2.4. Markaziy Osiyo xalqlarining etnik shakilanish jarayoni
Markaziy Osiyo tarixi va etnografiyasini moddiy hamda yozma
manbalar asosida o ‘rganish salmoqli natijalami qo‘lga kiritishga asos
bo‘lmoqda. Markaziy Osiyodagi Delgor-Murgena bo‘yidan topilgan
ierogliflar, Buyuk Xitoy devori va Turkiy-run yozuvlari bizga mazkur
hududni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Eng muhim jihatlardan biri, mazkur masalani yoritishdan avval
urug‘, qabila, elat, xalq va millat tushunchalariga to ‘xtalish joiz.
Odamlaming ilk to‘da tarzidan juft oilalarga ajralishi urug‘ deb
ataladi. Ayrim urug‘laming birlashmasi urug‘ jamoasini tashkil etadi.
40
Xalq bu - birinchidan, keng ma'noda muayyan mamlakatning
barcha aholisi; ikkinchidan, tarixning turli bosqichlarida jamiyatning
progressiv taraqqiyoti vazifalarini hal qilishda qatnashishga qobiliyatli
bo‘lgan qatlam va sinflami o‘z ichiga oladigan xalq ommasi, ijtimoiy
birlik: tarix ijodkori, tub ijtimoiy o‘zgarishlaming yetakchi kuchi,
tarixning haqiqiy sub'ektidir; uchinchidan, etnik birlik (qabila, elat,
millat) laming turli shakllarini ifodalash uchun ishlatiladigan termin.
Millat kishilaming barqaror tarixiy birlik, umumiy iqtisodiy
turmush tarzi hamda til va hududiy birlik, madaniyat, ong va
psixologiyaning o‘ziga xosligi asosida shakllangan ijtimoiy taraqqiyot
shaklidir.
Uzoq o‘tmishda, 3-4 ming yillar muqaddam Markaziy Osiyoning
saxovatli tuprog‘idan g‘arbdan sharqqa tomon qadimiy hind-yevropa
tiliarida so‘zlashadigan turli qabilalar Oltoy va Mo‘g‘uliston tomon
ko‘chib o‘tgan. Mil. aw . I ming yillikning oxiridan boshlab sharqdan
g‘arbga tomon katta ko‘chish jarayoni ro‘y beradi. Dastlab turkiy tilda
gaplashadigan qadimiy xunn qabilalari milodning I ming yilligi
o‘rtalarigacha ushbu hududga ko‘chib o‘tgan va etnik jihatdan sezilarli
iz qoldirgan. Turkiy elatlaming bir necha asr davom etgan ko‘chish
jarayoniida ayrim mo‘g ‘ul qabilalarining migratsiyasi. ham sodir.
bo‘lgan. 0 ‘sha davrda g‘oyat, kayi va boyandar kabi mo‘g‘ul
qabilalarining mavjud bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar diqqatga.
sazovordir.
Uzoq vaqt mobaynida Markaziy Osiyoga ko‘chib kelgan elatlar
o ‘lkamiz zaminida o‘ziga xos moddiy madaniyat yodgorliklarini
qoldirgan. Mazkur hududda I ming yillikning o ‘rtalarida ketma-ket
ko‘chib kela boshlagan xunn, xion, oq xunn, abdal, bajanak va boshqa
turkiy qabilalari mahalliy xalqlar orasida turkiy aholi nufuzi hamda
mavqyeini mustahkamlaydi. Ammo, aborigen (tub aholi)lar orasida
ham apasiak va augasiylar deb nom olgan qadimiy turk elati ham
mavjud bo‘lgan; Mazkur qabila elat rus solnomalarida ko‘p tilga
olingan pecheng (bajanak)lar degan fikr ham yo‘q emas. Ayrim
tadqiqotchilaming taxminicha, asugasiylami keyinchalik “o ‘g‘uz”
nomi bilan mashhur turk elati desa bo‘ladi.
Turkiy xalqlaming tarix sahnasiga kelishi mil. a w . I ming
yilligida Janubiy Sibir va quyi Volga hududlarida bir qancha turkiy
tilda so‘zlashuvchi qabilalar va xoqonliklaming shakllanishi sodir
bo‘ldi. Bular: birinchi turk imperiyalari - Sharqiy turk va G‘arbiy turk
41
xoqonliklari, Uyg‘ur hamda Turkiy xoqonlik, Xazar, Bulg‘or, Qarluq,
Qoraxon, Qalmoq, Orol atrofidagi o ‘g ‘uzlaming Qipchoq va Xorazm
davlatlari hisoblanadi.
Turkiy xalqlaming qadimgi tarixi mil. a w . Ill asrdan boshlab
qadimgi xunnlar imperiyasining tashkil topishidan to milodning IX
asrigacha bo‘lgan katta bir davmi o ‘z ichiga oladi. Demak, mil. a w .
1П asrdan IX asr o ‘rtalarigacha xunnlar, turkiylar davri va turkiy
xalqiar madaniyati tarixining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Turkiy qabilalaming o ‘zagi Markaziy Osiyo xunnlari orasida (III
asr - V asr o ‘rtalari) shakllangan. Mazkur qabilalar ona bo‘ri
Ashinaning afsonaviy o‘g ‘lini o‘zining ajdodi deb biladi. V asr
o ‘rtalarida turklar Markaziy Osiyoda hukmronlik qilgan Juan-Juan
xoqonligiga tobe bo‘lgan va Oltoy da yashagan. Bu yerda ular konlami
o ‘zlashtirib, temir eritishni shunday ko‘lamda tashkil etganki, hatto
Juan-Juanga o ‘lponni temir bilan to‘lagan. Turklaming g ‘ayratli
yetakchilari Asanshod, Tur va Bumin konchi, temir quyuvchi hamda
temirchilar imkoniyatlaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanib, otliq
askarlariga sovut kiydirgan va yuz yildan ko‘proq muddat mobaynida
Oltoydagi barcha qabilalami o ‘zlariga bo‘ysundirgan. Bumin 546-
yilda oltoyliklar bilan birga Jung‘oriyada yashab turgan ko ‘p sonli
tegret xalqini ham o‘z qaramog‘iga oladi. Shu davrdan boshlab,
turklar o ‘lpon to‘lovchidan Markaziy Osiyoda Juan-Juanlaming
raqibiga aylangan.
Turk xoqonligi
Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir
nechta o ‘lkalami o‘z ichiga olgan yirik saltanat bo‘lib, milodiy V I-
VIII asrlarda ushbu imperiya tarixiga doir ma'lumotlar Urxun-Yenisey
bitiklari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suiyoniy,
sug‘d, arab, fors, tibet va baqtriy manbalarida saqlanib qolgan.
Taniqli olim G ‘aybulla Boboyorovning ta'kidlashicha, VI asming
ikkinchi yarmida Turk xoqonligi tarix sahnasida paydo bo‘lgunga
qadar mintaqada ikkita yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar imperiyalari
hukmronlik qilgan edi. Turk xoqonligining asoschilari boMgan turkiy
ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy tog‘larining janubiy yon
bag‘irlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. Jujanlar qo‘l
ostidagi ashina turklari kuchayib, 545-yilda tele qabilalari, 551-yilda
esa jujanlami yengadi.
Shu tariqa, aka-uka Bumin va Istami 552-yilda Turk xoqonligiga
asos soladi. Bumin o ‘zini xoqon deb e'lon qiladi. 555-yilga kelib,
42
Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqidagi qabilalar, Uzoq Sharqdagi
kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va mo‘g‘ul, Yenisey
bo‘yidagi turkiy elatlar ham Turk xoqonligi qo‘shinlari tomonidan
bo‘ysundirilib, 555-yildadayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi
Turk xoqonligi ko‘l ostiga o‘tadi. Turk xoqoni Mug‘on (553-572)
Xitoyga 556-557-yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi G‘arbiy Vey
(Toba) sulolasi o ‘mini egallagan Shim Si (550-577) va Chjou (577-
581) sulolalarini o‘z ta’sir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565-yilda
Naxshab (hozirgi Qarshi shahri yaqinidagi yerqo‘rg‘on Xarobasi)
atrofida eftaliylarga og‘ir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga
qarashli Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro,
Kesh va Nasafni qo‘lga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga
qarshi ittifoqchisi Sosoniylar. Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon
esa Eftaliylar tarkibida bo‘lgan Tohariston, Kobuliston va Zobuliston
(shimoliy Afg‘oniston) viloyatlarini egallaydi.
Juan-Juanlar va eftaliylar tor-mor etilgach, turklar Buyuk ipak
yo‘lining kattagina qismi - Xitoy devoridan tortib to Amudaryogacha
bo‘lgan hududlarga egalik qila boshlaydi. Ushbu hududda boy va
ta'sirli savdogarlar qatlami bo‘lgan yirik savdo shaharlari joylashgan
edi. Turk zodagonlari va uning fliqarolari o ‘z geografik joylashuvlari
imkoniyatlaridan mumkin qadar kengroq foydalanishga harakat qiladi.
Ular Xitoy bilan bevosita aloqa o‘matadi. Buning ustiga, VI asrga
kelib sug‘dlar o‘z ipak gazlamalarini chiqara boshlaydi. Shunga ko‘ra,
sug‘dlar badavlat Vizantiya bilan vositachilik qilib, savdo orqali boyib
borayotgan fors savdogarlarini siqib chiqarishga urina boshlaydi. O lz
savdogarlari va mamlakatini himoya qilgan Eron turklar va
sug‘dlaming Vizantiya qo‘l ostidagi yerlar bilan bo‘lgan bevosita
aloqalariga to‘sqinlik qiladi va o‘z yerlari orqali savdo karvonlarini
o‘tkazmay qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |