113
lomatlik asoslarini yosh psixologiyasini nazarda tutgan holda go‘daklik davri, “bog‘cha
bola” davridanoq asta-sekin shakllantirib borish lozimligi ayon. Shu bilan reproduktiv
salomatlik bo‘yicha bilimlar majmuasi ta’lim jarayonining barcha davrlarida saqlanib
qolishi, uning davomiyligi va izchilligini ta’minlashi zarurligi fuqarolar salomatligini saq
-
lashning
muhim talablaridan biridir;
– qizlarni mahalla tizimi orqali reproduktiv salomatlik asosidagi tafakkurlarini
shakl lantirishda metodik va uslubiy qo‘llanmalarning taqchilligi sezilarlidir. Shu bilan
birga “o‘zgalarning insoniy huquqlarini” hurmat qilish asosida ishlab chiqilgan “qayno
-
na-kelin” munosabatlari bo‘yicha yangicha qarash bo‘yicha nizomlarni ishlab chiqish
ham davrimizning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib
qolmoqda;
– genetika va irsiy xususiyatlarning avlodlarga o‘tishi borasidagi so‘nggi ilmiy tas
-
diqlangan eng zamonaviy qarashlar shuni isbotladiki, inson intellekti, avlodning ne
-
chog‘li “aqlli va dono” bo‘lishi ayol kishining maxsus genlariga, ayolning tafakkuri va
bilim darajasiga bevosita bog‘liq holat ekan. demak, biz millat genofondini va uning
intellektuallik darajasini oshirmoqchi bo‘lsak, ayollar intellektual darajasi bilan bevosi
-
ta shug‘ullanishimiz va uni moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ta’minlashga qaratilgan milliy
dasturlar asosida ish olib borishimiz lozimdir. intellektning shakllanishi esa organizm
-
dagi forfor va oqsil moddalarining yetarli bo‘lishiga bog‘liqdir. Shu bois, millat intellek
-
tual takomilini ta’minlash ayollar organizmining yetarli darajada maxsus ovqatlanish
tizimini saqlash bilan aloqador voqelikdir.
Mahallada qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlash jarayonlari
sog‘lom turmush tarzini funksional qilishning o‘ziga xos jismoniy, tibbiy va fiziologik
infratuzilmalarining mavjudligiga bog‘liq. qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga
tayyorlash jarayonlari o‘zining mazmun, shakl va uslub jihatidan murakkab pedagogik
jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Mahallaning qizlarni sog‘lom turmush tarzi asosida oila
-
ga tayyorlash jarayonlariga tortilishi ta’lim-tarbiya maqsadlarining izchilligi, davomiyligi
va asosli ekanligini oshiradi.
Mahalla tizimining zamonaviy ta’lim-tarbiya
jarayonlariga, xususan, qizlarni
sog‘lom turmush tarzi asosida oilaga tayyorlash, ularning sog‘lom diniy e’tiqodlarini
shakllantirish, reproduktiv salomatlik bo‘yicha pedagogik tarbiya faoliyatiga jalb etilishi
dolzarb bo‘lib, mahalla tizimida juda katta pedagogik potensial yashiringandir. Ana shu
potensialni amaliyotga joriy etish, rivojlantirish va takomillashtirish bugunning dolzarb
vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: