Turkiston tarixiy-an’anaviy jihatdan keng
ma'noda quyidagi qismiardan iborat:
_ _
_
_
_
2
"Г
.,, i
Ш
* a) M arkaziy Turkiston (hozirgi 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston va qisman j
Tojikiston);
f
------
. b) Sharqiy Turkiston (ichki M o‘g ‘uliston, Xitoyning Shinjon
• avtonom tumani, Ooraqurum);
-Uyg‘ur j
Г
;J v) G ‘arbiy Turkiston (Eronning shimoli, Kavkaz, Kaspiy dengizi
| havzasi);
---- ------------ ------------------------------------------------- *
"
s
( g) Shimoliy Turkiston (shimoliy Qozog‘iston, Volgabo‘yi, Sharqiy
» Ural tog‘larigacha cho‘zilib ketgan Turon pasttekisligij Ob, Yenisey,
j Lena daryolari oralig‘i, Sibir), tor ma'noda Turkiston deb asosan,
•. markaziy Turkiston tushuniladi.
f
\
^ _
-- .
^
Sovet davri qomuslarida ta’kidlanganidek, Turkiston keng
ma'noda - turkiy xalqlar yashovchi hudud nomi hisoblangan. Tor
ma'noda
Turkiston
1867—1917-y illardagi
Turkiston
general-
gubematorligi
(1886-yildan
Turkiston
o‘lkasi)
tushunilgan.
32
Shuningdek, Rossiya imperiyasining vassallari Xiva va Buxoro
xonliklari hududining tarixiy-geografik nomidir. Rossiya bosib olgan
g‘arbiy
Turkiston
hududida
1867-yilda
Turkiston
general-
gubematorligi tuzildi, 1886-yildan rasman Turkiston o‘lkasi deb
atalgan. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng g‘arbiy Turkiston hududida
Turkiston
ASSR
tuzilgan.
Turkistonda
milliy-hududiy
chegaralanishning o ‘tkazilishi, ya'ni uning 3 ta Respublika va 2 ta
avtonom viloyatga boMinishi tufayli Sovetlar davlatida Turkiston
nomi ishlatilmaydigan bo‘ldi. Chunki, Sovet hukumati mustaqil
Turkistonni tiklash g‘oyasidan nihoyatda qo‘rqar edi.
Yuqorida ta'kidlaganidek, 1924-1925-yilIarda Turkistonda milliy-
hududiy chegaralanishi o‘tkazilib, “Turkiston” atamasi sun'iy ravishda
muomaladan chiqarildi va uning o‘miga rasman “0 ‘rta Osiyo”
geografik atamasi joriy qilindi.
0 ‘zbekiston o‘z strategik o‘mi, iqtisodiy va madaniy salohiyati
jihatidan
Turkistonning
vorisi
hisoblanadi.
Mamlakatimiz
mustaqilikka erishgach, ushbu atama tarixiy, siyosiy va madaniy-etnik
jihatidan qaytadan muomalaga kiritildi hamda keng koMamda
qoMlanilmoqda.
“
Movarounnahr
" atamasi Markaziy Osiyoning markaziy va
janubiy viloyatlariga nisbatan ham ishlatilgan. Ushbu geografik atama
arabcha “daryo orti”, “daryoning narigi tomoni”, ya'ni Amudaryo
ortida va uning o‘ng qirg‘og‘idagi hudud degan ma'noni anglatishi
keng tarqalgan edi. Uning xuddi shu ma'noni anglatadigan fors tilidagi
“Vorarud” va “Vora Jayhun” shakllari mavjud, ulaming barchasi
aw al (XI asr) Xuroson viloyatining davomi sifatida, IX asr
boshlaridan e'tiboran esa Turkiston, ya'ni Qoraxoniylar va undan
keyingi
turkiy davlatlar tarkibidagi
ma'muriy birlik sifatida
tushunilgan.
“Movarounnahr” atamasi ilk bor hadislarda tilga olingan. Aftidan,
ushbu atama arablar o ‘rtasida islomgacha bo‘lgan davrlarda ham
ma'lum b o iib , u vaqtda (VI asr) shimoli-sharqda Jayhun, ya'ni
Amudaryoning orqasida joylashgan Turk xoqonligiga qarashli
hududlami anglatgan.
Qadimgi fors manbalariga tayangan arab geografi Yoqut
Hamaviy “Movarounnahr” atamasini Turon mamlakatining nomi
sifatida bilgan.
33
Arab tilida “daryoning narigi betidagi yerlar”, degan ma'noni
anglatadigan
“Movarounnahr”
atamasi
qadimgi
yunonlaming
“Transaksiana” atamasining deyarli solzma-so‘z tarjimasi hisoblanadi.
Arablar o ‘zlarining Sharqqa qilgan ilk yurishlari davomida (VII
asr ikkinchi yarmi - VIII asr boshlari) ushbu o‘lka haqida ikki xil
tushuncha va ma’lumotga ega bo‘lgan edi. “Ma-duna-m-n-nahr”, ya'ni
“Movarounnahr”, ya’ni “daryoning pastki tomoni” va “Ma-varo-an-
nalir”, ya’ni “Movarounnahr” daryoning narigi tomoni ma'nolarini
anglatgan. Mazkur atama VII asming 70-yillaridan, ya'ni Arab
xalifaligi noiblari Marv shahriga kelib, Turkistonga vaqti-vaqti bilan
oMja olish uchun Poykent, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo
hududlariga qilgan yurishlari davridan boshlab qo‘llanilgan.
705-715-yillarda ushbu atama yanada keng iste'molga kirgan.
Arablar ta'sirida “Movarounnahr” atamasi o‘rta asrlardan boshlab
Xo‘jand, Samarqand va Buxoro shaharlari hamda uning atroflari,
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalami o ‘z ichiga olgan. Mazkur
atama Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi keng hududni anglatgan
ilmiy, tarixiy va geografik asarlardan Yevropa tillariga ana shu
yuqorida chegaralangan hududni anglatuvchi atama sifatida o ‘tgan va
qo‘llanilgan.
“O'rta Osiyo"
atamasini dastlab XIX asrda taniqli nemis geograf
olimi A. Fon Gumbold “Mittel Azia” shaklida Osiyo qit'asining ichki
qismlarini belgilash uchun qo‘llagan edi. U Osiyo uchun 0 ‘rta
paralleldan shimol va janubda 5 kenglikdagi hududni “0 ‘rta Osiyo”
deb ataydi. Olim mintaqaning g‘arbiy qismini Kaspiy dengizi bilan
chegaralagani
holda
sharqiy
qismining
chegaralarini
aniq
ko‘rsatmaydi.
Mashhur nemis geografi Ferdinand fon Rixtgofen o ‘zining
“Хитой” asarida ushbu hududga nisbatan yangi va birmuncha aniqroq
ta'rifni taklif etgan edi. Uning fikricha, janubda Tibetdan shimolda
Oltoygacha, g ‘arbda Pomirdan sharqda Xingongacha bo'lgan
hududlar - Markaziy Osiyodir. Olim Orol - Kaspiy pasttekisligini
oraliq chiziqqa mansub, deb qayd etgan edi.
Markaziy Osiyo
- Yevrosiyo materigining o‘rta qismi, g ‘arbda
Kaspiy dengizi qirg‘oqlari, sharqda Xitoy, shimolda G ‘arbiy Sibir
tekisligi, janubda Nishopur, Safedko‘h va Hindikush togMariga
cho‘ziIgan yirik tabiiy-geografik o ‘lkadir. U materikning ichkarisida,
Atlantika okeanidan 4 ming km Shimoliy Muz okeanidan 2,5 ming
34
km, Tinch okeanidan 5,5 ming km va Hind okeanidan 1000 kmga
yaqin masofada joylashgan. Markaziy Osiyo hududi o‘rta asrlarda -
Turon, arab manbalarida - Movarounnahr, XIX asming ikkinchi
yarmi — XX asr boshlarida, aniqrog‘i 1921—1925-yillarda o ‘tkazilgan
milliy-hududiy
chegaralanishgacha
Turkiston
deb
nomlangan,
keyinchalik sovet davridan boshlab esa 0 ‘rta Osiyo deb ataladigan
bo‘ldi.
Markaziy Osiyoning tabiati, xo‘jaligi, shaharlari va aholisiga oid
dastlabki tarixiy-geografik ma'lumotlar Gerodot (mil.avv. V asr),
Kvint Kursiy Ruf va Strabon (mil.avv. II asr) kabi yunon hamda Rim,
shuningdek, xitoy olimlarining asarlarida uchraydi. Bundan tashqari,
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad as-Saraxsiy
(IX asr) Jayhoniy, Abu Zayd Balxiy (X asr), Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino, Nosir Xisrav, Mahmud Koshg‘ariy (XI asr), al-Xovakiy,
Mahmud Zamaxshariy, Sam'oniy va boshqa mahalliy olimlaming
asarlarida ham ushbu hudud haqidagi qiziqarli ma'lumotlar mavjud.
Markaziy Osiyo geografiyasiga oid ma'lumotlar IX-XII asrlarda
yashagan sayyoh olimlar - Ibn Xo‘rdodbek, Ibn al-Faqiq, Ibn Rusta,
al-Muqaddasiy, al-Mas'udiy, Ibn Fadlan, Istaxriy va Ibn Xavqal
kabilarining asarlarida ham uchraydi.
Rossiya imperiyasi davrida Markaziy Osiyo deyilganda, Orol
dengizining shimoliy nuqtasidan to Balxash ko‘lining shimoliy
nuqtasigacha o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziqdan Eron, Afg‘oniston, Xitoy
va Kaspiy dengizi chegaralarigacha bo‘lgan oraliqda joylashgan
hudud tushunilgan.
Sovet davrida ushbu tushunchalar bir oz o ‘zgargan, chunki
1924-1925-yiIlardagi milliy-hududiy chegaralanish natijasida sobiq
mintaqaning kattagina qismi Qozog‘iston SSR tarkibiga kiritildi.
Qozog‘iston SSRning chegaralari esa shimoliy-sharqda 0 ‘rta Sibir,
g ‘arbda Ural tog‘lari va Volga daryosining etaklari, qisman Yevropa
qit'asigacha cho‘zildi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, “Markaziy Osiyo” atamasi bugungi
kunda barcha ilmiy-ommabop adabiyotlar va jamoatchilik o‘rtasida
keng
qo‘llanilib
kelinmoqda.
Ko‘rinib
turibdiki,
insoniyat
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblangan azim Sirdaryo va
Amudaryo oralig‘idagi bepoyon hududlar turli davrlarda siyosiy,
tarixiy
hamda
geografik
asarlarda
“Turon”,
“Turkiston”,
“Movarounnahr”, “0 ‘rta Osiyo” va “Markaziy Osiyo” nomlari bilan
35
atalib kelingan. Mustaqillik sharofati bilan milliy o ‘zlikni anglashga
intilish yanada kuchaya boshlagan va tarixiy qadriyatlar tiklanayotgan
hozirgi vaqtda, asrlarga bo‘ylashgan ushbu salohiyatli mintaqa tarixini
yanada teranroq o ‘rganishga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |