Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov


 Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

6. Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish.
Mazkur tamoyil davlat tamonidan va soliq to‘lovchilar tomonidan 
soliqlarni yig‘ish uchun ketadigan xarajatlarni mumkin qadar 
kamaytirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun respublikamizda soliqqa 
tortish tartibini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlarni 
maqbullashtirish, kompyuter texnologiyalari, soliq axborotlarining 
to‘g‘riligini bevosita nazorat qilish usullarini qo‘llanish orqali soliq 
to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat 
hisobidan saqlanadigan servis-markazlar, soliqqa tortish masalalari 
xususida soliq organlari tamonidan bepul maslahatxonalar tashkil 
etilgan. 
7. Soliq stavkalarini qiyoslash.
Soliq stavkalari boshqa davlat-


207 
lardagi xuddi shunday soliqlarning stavkalari bilan qiyoslanishi, 
ya’ni mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari xisobga olingan holda 
boshqa mamlakatlar bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-
sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab 
qo‘yilgudek bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni 
jalb qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit 
yaratilsa, mamlakat byudjetiga salbiy ta’sir qiladi. 
O‘zbekistonda soliqqa tortish tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra soliq 
elementlari, ularni tashkil qilish tamoyillari va usullarini o‘rganadi. 
Soliq elementlari quyidagilardan iborat:
Soliq subyekti – bu soliq munosobatlarida qatnashuvchi soliq 
to‘lovchilardir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘linadi. Soliq 
munosobatlarida faqat soliq to‘lovchilargina emas balkim, soliq 
undiruvchi (soliqchi) ham qatnashadi. Soliqni davlat undiradi, ya’ni 
davlat nomidan maxsus tashkilot qatnashadi. Bu ishni Davlat soliq 
qumitasi bajaradi. Soliqlarni to‘g‘ri hisoblash, to‘liq to‘lash 
javobgarligi soliq to‘lovchi subyektga yuklatiladi. 
1.
Soliq obyekti – bu soliq solinadigan daromad, oborot yoki 
mulk hisoblanadi. Unga foyda, ish haqi, qo‘shimcha qiymat, yer, 
imorat kabilar kiradi. Obyekt doimo subyekt bilan bog‘liq va 
subyektniki bo‘ladi. Soliq subyektisiz obyekt bo‘lmaydi. Masalan, 
QQSda obyekt orttirilgan mahsulot oborotidir, daromadga 
solinadigan soliqda daromad, mol-mulk solig‘ida mulk qiymati, yer 
solig‘ida yer maydoni va b.q. 
2.
Soliq manbayi – bu subyektning daromadidir. Ba’zi soliqlarda 
daromad va foyda ham obyekti, ham soliq manbai bo‘ladi. Lekin 
boshqa soliqlarda obyektlar har xil, manba esa daromad hisoblanadi. 
3.
Soliqqi tortish birligi – bu obyektning o‘lchov birligidir. Bu 
daromad solig‘ida so‘m, yer solig‘ida kv.metr va b.q bilan 
belgilanadi. 
4.
Soliq stavkasi – Obyektning har bir birligi uchun davlat tomo-
nidan belgilab qo‘yilgan me’yorlar soliq stavkasi deyiladi. Soliq 
stavkalari ikki xil usulda ifodalanadi: qat’iy va nisbiy stavkalar. 
Qat’iy stavkalar bu pul birligida ifodalangan stavkalar bo‘lsa (so‘m 
va b.q), nisbiy stavkalar foizlarda (%) aks ettiriladi. Bozor 
iqtisodiyotga o‘tish va inflyatsiya sharoitida nisbiy stavkalarni 


208 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Agar stavka so‘mlarda hisobga 
olinsa, soliqlardan to‘shgan byudjet daromadi yil oxiriga kelib hech 
qanday iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmay qolishi mumkin. Soliq 
stavkalari usullaridan tashqari, O‘zbekistonda soliq qonunchiligi 
bo‘yicha soliq stavkalarining quyidagi turlari mavjud: 

Proporsional; 

Progressiv; 

Nolli; 

Regressiv stavkalar. 
Proporsional soliq stavkasida obyekt qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar bir xil ulushdagi soliq to‘lanadi. Masalan; QQS bo‘yicha 
oborot 10 ming so‘m bo‘lsa ham, 100 ming so‘m bo‘lsa ham, 1 mln 
so‘m bo‘lsa ham 20% soliq olinadi. Yoki yuridik shaxslarning 
asosiy fondlarini qiymati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar undirila-
digan mol-mulk solig‘i 4 % tashkiletadi. 
Progressiv soliq stavkada esa daromad obyekti ko‘payishi bilan 
soliq stavkasi ham oshib boradi. Bu soliq stavkasi mamlakatimizda 
faqat jismoniy shaxslar daromadi solig‘ida o‘z ifodasini topgan 
Nolli stavkalar. Soliqlarni tashkil etishni chet el tajribasiga 
moslashtirish maqsadida 1998-yildan boshlab, QQS bo‘yicha ya’ni 
eksportga tovarlar yuborganda, qishloq xo‘jaligi uchun yoqilg‘i- 
moylash materiallari va o‘g‘itlar jo‘natganda hamda elchixonalar va 
vakolatxonalarga tovarlar ortganda soliq tortish nolli stavkada 
belgilandi. Shu mahsulotlar bo‘yicha tamomila soliq to‘lamaslik 
joriy etildi. 
Regressiv soliq stavkalar Daromad oshib borishi bilan soliq 
stavkalari kamayib, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishni talab 
etadi. Chetga eksport tovarlar chiqarib, qat’iy valyuta tushumiga 
erishganlar iqtisodiy jihatdan qiziqtiriladi, ya’ni jami ishlab 
chiqarilgan mahsulot sotishdan tushgan daromaddan ozod qilinadi. 
Bu 2000-yilning 1-iyulidan boshlab kuchga kirgan. 
Yuqorida keltirilgan soliq stavkalari turlarini tahlil qilib nolli va 
regressiv stavkalar iqtisodiyotni ko‘tarishda katta ahamiyatga ega 
ekan deyishimiz mumkin. 
Soliq yuki – to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imar 
yig‘indisini byudjetga to‘lashidir. Soliq yuki foydaga yoki jami 


209 
daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma to‘langan 
soliq va yig‘imlarning YaIMdagi salmog‘i ham soliq yukini 
ifodalaydi. Agar soliq to‘lovchi soliqlarni to‘g‘ri to‘lagan bo‘lsa, 
unga soliq yuki mos keladi. Lekin ba’zi korxonalarda egri soliqlar 
bo‘lib, uning huquqiy to‘lovchilari korxona hisoblansa-da, soliq yuki 
iste’molchi, ya’ni aholi zimmasiga tushadi. Oxirgi iste’mol 
qiluvchilar aholi hisoblanadi. Bu yerda egri soliqlar hisobiga 
aholining real daromadlarining biroz bo‘lsa-da pasayish hollari 
uchraydi. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish