoshida shunga o'xshash axborot-tahlil markazlarini tashkil etish, shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi tarkibida MDHga a'zo davlatlarning vakillari ishtirokida davlatlararo markaz tashkil etish;
– tahliliy ishlar natijalari to'g'risida yil choragida MDH davlatlarining boshliqlari kengashini, Ichki ishlar vazirlarining kengashi, Bosh prokurorlar kengashi va huquqni himoya qiluvchi boshqa organlarni xabardor etib borish;
– axborot-tahlil ishlarini tashkil etish bo'yicha o'zaro nazorat qilish printsiplarini yaratish va jinoyatchilik to'g'risida aniqlangan axborotlarni o'z vaqtida yetkazish;
– jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda umumiy metodik tavsiyalar yaratish maqsadida MDH davlatlari tahliliy markazlari va tahliliy markazlar birlashmalarining muntazam sessiyalarini olib borish kabilar.



Download 37,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish