Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

muzoriylar
deb yuritilgan.


209 
Buyuk hoqon hisoblangan O‘gedey (1229-1241 yy.) davridayoq 
mo‘g‘ullar o‘zlariga xizmat ko‘rsatayotgan ayrim kishilar, katta yer 
egalari, savdogarlarga turli yorliq va payzalar bera boshladilar. Payza 
qimmatbaho metall (oltin, kumush) yoki jez, yog‘och taxtalardan 
ishlangan bo‘lib, unga no‘yonning muhri qo‘yilar edi. Bunday payzaga 
ega bo‘lgan kishilar, shu jumladan, elchilar, soliq yig‘uvchilar va boshqa 
shaxslar aholidan turli yig‘im, to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega 
edilar. Ko‘plab beriladigan payza egalari aholidan tekinga ot-ulov, yem-
xashak, yotar-joy, oziq-ovqat talab qilishga haqli ham edi. Savdo 
yo‘llarida joylashgan bekatlar 
“yom” (jom)
deyilib, ularning xizmati va 
harajati mahalliy aholi bo‘ynida edi. Bu bekatlar bo‘ylab davlat ishlari 
bo‘yicha ko‘plab elchi, chopar, vakil va boshqalar o‘tib, ularga xalq 
tekinga xizmat qilib, ularni ta’minlab turishi ham lozim edi. 1235-yildan 
boshlab hoqon farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 
2 ta tuman aholisiga yuklatildi. “Yomlar bo‘yidagi aholida toqat va majol 
ham qolmagan edi”,-deb yozgan edi Rashididdin.
Mahalliy aholi-hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan 
qat’iy nazar umum hashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi 
shart edi. Mo‘g‘ullarning ichki xo‘jalik hayotni savdo-sotiq sohasini bir 
oz jonlantirish borasidagi chiqargan past qiymatli tangalari aholi ichida 
o‘z o‘rnini topmadi. Aksincha, zo‘rlik po‘pisaga qaramay, 1232-yildan 
boshlab Samarqandda pul muomalasi tugatildi, savdo-sotiq ayriboshlov 
darajasiga tushib qoldi. Farg‘ona, Shosh, Termiz va boshqa viloyatlarda 
mo‘g‘ul istilosidan so‘ng pul zarb etish o‘z-o‘zidan tugagan edi. Natijada 
tez orada Movaraunnahrda pul muomalasi butkul izdan chiqdi.
Mislsiz jabr-zulm, aholining xo‘rlik va qashshoqlik domiga 
tashlanishi, soliqlarning haddan ziyod o‘sishi, mehnatkash aholining tinka 
madorini quritib yubordi. Aholi ichida mo‘g‘ullarning zo‘ravonligi va 
istibdodiga qarshi norozilik harakati tobora kuchayib, bu norozilik 
ayniqsa, 1238-yilgi Mahmud Tarobiy qo‘zg‘olonida o‘z aksini namoyon 
qildi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 1238-yil Buxorodan uch farsah (taxminan 
18-21 km) uzoqlikdagi Tarob qishlog‘ida boshlandi. Bu qo‘zg‘olonda 
mo‘g‘ullar va mahalliy zodagonlar zulmidan ahvoli og‘irlashgan 
hunarmand, dehqon va kambag‘al aholi, ayniqsa, faol qatnashadi. 
Qo‘zg‘olonga esa asli Tarob qishlog‘idan bo‘lgan g‘alvir yasovchi 
hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.
Mahmud Tarobiy avval o‘z qishlog‘ida istilochilar zulmi, 
bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. O‘z atrofiga yig‘ilgan 
qo‘zg‘olonchilarga murojaat etib: “Yey haq toliblari, qachongacha 


210 
kutamiz 
va 
intizorlik 
tortamiz. 
Ro‘yi 
zaminni 
tangridan 
qo‘rqmaydiganlardan pok qilmoq lozim. Kimning qanday qurolga qurbi 
yetsa, qilichmi, o‘q-yoymi, kaltakmi, qo‘lga olsin. Qo‘ldan kelgancha 
tangridan qo‘rqmaydiganlardan birontasini ham tirik qo‘ymaslik lozim”,-
degan so‘zlar ozodlik kurashiga xalqni da’vat etadi. Shu paytda 
Sherozdan kelgan harbiy anjomlar ortilgan karvon qo‘zg‘olonchilarning 
qurollanishiga yordam beradi. Qo‘zg‘olon kuch-qudrati oshib 
borayotganligini, xalq qo‘zg‘olonchilar tarafiga o‘tib borayotganligini 
ko‘rgan mo‘g‘ul no‘yonlari Movarounnahr hokimi Mahmud Yalavochdan 
yordam so‘rashga majbur bo‘ladilar. Mahmud Tarobiy o‘zining ko‘plab 
tarafdorlari bilan Buxoro tomon yo‘l oladi. Buxorolik aqoid (diniy ilm) 
olimi, mashhur shayx Shamsiddin Mahbubiy ham qo‘liga qurol olib, o‘z 
safdoshlari bilan qo‘zg‘olonchilar safiga qo‘shiladi. Tarixchi Juvayniy 
Mahmud Tarobiy haqida shunday deb yozgan edi: “U akobir, boy-
badavlat kishilarni haqorat qildi, sharmandasini chiqardi, o‘ldirtirdi, 
ularning bir qismi esa undan qochib qutildi. U oddiy xalqqa va 
darbadarlarga, aksincha, iltifot va marhamat ko‘rsatdi”. Darhaqiqat 
Mahmud Tarobiy Buxoro ahliga muruvvat namunalarini ko‘rsatdi. 
Buxorodan qochgan mo‘g‘ul harbiylari va buxorolik zodagonlar 
Karmanaga kelib panoh topgan edilar. Bu yerda ular ma’lum kuch 
to‘plab, Mahmud Tarobiy ustiga harbiy yurishni boshlaydilar. Bundan 
xabardor bo‘lgan Mahmud Tarobiy dushmanga qarshi kurashish 
maqsadida shahar chetidan Karmana yo‘liga katta harbiy kuch bilan 
chiqadi. Ikki o‘rtadagi qattiq jangdan so‘ng istilochilar yengilib orqaga 
chekindilar. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni to Karmanagacha quvib 
bordilar. Ushbu jangda mo‘g‘ullardan 10000 kishi qirib tashlandi. Lekin 
bu zafarli jangda qo‘zg‘olonchilar rahbarlari Mahmud Tarobiy va 
Shamsiddin Mahbubiylar halok bo‘ldilar. Qo‘zg‘olonchilar endilikda 
shahid ketgan Mahmud Tarobiyning o‘rniga uning ukalari Muhammad va 
Alini rahbar etib saylaydilar. Lekin bu yangi rahbarlarning harbiy 
tajribalari yo‘q, xalq ularni yaxshi tanimas, omma ichida ular nufuzga ega 
emas edilar. Bu esa qo‘zg‘olonning borishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. 
Oradan bir hafta o‘tmay mo‘g‘ullarning Yelduz no‘yon va Chag‘an 
qo‘rchi boshchiligidagi yangi qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirib uchun yetib 
keldi. Ikki tomonlama jangda Mahmud Tarobiy tarafdorlari butkul tor-
mor qilinib, ikkala tomondan 21 mingdan oshiq jangchi halok bo‘ldi.
Mahmud Tarobiy boshchiligidagi ushbu xalq ozodlik qo‘zg‘oloni 
xalqimiz ozodlik kurashlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. U, avvalo, 
istilochilar va ular tomoniga o‘tib ketgan mahalliy zodagonlarning 


211 
umumiy zulmiga qarshi ko‘tarilgan kurash edi. Bu ozodlik qo‘zg‘oloni 
mo‘g‘ul istilochilariga ular qanchalik shavqatsiz tuzum o‘rnatmasinlar, 
xalq hamisha o‘z ona vatani ozodligi yo‘lida kurashdan cho‘chimasligini 
namoyon qildi. Mo‘g‘ullar bu qo‘zg‘olondan so‘ng bosqoqlar tomonidan 
yig‘iladigan soliq va o‘lponlarni tartibga keltirishga harakat qildilar. 
Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan keyin Chig‘atoy qo‘zg‘olonni 
bostirishda sustkashlik qilgan, degan maqsadda, Mahmud Yalavochni o‘z 
amalidan chetlashtirib, uni Movaraunnahrdan chiqartirib yubordi. Tez 
orada xoqon uni Dasin (Pekin)ga shahar noibi etib jo‘natadi. Shundan 
so‘ng Movaraunnahr noibi hamda ijaradori sifatida Mahmud 
Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek tayin etiladi. U o‘limiga qadar (1289 y.) 
shu lavozimni egallab turadi.
XIII asrning ikkinchi choraklaridan boshlab, mo‘g‘ullarning ichida 
ham endilikda ma’lum siyosiy nizolar, parokandaliklar kelib chiqa 
boshlaydi. 1241-yilga kelib bosib olingan Rusiya, Volga bo‘yi, Ural va 
boshqa yerlardan Oltin O‘rda davlati tashkil topadi. Mo‘g‘ullar 1256-yili 
Xulagu boshchiligida Eron, Kurdiston, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa 
yerlariga hujum qiladilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘rtasida oliy hukmdorlik 
uchun kurash avj oladi. Ayniqsa, buyuk hoqon Guyukxonning (1246-
1249) o‘limidan so‘ng bu kurash keskin kuchayadi. 1251-yili hokimiyat 
tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan 
Tulining to‘ng‘ich o‘g‘li Munqa (1251-1259) ulug‘ xon sifatida saylanadi. 
U dastlab Chig‘atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon bilan 
bo‘lib oladi. Keyinchalik Munqaning o‘limidan so‘ng Chig‘atoyning 
nevarasi Olg‘uxon (1261-1266) Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, Chig‘atoy 
ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan 
mo‘g‘ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movaraunnahrdagi 
Chig‘atoylar, Oltin O‘rda deyarli mustaqil qismlariga bo‘linib ketgan edi. 
Har bir ulus xoni o‘zini tamomila mustaqil sanab, payt kelganda qo‘shni 
uluslarga o‘lja uchun hujum ham qilib turar edilar. Masalan 1272-yili 
Xulagiylarning Oqbek boshchiligidagi askarlari Kesh va Nahshab 
shaharlarini, 1273-yil yanvarida Buxoroni talon-taroj etadilar. Buxoro 
dahshatli qirg‘in-barotni boshdan kechirib, yetti yilgacha vayrona tarzda 
yotadi. Mo‘g‘ullar to‘g‘risida so‘z ketganda yana bir muhim xususiyatni 
e’tiborga olmoq kerak bo‘ladi. Bosib olingan yerlarda mo‘g‘ul harbiy 
sarkardalari, no‘yonlari, zodagonlari orasida siyosiy dunyoqarash o‘zgara 
boshlaydi.


212 
Ba’zi no‘yon, xonlar, harbiy ma’murlarning kichik qismi, ularga 
ergashgan mahalliy zodagonlar, savdogarlar, diniy ulamolar va boshqalar 
o‘troq hayotga o‘tish, markaziy hokimiyatni kuchaytirib, savdo-sotiqni 
rivojlantirish tarafdorlari edi. Dehqonchilik va savdo-sotiq xazinaning 
asosiy manbayi bo‘lishi mumkin edi. Buning uchun esa shahar va 
qishloqlarni tiklash, ekinzorlarni o‘zaro payhon etishga chek qo‘yish, 
soliqlarni tartibga tushirish, shaharlar rivoji, savdo, hunarmandchilikka 
homiylik qilish darkor edi. Yuqorida ta’kidlangan madaniylashish 
tarafdorlari safiga Munqaxon (1251-1259) va Chig‘atoy noibi, hoqonning 
yaqin maslahatchisi Ma’sudbek (1238-1289) ham kirar edilar. Munqaxon 
shubhasiz tadbirli va zehnli Movaraunnahr noibi Ma’sudbekning ta’siri 
ostida ba’zi bir ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. 
Butun mo‘g‘ullar imperiyasida soliqlar bir xil tarzda undirilmas edi. 
Masalan, Xitoyning shimoli, Movarounnahrda badavlat kishi 10 dinor, 
kambag‘al 1 dinor to‘lasa, Xurosonda badavlat kishi 7 dinor, kambag‘al 
esa 1 dinor to‘lar edi va xakozo. Munqaxon soliq va xashar ishlarini 
tartibga solish borasida maxsus farmon-yorliq chiqardi. Unga ko‘ra 
Chingizxon o‘limidan so‘ng berilgan payza va yorliqlar bekor etildi, 
yomlar bo‘ylab aloqa vositasi uchun ajratiladigan otlar soni belgilanib, 
aholidan ortiqcha ot-ulov talab etish, yomlar uchun belgilangan otlarda 
shaxsiy maqsadda foydalanish ta’qiqlab qo‘yildi. Munqaxoning 
qonunlashtirib qo‘ygan chora-tadbirlari aholini behisob soliq va 
yig‘inlardan ozod etib, ularning tinchlik-osoyishtaligini bir muncha 
ta’minladi, shahar hayotining, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga 
qisman imkon yaratib berdi. Bu islohotlar natijasida mamlakatning 
ayniqsa shimoliy-sharqiy rayonlari, jumladan Farg‘ona vodiysida xo‘jalik, 
iqtisodiy hayotda jonlanish sodir bo‘la boshlaydi.
Ayniqsa, xo‘jalik-iqtisodiy hayotni bir me’yorga tushirish, savdo va 
pul muomalasini izga solishda Chig‘atoy ulusi noibi Ma’sudbekning 
xizmati va islohotlari katta o‘rin tutgan. Ma’sudbek mo‘g‘ul qoonlariga 
shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‘tkazilishga imkon ham bergan 
edi. 1271-yili mo‘g‘ullarning madaniy, o‘troq hayot tarafdorlari madadi, 
Talas qurultoyi (1269-y.) qarorlariga tayanib, Ma’sudbek yangi pul 
(moliyaviy) islohot o‘tkazishga kirishdi. Unga ko‘ra, har qanday shaxs 
o‘ziga kerakli tangalarni zarbxonalarga olib borib, uni xohlagan tarzda, 
lekin bir xil hajm, qiymat, vaznda zarb etish mumkin edi. Avval boshida 
qiyinchilik bilan kechgan bu jarayon XIII asrning 80-yillariga 
kelgandagina faollasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida 
bir xil vazn va yuqori qiymatga ega sof kumush tangalar zarb etilib, 


213 
muomalaga kiritildi. Garchi atrofdagi islohotlarga qarshi mo‘g‘ul 
harbiylari Erondan, Yettisuvdan Movaraunnahrga vayronagarchilik 
keltirib chiqaruvchi kurashlarni amalga oshirib tursalarda, lekin islohotlar 
borishiga to‘sqinlik qila olmadilar. Ma’sudbek 1273-1276-yillari qayta 
talangan Buxoroning tiklanishiga o‘zi bosh qosh bo‘ldi. 1282-83-yillarda 
Buxorodagi zarbxonalar to‘laqonli ishlashga kirishdi. Savdo-iqtisodiy 
munosabatlar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa Chig‘atoy 
xoni Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi. 
XIV asrning 1-yarmiga kelib, Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning 
o‘troqlashuv jarayoni kuchayib, mo‘g‘ul zodagonlarining katta qismi 
savdo doiralari bilan yaqinlashib, islom madaniyati ta’siriga berilishi 
kuchayib bordi. Movarounnahr madaniy o‘lkasi bilan yaqin aloqa 
o‘rnatib, o‘troq hayot kechirishga intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri 
Kebekxon (1309, 1318-1326) bo‘ldi. U butunlay Movarounnahrga 
ko‘chib kelib, o‘z qarorgohini Nasaf shahri yonida barpo etdi. 
Keyinchalik bu saroy o‘rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi. Kebekxon 
davlatni idora etish, uning ma’muriy tuzilishini qayta tashkil etish, 
iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida 2 xil ma’muriy va moliyaviy 
islohot o‘tkazdi. Ma’muriy islohotga ko‘ra mahalliy tuzilmalar 
tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar-maliklar, 
sadrlarning o‘rinlari turkiy-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi. 
Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi. Bu islohot davlatni birmuncha 
mustahkamlashda o‘zining ijobiy samarasini berdi. 
Ma’sudbek davrida pul islohoti amalga oshirilgan bo‘lsa-da, 
Kebekxon uni takomillashtirmoqchi bo‘ldi. Jumladan, u Xulagiylar va 
Oltin O‘rda tangalari namunasida 2 xil pul: yirik kumush tanga-“dinor” va 
mayda kumush tanga “dirham” lar zarb ettiradi. 
Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo‘lib qoldi. 
Kebek nomidan tangalar asosan Buxoro va Samarqandda zarb etilar edi. 
Shuningdek, O‘tror zarbxonasi ham faol ishlay boshladi. 
Kebekxonning islohotlari anchadan beri o‘troq hayot, mahalliy aholi 
madaniyati bilan yaqinlashuviga qarshi bo‘lgan guruhlarning ham 
faoliyatini 
kuchaytirib 
yuboradi. Kebekxoning 
ukasi 
Oloviddin 
Tarmashirin (1326-1334) akasining siyosatini davom ettirib, o‘troq hayot 
an’analarini qattiq turib himoya qiladi. U islom dinini qabul qilib, islom 
dinini Chig‘atoy ulusining rasmiy diniga aylantiradi. Tarmashirin 
siyosatidan norozi ko‘chmanchi mo‘g‘ul zodogonlari isyon ko‘tarib 1334-
yilda uni o‘ldirishadi. Tarmashirindan so‘ng hokimiyat tepasida bo‘lgan 
Changshi (1334), Bo‘zan (1334-1338), Eson-Temur (1338-1342), 


214 
Muhammad (1342-1343)lar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy hayotida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganligi yo‘q. Aksincha, 
mahalliy qabilalar hokimiyati, urug‘ boshliqlarining ta’siri bu paytga kelib 
yanada kuchayib, Chig‘atoy hokimiyatining qudrati pasaya boshlaydi. 
XIV asrning 40-yillariga kelib, Yettisuvda Dug‘lot amirligining 
yuzaga kelishi, amalda Chig‘atoy ulusining tarqab ketishidan, o‘rniga 
Movarounnahr amirligi yuzaga kelganligidan dalolat berar edi. Chig‘atoy 
xonlarining so‘nggi vakilaridan biri Qozonxon (1343-1346) markaziy xon 
hokimiyati kuch-qudrati ta’sirini ko‘tarib, ichki siyosatda Kebekxon-
Tarmashirin yo‘lini tutishga harakat qildi. U ko‘chmanchi harbiylarga 
qarshi kurash olib borib Qashqadaryo vohasida hatto ularga qarshi 
tayanch markazi etib-Zanjirsaroy qal’sini ham barpo etgan edi. Qozag‘on 
boshchiligidagi bir guruh ko‘chmanchi, talonchilik siyosati tarafdorlari 
1346-yili fitna natijasida Qozonxonni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lishadi.
Qozag‘an o‘ziga amir unvonini olib, davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga 
oldi. Movarounnahr Qozag‘on davridayoq bir necha yarim mustaqil 
qismlarga bo‘lib ketgan edi. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik avj olib, o‘zaro 
nizolar yanada kuchaygan edi. Kesh (Shahrisabz) atrofidagi yerlar Hoji 
Barlos boshchiligidagi barlos urug‘iga, Xo‘jand Boyazid Jaloyiriyga 
qaram bo‘lib qoldi, Balx va uning atrofidagi yerlar Qozog‘onning 
nevarasi amir Husaynga tobe bo‘ldi, Shiburg‘on esa Muhammadxo‘ja 
Apverdi qo‘liga o‘tib ketdi. Bundan tashqari Buxoroda diniy ulamolardan 
iborat sadrlar, Xuttalonda mahalliy hokimlardan bo‘lishi Kayxusrav, 
Termizda-sayidlar, 
Badaxshonda o‘zboshimcha mahalliy shohlar 
hokimiyatni qo‘lga olishdi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish