Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
10-mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida o`zbek 
davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. 
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi 
va harbiy yurishlari 
 
Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 8-
aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo`ja 
Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ rayoni) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir 
Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning 
obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan.


218 
Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi. Ibn 
Arabshoh, Rui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixshunoslar 1360 yilga 
qadar uning hayotini ayrim ma’lumotlar bilan izohlashadi. 
1360-1361 yillarda Mo`g‘uliston hukmdori hoqon Tug‘luq Temur 
Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning 
bosqinchilik tadbirlari O`rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma’lum 
bo`lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh 
amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug‘luq Temur Xo`jandni 
ishg‘ol etish niyatida Sirdaryodan o`tganidan so`ng Movaraunnahr 
amirlari va Hoji Barlos qo`rquvdan o`z jonlarini xalos etish uchun 
Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib qoldilar. 
1360-1370-yillarda Movaraunnahr siyosiy hayotida Amir Temur 
bilan bir qatorda ta’sir o`tkazgan shaxslardan yana biri Amir 
Qozog‘onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-
mulklar uning tasarrufida edi. 1361-yilda Amir Temur amir Husaynga 
yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor birlashib, mo`g‘ul xonlariga 
qarshilik ko`rsatish imkoniga ega bo`ldilar. Ma’lumki, Amir Temur 
mo`g‘ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movaraunnahrni boshqarishni 
Tug‘luq Temur o`z o`g‘li Ilyosxo`jaga topshirdi. Mustaqil bo`lishga 
harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning 
oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron 
Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda 
bo`lgan davrlar 1361-1365-yillarni o`z ichiga oladi. 
Amir Temurning hayotida ro`y bergan va bir umrga unga tan 
jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir 
Temur jang vaqtida o`ng qo`lini tirsagidan va o`ng oyog‘idan kamon o`qi 
tegishidan qattiq jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib 
yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni 
hasad bilan “Temurlang” deb atashgan. 
Tug‘luq Temur o`limidan so`ng 1363-yilda Movaraunnahr 
tuprog‘idan haydalgan Mo`g‘ul xoni Ilyosxo`ja yangidan juda katta 
lashkar bilan avvalgi mulklarini egallab olish maqsadida Movaraunnahr 
tomon harakat qila boshlaydi. Mo`g‘ul xoni ayniqsa o`zining raqiblariga 
nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi ham ma’lum edi. Temur va Amir 
Husayn bo`lg‘usi qaqshatqich to`qnashuvga imkon boricha harbiy 
kuchlarni yig‘dilar. Tarixda “Loy jangi” nomi bilan kirgan mazkur jang. 
Chinoz bilan Toshkent o`rtasida 1365-yilning bahorida ro`y bergan. Amir 
Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo`yidagi bu jangda 
mag‘lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag‘lubiyat sabablarini, har xil bayon 


219 
etishadi. Ayrim solnomachilar mo`g‘ul xonining g‘olib chiqishida Amir 
Husaynning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. 
Ehtimol shundandir, yoki mo`g‘ul xoni qo`shinining soni ko`pligi hamda 
yaxshiroq tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak. 
Qayta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang 
maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon 
qaytib ketgan. Samarqand shahriga kelgandan so`ng bu yerda ham uzoq 
turmasdan avvaliga Keshga so`ngra Amudaryo orqali Balxga o`tib ketadi. 
Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning bosh 
amiri Husayn edi. Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog‘liq 
bo`lgan. Shu sababli Amir Temur ham uning ko`rsatmasi bilan, ko`p 
hollarda Husaynning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Samarqand 
shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o`z holiga tashlab qo`yildi. 
Mo`g‘ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning o`ziga bog‘liq edi. 
Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o`z qo`llariga oldilar. 
Sarbadorlar mo`g‘ullar zulmidan ozod bo`lish yo`lida o`zlarini 
qurbon qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-
yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo`lib, 50-60-
yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy 
maqsadi mo`g‘ul istilochilari va zulm o`tkazuvchi mahalliy qatlamlarga 
qarshi kurash edi. 
Xurosondagi 
singari 
Samarqandda 
ham 
bu 
harakat 
qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo`lgan. Hunarmandlar, 
do`kondorlar ayrim madrasa mudarislari va talabalar mazkur harakatga 
faol qo`shildi. Ilyosxo`ja to`g‘ridan-to`g‘ri Samarqandga tomon yo`l oldi. 
Shahar jome’ machitiga yig‘ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo`lajak 
rahbaridan biri bo`lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda chiqib, 
shaharning har bir a’zosidan katta miqdorda soliq va to`lov yig‘ib, uni o`z 
bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni o`z holiga tashlab 
qo`yganligini uqtirib o`tadi. 
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo`rdak 
Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo`shildilar. Mudofaa tashkil 
etilganligidan xabarsiz mo`g‘ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb 
o`ylashardi. Ularning asosiy qo`shinlari shaharga kiraverishdagi bosh 
ko`chadan 
hujum 
qiladilar. 
Xavf-xatardan 
shubhasi 
bo`lmagan 
bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga 
yaqinlashganlarida to`satdan kamon o`qlariga duch keladilar. Shahar 
mudofaachilari mo`g‘ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi 


220 
hamladayoq shaharni egallaymiz deb o`ylab bostirib kirgan mo`g‘ullar 
katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar. 
Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va 
o`z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo`g‘ullar 
shahar atrofini qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o`ylab 
chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi 
(o`lati) deb atashadi. O`lat oqibatida Ilyosxo`ja qo`shinlariga mansub 
otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo`ja katta yo`qotishlar bilan 
dastlab Samarqandni keyin esa Movaraunnahrni tashlab ketishga majbur 
bo`ldi. 
Bu paytda Keshda bo`lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo 
bo`ylarida bo`lgan Amir Husaynga etkazdi. 1366-yilning bahorida ular 
Samarqandga etib keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o`z huzurlariga 
chorladilar. Uchrashuv Samarqanddagi Konigil degan joyda bo`ldi. Bu 
erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular 
qatl etiladi. Amir Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozoda omon 
qoldirilib, Xurosonga jo`natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan 
so`ng Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi munosabatlar 
keskinlashadi. Bunga 
Amir 
Husaynning 
sarbadorlarga 
nisbatan 
adolatsizligi ham bir qadar sabab bo`lgan edi.
1366-1370-yillar oralig‘ida Amir Temur o`z e’tiborini ichki ishlarga 
qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda 
Husaynning o`ldirilishi va Amir Temurning taxtga o`tirishi bilan 
yakunlandi. Movaraunnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga 
mansub bo`lgan Suyurg‘otmish qo`liga o`tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa 
Movaraunnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo`lida qoldi, hamda Kesh 
shahridan Samarqandga ko`chib, uni o`z davlatining poytaxtiga aylantirdi. 
Amir 
Temurning 
Movarounnahrdagi 
birlashtirish 
siyosati 
boshlangan edi. U Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida turgan yerlarni o`ziga 
bo`ysundirib, o`ziga itoat ettirdi. Farg‘ona, Shosh viloyatlarini o`z 
tasarrufiga kiritish unga qiyin bo`lmadi. Sirdaryoning quyi oqimidagi 
Oltin O`rdaga qarashli erlarni egallashda u bu erlardagi ichki sulolaviy 
urushlardan foydalandi. 
Amir Temur Xorazmni ham qaytadan Movaraunnahrga kiritishga 
intildi. 1372-yilda Husayn Sufi Amir Temurga boj to`lamasdan, buning 
ustiga Sohibqiron tomonidan yuborilgan elchiga shunday javob berdi: 
“Men mamlakatni qilich bilan fath etganman, shuning uchun ham uni 
faqat qilich bilan olish mumkin”. 


221 
O`sha yili Amir Temur Xorazmga qo`shin tortib keladi. Urganchga 
borish uchun Qiyot shahri orqali o`tish kerak edi, bu shahar bir oz 
qarshilik ko`rsatgandan keyin Temur qo`shini tomonidan ishg‘ol qilinadi. 
Qiyotning qo`ldan ketishi Xusayn Sufiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. U Amir 
Temur bilan yarashishga, uni talablarini bajarishga rozi bo`ladi. Lekin 
ayrim hokimlar Amir Temurning tez baland martabaga erishishini 
ko`rolmay Husaynni unga qarshi gij-gijlay boshladilar. Husayn ularning 
yordamiga ishonib Amir Temurga qarshi chiqadi, ammo uning tomonidan 
tor-mor etiladi. Shundan so`ng Husayn Urganch qal’asiga berkinadi va 
tezda vafot etadi. Uning o`rniga akasi Yusuf So`fi (1372) hokimiyatga 
keladi va Amir Temur bilan yarash shartnomasi tuzadi. Lekin u yarash 
shartlarini xiyonatkorona buzib, Amir Temur qaytib ketgandan keyin 
Qiyot shahrini bosib oladi va unga qarshi ochiqdan-ochiq dushmanlik 
harakatlariga o`tadi. Shundan so`ng Amir Temur Xorazmga ikkinchi 
marotaba yurish qilishga majbur bo`ladi. (1373-1374-y.). Ammo bu 
harbiy to`qnashuvgacha bormaydi, chunki Yusuf Amir Temurga tavba 
qilib yarash shartlarini so`zsiz bajarishga va’da beradi. Bu ikkinchi yurish 
natijasidan Janubiy Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kiradi. 
1374-yildan keyin Amir Temur Xorazmga uch marotaba yurish 
qildi. Buning sababi Oltin O`rda xoni To`xtamishning Xorazmga da’vosi 
tufayli edi. 
1387-1388-yillarda To`xtamish, Amir Temurning Movaraunnahrda 
yo`qligidan foydalanib, Xorazmga hujum qildi. Xorazm hokimi bo`lgan 
Sulaymon So`fini Amir Temurga qarshi qo`zg‘olon ko`tarishga undadi. 
Sulaymon So`fi bunga rozi bo`ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388-yili 
Xorazmga yana yurishga majbur etdi. Temur Urganchni ishg‘ol qildi va 
sufiylar sulolasini tugatdi. 
Shu vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa 
Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va 
Sirdaryo etaklaridagi yerlardan tashqari, Turkiston yerlarining hammasi 
Amir Temur qo`liga o`tdi. 
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish