211
hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir hokimiyat
idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib,
o‘z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo‘lishi kerak.
Respublika masshtabida juda katta vazifalarni mudofaa, xavfsiz-
likni saqlash, tartib intizom infratuzilmasini yaratish, aholini
ijtimoiy himoyasini ta’minlash
va boshqa bir qator yirik
vazifalarni
bajaradi.
QQS,
aksiz,
huquqiy
shaxslarning
daromadidan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika
byudjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati
shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy
byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi
mumkin. Agar ajratma yetmasa subvensiya yoki subsidiya
beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy byudjetlarning o‘z
manbalari
(soliqlari) ko‘payib qolsa, respublika soliqlardan ajratma
berishning hojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar
yagona mohiyatiga ega bo‘lib, byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan
to‘lovlardir.
Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab
belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy
xukumatlar asosan aholiga yaqin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy
masalalarni, maktab, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, maorif, shahar
va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu
soliqlar va yig‘imlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini
qoplaydi,
xolos.
Keyingi
vaqtlarda
mahalliy
byudjetlar
daromadlari salmog‘ini 50-60 foizga yetkazish kabi hukumat
qarorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish
eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga
to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq
amalga oshirishlari mumkin. Aks holda,
har xil moliyaviy
kamchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning
muxim xususiyati shundaki, ular faqat shu hududning byudjetga
tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga
yoki bevosita va bilvosita soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni
to‘g‘ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni
212
huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi
ham bitta shaxs
bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalarga ortish holati bu yerda
bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to‘lanadigan va
barcha mulk soliqlari kiradi.
To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq
to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar
daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini
kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi.
Bu soliqlarning stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari
kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh
soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti bilan
chambarchas bog‘langandir.
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni)
yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir).
Lekin soliq
og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tovar (ish,
xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to‘lovchilar
bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) – qiymati
ustiga ustama ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan
tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralangan, mamlakat ichida,
tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali
tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi.
Egri soliqlar stavkasining oshirilishi korxonalar faoliyatining
moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni
investitsiya faoliyatini qisqartirmaydi.
Ammo soliq stavkani
tahlilsiz osha borsa korxonalar sotish qiyinchiligiga uchrab foyda
olishni ham byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul
massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘g‘ri
soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar mo‘l-
ko‘lligini ta’minlashi kerak.
Egri
soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer
osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib o‘til-
213
ganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib
bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan.
Do'stlaringiz bilan baham: