“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Bo‘lajak farzandlarimizning sog‘lom, baquvvat bo‘lishiga oilaviy muhit, ota-onaning
salomatligi, ularning sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatligi, tibbiy madaniyati
eng asosiy ta’sir etuvchi omillardan hisoblanadi.
Sog‘lom turmush tarzi – har bir oila va har bir oila a’zosining aqliy, ma’naviy, ruhiy va
jismoniy xususiyatlarga ega bo‘lishga harakat qilishi tushuniladi, o‘z turmush darajasini
yuqori pog‘onaga ko‘tarishga harakat qilish va mustahkam oila qurish, sog‘lom farzandni
dunyoga keltirib, uni sog‘lom va baquvvat qilib tarbiyalashni o‘z ichiga oladi, bu hol bu
-
gungi kun oilasi oldiga qo‘yilgan vazifa.
Sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishda yoshlarning qaysi yoshda oilaviy ha
-
yotga qadam qo‘yishlari muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom oila yaratish va uni sog‘lom
shakllantirishning asosiy shartlaridan biri bu er-xotinning biologik va ma’naviy yetuk
yosh da turmush qurishlaridir.
Amaldagi qonunlarimizda nikohdan o‘tuvchilarning eng kichik yoshi yigitlar uchun
18 yosh, qizlar uchun 17 yosh qilib belgilangan. Lekin bu degani shu yoshga kirgan yigit
yoki qiz turmushga chiqishi kerak, degani emas. O‘zbekistonda o‘rtacha birinchi nikohga
kirish yoshi qizlarda 21,5, yigitlarda 24,3 yoshga teng.
Afsuski bugungi kunda qizlarni 16-17 yoshda ham turmush qurayotgan hollari uch
-
rab turibdi. Ushbu holatni yo‘q qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish lozim.
insonning genofond xususiyatlaridan biri – bu sifat tuzilishi. Bugungi kunda davlat
tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy o‘zgarishlar barchasi aholining sifat
ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan. respublika aholisining qariyib 98 foizi oilalarda
istiqomat qilar ekan, bu yerda oilaning sifati haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.
Oilaning sifati haqida gap ketganda oilaning sog‘ligi (ma’naviy, genetik) nazarda
tutiladi. Oilada ushbu oila a’zolarini fiziologiyasi hamda ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli yaxshi
bo‘lsagina uning sog‘ligi yaxshi bo‘ladi.
ikkinchidan, bu oilaning ta’lim va madaniyat darajasi, bugungi kunda sifat haqida
gap ketganda farzandlarga beriladigan ta’lim-tarbiya darajalari juda muhim ahamiyat
kasb etmoqda.
Uchinchidan, bu oilaning katta a’zolarini, ya’ni ota-onaning biror kasb egasi bo‘lishi,
nafaqat oddiy kasb egasi, balki ushbu kasbning mohir ustasi, bozor iqtisodiyoti sharoiti
-
da uning mehnati raqobatbardosh bo‘lishi lozim, uning kasb egasi sifatida mehnat bozori
talabiga javob bera oladigan bo‘lishi kerak. Oilaning sifati farzandlar soniga bog‘liqligini
ko‘radigan bo‘lsak, iqtisodiyotda bir ibora bor: “vaqt – bu pul demakdir”, pedagogikada
ham shunday ibora bor ekan: “vaqt bu tarbiya” degani. Ya’ni qancha ko‘p vaqt tarbiyaga
ajratilsa, shuncha samara katta bo‘ladi.
Oila mustahkam poydevor asosida qurilib, unda sharqona va jahon andozasiga
monand axloqiy va ma’naviy qadriyatlar qaror topsa, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish
-
da yetakchi o‘rinni egallasa, bunday oila ostonasidan vatan, millat, inson kamoloti, yangi
sog‘lom avlod kelajagi boshlanadi. Jamiyat taraqqiyotiga farzandlar kamoli orqaligina
erishiladi. demak, barkamol farzandlarni tarbiyalash har bir davrning dolzarb vazifalari
-
dan biri bo‘lib kelgan va bu masalaga ijodiy yondashuv muhimligicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |