Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
XIII asr 2-yarmi va XIV asr 1-yarmidagi madaniy hayot 
XIII asr II-yarmida XIV asr I-yarmida xo‘jalik, iqtisodiy hayotdagi 
siljishlar, 
savdo-sotiqning 
rivojlanishi, 
qolaversa, 
Chig‘atoy 
mo‘g‘ullarining tobora o‘troq hayotga moslasha borishi, bosqinchilik 
vaqtida tanazzulga yuz tutgan madaniy hayotning nisbatan jonlanishiga 
olib keldi. Avvalo shaharsozlik bilan bog‘liq binokorlik va me’morchilik 
yo‘lga qo‘yila boshlandi. Mahalliy diniy ulamolar va dunyoviy 
zodagonlar, gohida mo‘g‘ul zodagonlarining ba’zilari qurilish ishlariga 
homiylik qila boshlashdi. Me’morchilikda alohida o‘rin tutgan 
ganchkorlik, g‘isht o‘ymakorligi, koshinpazlik, me’moriy xattotlik qayta 
tiklandi. Movaraunnahr, Xorazmda mahalliy binokorlar ishtirokida 
xonaqo, maqbara, masjid, madrasa, saroy, minoralar qad ko‘tara boshladi. 


215 
Shu davrlarda barpo etilgan ko‘pgina me’moriy obidalar u yoki bu 
ko‘rinishda hozirgi kunlargacha yetib kelgan.
Jumladan, 
Buxorodagi 
Sayfiddin 
Boharziy 
maqbarasini 
birinchilardan barpo etilgan me’moriy bino sifatida ko‘rish mumkin. 
Taniqli buxorolik shayx Sayfiddin Boharziy nufuzli diniy ulamolardan 
biri bo‘lib, u 1258-yili olamdan o‘tgan edi. Uning qabri ustida tez orada 
katta maqbara va honaqo barpo etildi. 1333-yili Buxoroda bo‘lgan arab 
sayyohi ibn Battuta ushbu maqbaraga yuqori baho bergan edi. 
Shuningdek, mana shu davrlarda barpo etilgan Buxorodagi Qusam ibn 
Abbos maqbarasi ziyoratxonasi, Xo‘ja Ahmad maqbarasi, Qo‘hna 
Urganchdagi Najmiddin Kubro va To‘rabekxonim maqbarasi, masjid va 2 
ta baland minoralar (minoraning hozirgacha saqlangan qismi 62 metrni 
tashkil etadi, minoralarning bittasi XX asr boshlarida qulab tushgan), 
Xo‘janddagi Duvaxon maqbarasi (keyinchalik vayron bo‘lgan) va 
boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin. Qarshidagi buzilib ketgan saroy, 
Ma’sudbek hukmronligi davrida (1238-1289) Buxoroda barpo etilib, 1000 
tacha talabaga mo‘ljallangan “Ma’sudiya”, “Xoniya” madrasalari va 
boshqalar to‘g‘risida manbalarda ma’lumot berib o‘tiladi.
Ko‘rilayotgan davr binokorligi va me’morchiligida pishiq g‘isht, 
koshin, parchin, me’moriy o‘ymakor g‘ishtlar hamda ganch va ohak, pista 
ko‘mir, qumlardan tayyorlangan maxsus qorishmalar kabi qurilish 
mahsulotlaridan ham binolarni qurishda hamda ularni me’moriy jihatdan 
bezashda keng foydalaniladi. Monumental binolarning aksariyati esa bir 
yoki ikki gumbazli, toqu ravoqli va peshtoqli bo‘lgan. Naqshinkor g‘isht, 
koshinlar, kitoba (lavha) bilan naqsh berish an’analari davom ettirilgan. 
Shuningdek naqshlarning turli tuman, guldor bo‘lishi, o‘ymakor amaliy 
san’at qayta tiklanganligidan ham darak berar edi. Kulolchilik, misgarlik, 
zargarlikda ham naqsh bilan ishlov berish holati avj oladi. 
Shubhasiz, Chingiz O‘rdalarining bosqini Movarounnahr va 
Xuroson ilm fan, adabiyot o‘choqlariga katta zarba bo‘lib tushadi. XIII 
asr-XIV asr oxirlariga qadar mo‘g‘ullar qadami yetmagan yoxud ularning 
ta’siri kam bo‘lgan Dehli sultonligi, janubiy Yeron, Kichik Osiyo, qisman 
Suriya va Misrda ilm-fan, ma’rifat, adabiyot taraqqiy eta boshlagan edi. 
Faqatgina XIV asr oxiri- XV asr boshlariga kelibgina ma’rifat, madaniyat 
o`choqlari yana Movarounnahr va Xurosonga ko`chadi. 
XIII asr-XIV asrning 2-yarmida fors-tojik adabiyotida ayniqsa 
Jaloliddin Rumiy (1207-1272), Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219-1293), 
Amir Xusrav Dehlaviylarning (1253-1325) o`rni va mavqei ko`tarilib, ular 
jahon adabiyoti olamiga taniladilar. Asli Balx shahridan bo`lgan Rumiy 


216 
14 yoshligida o`z oilasi bilan mo`g‘ul bosqinidan qochib Kichik 
Osiyoning Ko`niya sultonligiga borib qoladi. Ko`niya, Halab, Damashqda 
tahsil olib, buyuk tasavvuf ilmi shoiri va faylasufi bo`lib taniladi. U 
she’riyatda so`fiy-falsafiy janrni rivojlantirib, o`zining 36 ming baytdan 
iborat “Masnaviyi-ma’naviy” degan dostonini yaratadi. Sa’diy esa islom 
olamida o`zining “Guliston” va “Bo`ston” asarlari, g‘azallari, ahloqiy 
fikrlari bilan keng shuhrat qozonadi. Uning asarlarida Ona-Vatanga 
muhabbat, insonparvarlik, mehr-muhabbat g‘oyalari hamisha barq urib 
turadi. U o`z asarlarida kishilarni o`zaro hamjihatlik va totuvlikka, 
hukmdorlarni adolat va insofga chaqirib, salbiy xususiyatlarni qoralab 
chiqadi. Sa’diy o`z umrini ona shahri Sherozda tugatgan.
Xusrav Dehlaviy Hindiston shimoliga mo`g‘ul bosqinidan qochib 
borgan asli Kesh (Shahrisabz) lik kishilar xonadonida dunyoga keladi. U 
Dehlida sulton saroyida yashab, o`zining ajoyib “Xamsa” dostonini, 
Hindistonda hozirgacha mashhur “Xizrxon va Duvalra”ni, “Miftah al-
futuh” (G‘oliblik kaliti) “Nuh sipehr” (Falakning to`qqiz gumbazi) kabi 
asarlarni yozadi. XIII asrning 2-yarmidan boshlab tarixnavislik ham rivoj 
topa boshlaydi. Bu davrda asli G‘ur viloyatidan bo`lgan Abu Umar 
Minhojiddin Juzjoniyning 1260-yil yozilgan “Tabaqoti Nosiriy” (Nosirga 
atalgan tabaqalar), Oloviddin Ota Malik Juvayniyning “Tarixi 
jahongo`shaiy” 
(Jahon 
fotihi 
tarixi), 
Fayzulloh 
Rashididdin 
Hamadoniyning “Jomý at-tavorix” (Tarixlarning jamlanishi) Shahobiddin 
an-Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Mankburni” (sulton Jaloliddin 
Mankburning hayot faoliyati) kabi nodir tarixiy asarlari ham jahon yuzini 
ko`rdi.
Bu asarlar o`z vaqtida mo`g‘ullar istilosi va undan keyingi davrni 
o`rganish bobida birinchi darajali manbalar hisoblanadi. Bu paytda 
shuningdek, islom ahloq-odob va taqvodorligi asosida turkiy tildagi 
adabiyot ham rivoj topa boshladi. Xorazmdagi bu adabiyotning bir vakili 
mashhur faylasuf shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1247-1326) 
hisoblanadi. U nafaqat shoir, mutafakkir bo‘libgina qolmay, Hindiston, 
Sheroz, Rumda ham beli yerga tegmagan kurashchi polvon ham edi. 
Xuddi shu ma’noda “Pahlavon” taxallusi unga haqli ravishda berilgan. 
Xalq ichida esa uni yana behad saxovatli, bag‘rikeng, adolatli inson 
sifatida hurmati katta edi. U g‘oliblikdan tushgan mukofotlarni yetim-
yesir, nogironlarga hadya etar, po‘stindo‘zlik hunaridan kelgan 
daromadini atrofidagi kambag‘allar bilan baham ko‘rar edi. O‘z yonidan 
hatto Xiva yaqinida maqbara ham barpo etadi. Uning mardligi, tantiligi, 
haqparvarligi to‘g‘risida bizning kunlarimizga qadar turli hikoyat, 


217 
rivoyatlar ham yetib kelgandir. Uning insonga xos bo‘lgan ajoyib 
fazilatlarni ulug‘lovchi ruboiylari xalq orasida keng tarqalgan bo‘lgan. U 
inson aql-zakovati, ahloqiy kamolati va ahloqiy pokligini qadrlaydi.
Turkiy tilda ijod qilgan yana bir shaxs, bu nomi bizga hali yaxshi 
tanish bo‘lmagan Nosiriddin Burhonuddin Rabg‘uziydir. U XIII asr oxiri- 
XIV asr boshlarida yashab, ijod qilgan. Bizgacha uning birgina “Qissayi 
Rabg‘uziy” (Qissasul anbiyo) asari yetib kelgan. Bu asarda muallif o‘zini 
“Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosiriddin” deb tanishtiradi. 
Ushbu asar islom dinini qabul qilgan mo‘g‘ul beklaridan biri bo‘lmish 
Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra hijriy 709 (milodiy 1309-
1310) yilda yozilgan. Ushbu asar 72 qismdan iborat bo‘lib, payg‘ambarlar 
(Dovud, Sulaymon, Muhammad) haqidagi qissalar, diniy rivoyat va 
hikoyatlar, xalq og‘zaki ijodi, tarixiy asarlar, diniy kitoblar asosida bayon 
etilgan diniy-falsafiy, tarixiy, ahloqiy asardir. Ushbu asar xalq orasida, 
baxshi va oqinlar orasida hamisha mashhur bo‘lib kelgan. Asarda bayon 
etilgan ahloqiy fazilatlar, ta’lim-tarbiya, ma’rifat xususida fikrlar hozirgi 
kunga qadar o‘zining dolzarb ahamiyatini yo‘qotmagan.
Bu paytga kelib turkiy adabiyot rivoji bilan bir qatorda, tasavvuf, din 
ilmlarining ham rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Tasavvuf ilmining 
mashhur namoyondasi, naqshbandiylik tariqatining asoschisi Bahovuddin 
Naqshband (Sayid Muhammad ibn Jaloliddin) (1318-1389)-avvalo o‘z 
mehnati bilan halol kun ko‘rish g‘oyasini yoqlaydi. Uning “dil ba yoru, 
dast ba kor” (ya’ni diling xudoda bo‘lsinu, qo‘ling mehnatda bo‘lsin) 
degan shiori keyinchalik juda mashhur bo‘lib ketdi. Uning nomi xalq 
orasida ma’lum va mashhur bo‘lib ketib, Buxoro yaqinidagi qabri 
musulmonlar ziyoratgohlaridan biriga aylanib qolgan edi. Mustaqillik 
inoyati bilan bu ajdodimizning nomlari qayta tiklanib, uning qabri 
joylashgan yer obod va ko‘rkam ziyoratgoh tusini oldi.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish