Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 “uch yillik” (1386-1388) 
“besh yillik” (1392-1396) “yetti yillik” (1399-1405) urushlar deb nom 
olgan.
Temur 1381 yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar 
sulolasi boshqarar edi. Ularning hukmdori G‘iyosiddin Pir Ali Temurga 
qattiq qarshilik ko`rsatmadi. Lekin 1383 yilda Hirotda qo`zg‘olon 
ko`tarildi. Qo`zg‘olon bostirildi va kurdlar sulolasi qulashi bilan 
sarbadorlarning so`nggi hokimi bo`lgan Ali Muayyod ixtiyoriy suratda 
o`z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning 80-yillari 


222 
o`rtasiga kelib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o`tdi. “Uch yillik” 
urush davrida Amir Teur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni 
bo`ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab, Tiflis, Arzirum 
va Van qal’asini egalladi. 
Shunday qulay payt kelganidan, ya’ni Amir Temurning 
Erondaligidan foydalangan To`xtamish Movaraunnahrga Qamariddin 
etakchiligida qo`shin yubordi. 
1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman 
orqaga qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir 
va boshqalarga dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo`yidagi 
Sarisuv degan joyda dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. 
To`xtamish 1388-yil oxirida Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. 
Amir Temur esa urushga tayyorlanish uchun Sagoron (Kattaqo`rg‘on)da 
qarorgohini tikib, qo`shinlarini jangovar holatga keltirdi. Amir Temur 
dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo`ng‘i o`g‘lon, Temur 
Qutlug‘ o`g‘lon, Shayx Ali Bahodir qo`mondonligidagi qo`shinlarni 
yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo`ldi. Dushman tor-mor etilib, 
To`xtamish zo`rg‘a qochib qutuldi. 
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy 
qismi)da turgan paytda To`xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. 
Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi bo`ylab yurdi. Oltin 
O‘rdaliklar Amir Temur qo`shinlari kelayotganini eshitib chekinishga 
majbur bo`ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va To`xtamish o`rtasida 
urush harakatlari yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o`ng 
qanotda bo`ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat paydo bo`lgan. Amir 
Temur zahira qo`shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur 
qildi. To`xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi. 
To`xtamish qo`shinining Terek daryosi bo`yida tor-mor etilishi va 
1395 yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O`rdaga juda kuchli 
zarba bo`ldi. Shundan keyin u o`zini o`nglay olmadi. 
Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa 
mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush 
voqealari ko`rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba 
hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo`ysundirishga muyassar bo`ldi. 
Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo`ysundiradi. 
Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi. 
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o`z 
dushmanlarini erkin nafas olishga qo`ymagan. 1400-yilda Amir Temur 
qo`shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib 


223 
bordilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi 
marta to`qnashdi va uni tor-mor etdi. 
Amir Temur o`z qo`shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga 
qarab yo`lga chiqqandi. O`sha yili qish O`rta Osiyo tarixida eng qahraton 
qish bo`lgan. Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko`pini 
quloq-burunlarini, qo`l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o`zi 
ham ko`p o`tmay shamollab qoladi. 1405-yil yanvar oyining o`rtalarida 
O`trorda to`xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk 
jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. 
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar 
natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga 
Movarounnahr, 
Xorazm, 
Kaspiy 
atrofidagi 
viloyatlar, 
hozirgi 
Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va 
G‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temurning 
muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo`ldi. Amir 
Temur qo`shinida qat’iy tartib va intizom o`rnatilgan edi. Har bir jang 
rejasini va barcha qismlar uchun yo`l-yo`riqlarni o`zi ishlab chiqardi. 
Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda 
ayniqsa yorqin namoyon bo`ldi. Armiyaning yuragini va qo`mondonlik 
o`zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining 
shohidi 
bo`lganlarning 
guvohlik 
berishicha 
barloslar 
harbiy 
qo`nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o`q uzishga juda usta, o`z 
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo`lganlar.
Mustaqillik sharofati hamda Respublikamiz Prezidenti I.Karimov 
tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok 
nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 
660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish