Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
dan foydalanish ko‘pincha bolalar va o‘smirlar psixologiyasiga ta’sir etadi. keyinchalik 
ularning uydan qochishiga, biron ish qilib qo‘yib ota-onasidan qo‘rqqanidan ko‘chalarda 
daydib yurishiga, begona joylarda tunab qolishiga olib keladi. Oqibatda o‘ziga ma’qul 
bo‘lgan oiladan tashqari guruh yoki ko‘cha muhitini qabul qiladi. Bu muhit o‘zining xa
-
rakteriga ko‘ra, bolaga salbiy yoki ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Afsuski, nosog‘lom muhit 
psixologiyasiga ega bo‘lgan ko‘cha muhiti bolalarga ko‘p holatlarda salbiy ta’sir ko‘rsa
-
tadi. Oilaviy tarbiyada bolalarning yosh va individual-psixologik xususiyatlarining ino
-
batga olinmasligi ularning noto‘g‘ri, salbiy yo‘llarga kirib ketishlariga sabab bo‘ladi. Shu 
boisdan ota-onalar farzand tarbiyasida, ular bilan muomala qilishda shaxs va yosh dav
-
ri xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar oilaviy tarbiyaning samarasi yuqori 
bo‘lishini ta’minlagan bo‘lar edi. 
Shuning uchun ota-onalarda bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilim 
va ma’lumotlarning yetishmasligi oilaviy tarbiyada nuqsonlarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. 
Ma’lum bo‘lishicha, oilada “bolalar tarbiyasida qariyalarning ishtirok etmasligi” holati 
ham bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. xalqimizda “qarisi bor uyning – pari
-
si bor” naqli bejiz aytilmagan. qariyalarning birinchidan, deyarli uyda bo‘lishlari bolalar 
bilan doimo muloqotda bo‘lib, ular faoliyatini doimo nazorat qilib turishsa, ikkinchidan, 
ulardagi hayotiy tajribaning ko‘pligi bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. 
kuzatishlarimizga qaraganda, oilalarda ota-ona hamda farzand o‘rtasidagi munosa
-
batlarda ham o‘ziga xos samarasiz usullardan foydalanilayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. 
Jumladan, ota-onalar ba’zan farzandlariga kuchli mehr qo‘yadilar. Ularni asrab avaylab, 
e’zozlaydilar. Aytgan yoki istagan narsalarini muhayyo qilishga intiladilar. Ammo ota-ona
-
larning bolalarga bunday munosabatlari ularda salbiy xislatlarning shakllanishiga olib kel
-
moqda. Ota-onasi tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday munosabat natijasida bolada man
-
manlik, birovlarni mensimaslik, tayyorga-ayyorlik, mehnatning qadriga yetmaslik, sabrsiz
-
lik kabi salbiy xislatlar paydo bo‘lmoqda. Bunday xislatlarga ega bo‘lgan bolalarda o‘zbek 
xalqiga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, oliyjanoblik, o‘zgalarga hurmat, mehnatning qadriga 
yetish xislatlari shakllanmaydi. Ularda maqtanchoqlik, birovlarning ustidan kulish, nochor
-
ligini yuziga solish odatlari ham kuzatiladi. Bunday ruhda tarbiyalangan bolalar muammoli 
vaziyatlarda mustaqil fikr yuritish, muayyan qarorlarga kelish borasida ham qiyinchiliklarga 
uchraydilar. Shuningdek, o‘z tengqurlari bilan kelisha olmasligi, atrof-muhit ta’sirida ko‘pin
-
cha tengdoshlaridan yakkalanib qolishi bilan ajralib turadilar. 
Ota-ona o‘z farzandining kelajagi uchun javobgardir va uning yetuk barkamol inson 
bo‘lib yetishida asosiy rolni bajaradi. Bu jarayonda muhim omil bo‘lib ota-onaning shax
-
si va o‘zaro muloqot jarayonlari inobatga olinadi. O‘z farzandi uchun sevimli, ishonchli 
insonlar sifatida idrok etiladi. Shuning uchun ota-onaning o‘z farzandi bilan hissiy muno
-
sabatni to‘g‘ri o‘rnatib olishi ular o‘rtasidagi munosabatga jiddiy ta’sir etib, obro‘li mavqe
-
ni egallab olishga imkon beradi. kattalarning farzandining nigohida o‘z obro‘sini yarata 
olishi va mustahkamlay olishi (ya’ni bir fikrda turuvchi, aqlli, farosatli, yumshoq ko‘ngilli 
bo‘lishi) dastlabki bosqichdir. Ota-onaning bolaga talabchanlik hissi esa uning yoshi, 
jinsi, individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Lekin ota-ona bo
-
laning shaxsiga o‘ta jiddiylik bilan yondashsa yoki aksincha e’tiborsiz bo‘lsa, ular o‘rtasi
-
da psixologik to‘siq paydo bo‘ladi. Natijada samimiy muloqot o‘rnatib olish qiyinlashadi.
Oilada otaning roli va mavqeyi muhim masalani belgilaydi. Chunki ota shaxs sifati
-
da har qanday yoshdagi farzandlarning ko‘z oldida o‘zini ko‘rsata olishi kerak.
kichik yoshdagi bola oiladagi ota obro‘sini uning egallab turgan mavqeyiga qarab 
belgilaydilar. Bu yerda otaning nafaqat farzandiga, balki butun oilaga ham taalluqli ma
-


117
salalarni hal etishi nazarda tutiladi. O‘smir yoshdagi bolalar esa ota-onasidan tashqari 
o‘qituvchilar va katta yoshdagi qarindoshlarini ham kuzata boshlaydi. Ular bilan teng 
muloqotda bo‘lishga harakat qiladi. Shu paytda o‘smirni qiziqtirgan masala va muammo
-
larni kim tezroq hal qilsa, o‘smir shu inson bilan muloqotga yaxshi kirishadi.
O‘spirin yigit va qizlar o‘zlarining ota va onasini ardoqlay boshlaydi. Ularni samimiy 
hurmat qiladi, xayrixohlik bilan mehribonlik ko‘rsatish orqali munosabatda bo‘ladi. Lekin 
ular o‘zlariga nisbatan ham xuddi shunday munosabatni talab qiladilar.
Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, 
qat’iylik, qadr-qimmat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular shakllana boshlaydi. Turmushdagi sami
-
miy va oqilona munosabat, iliq ruhiy muhit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, ko‘ngil
-
chanlik, iltifot, sabr, uyatchanlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, vijdoniylik, mehnatga mas’uliyat, 
izzat-nafs, tejamkorlik kabi shaxs xislatlari tarkib topadi. Agarda oiladagi turmush munosa
-
batlar qo‘pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo‘lsa, u holda oila a’zolari ruhiy dunyosida 
kekkayish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik, shuhratparastlik illatlari rivojlanishi mumkin.
Shuning uchun ham oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni vujudga keltirish va uni 
mil liy g‘oya ruhida mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik masaladir. Negaki, ijtimoiy 
hayotda yuz beradigan o‘zgarishlar, undagi yutuq va kamchiliklar, salbiy oqibatlar, murak-
kab liklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Oila – jamiyat negizi, har bir insonda ilk 
yosh ligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qad ri-
yatlar takomil topadigan, huquqiy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘z bek 
oilasi o‘zida ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarilarimiz ravnaq topadigan shun day 
maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridandir.
Bunday xususiyatlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
− 10-12 yoshli o‘smirda o‘zini qurshab turgan ijtimoiy voqelikda nima yaxshi, nima 
yomonligi to‘g‘risida tushunchalar shakllana boshlaydi. U bunday tushunchalar to‘g‘ri
-
sida eng avvalo, yaqin qarindoshlari, badiiy va o‘quv adabiyotlari, televideniya hamda 
bevosita kundalik hayotda duch keladigan voqea-hodisalar orqali tasavvur hosil qiladi
− 14-16 yoshli o‘smirda o‘z xatti-harakatining muayyan mezonlarga mos yoki zidligi 
to‘g‘risida mustaqil baholash qobiliyati shakllana boshlaydi. Bunda u ichki ishonchiga 
tayanish orqali muayyan qarorlarni qabul qiladi hamda o‘zining shaxsiy qarashlariga ega 
bo‘ladi. U shu orqali yon-atrofda o‘zining ham fikrlari va do‘stlarini topa boshlaydi; 
− 18 yoshga kelib fikrlash va ishonch samarasi o‘laroq shaxslarda dunyoqarash 
shakllanadi. Aynan ushbu yoshda shakllangan qarashlar tizimi, tabiat va jamiyatga nis
-
batan munosabati shaxsning keyingi hayotidagi yo‘lini belgilab beradi.
Shakllanib bo‘lgan dunyoqarash keyingi o‘zgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qiladi. 
Oddiyroq qilib aytganda, dunyoqarashni o‘zgartirish ishonch yoki fikrlashni o‘zgartirish
-
dan ancha qiyinroq kechadi.
Oila bu – rivojlanib, o‘sib kelayotgan yosh shaxsning mukammal kamol topishining 
asosiy instituti hisoblanadi. Agar razm solib ko‘riladigan bo‘lsa, hech qaysi davlat organi 
yoki ta’lim muassasi o‘sib kelayotgan shaxsni oilasi kabi uni komil inson sifatida shakl-
lantira olmaydi. Ota-onaning yo‘qligi yoki oiladagi kelishmovchiliklar shaxsning rivojla
-
nishiga doimo salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Oila qurishning asosiy maqsadi sog‘lom farzand ko‘rish, uni har tomonlama tarbiya
-
lab, yetuk inson qilib voyaga yetkazish va sog‘lom naslni davom ettirishdir. Ajdodlarimiz 
o‘g‘il uylantirib, qiz chiqarmoqchi bo‘lsalar, bo‘lg‘usi qudalarining yetti pushtini surish
-
tirib, har taraflama sog‘lom oilalar bilan qarindoshchilik rishtalarini bog‘lashga harakat 
qilganlar. Bu bilan ular kelajakdagi yetti avlodini jismonan, ham ma’nan salomatligini 
ta’minlashgan. 


118

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish