107
lab o‘tish g‘oyat muhimdir, chunki o‘yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsi
-
ning kamol topib borishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin
xulq-atvorning irodaviy
tomonlarini rivojlantirishga yordam berib, emotsional tajribani boyitadi, ongni o‘stiradi,
muayyan qoidalarga bo‘ysunishga odatlantiradi. Psixopat bolaning maktabgacha tar
-
biya yoshida o‘yin faoliyatiga qo‘shilmay qolishi uning xarakteri va shaxsining yanada
ko‘proq kamol topolmay qolishiga olib keladi, bu esa maktabga o‘tish vaqtida, ayniqsa,
keskin salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Organik psixopatiya bo‘lganida maktab yoshi boshlangan paytda bolalarda shaxs
rivojlanishi normal jarayoni buzilishi aniq ko‘rinadi. Ularda vaziyatga ichki munosabat
vujudga kelmaydi. Shu sababli ular kattalarga, jumladan, o‘qituvchiga to‘g‘ri samimiy
munosabatda bo‘lmay bolalar jamoasida o‘zlarini to‘g‘ri tuta olmaydilar. O‘z xatti-ha
-
rakatlari va ish amallarini yetarli darajada anglab yetmaydilar. Bunday bolalarda emo-
tsiyalar yuzaki bo‘ladi, shu sababli ular o‘rtoqlari bilan do‘stlashmay, biror kishiga uzoq
vaqt davomida mehr qo‘yib turolmaydilar. Bu yoshda jizzakilik, jahldorlik singari xu
-
susiyatlar saqlanib qolsa-da, ammo ular endi yetakchi xususiyat bo‘lmay qoladi. O‘z
ko‘rinishini talab qilingan ishni emas, balki faqat ko‘ngli istagan ishni qilish ishtiyoqi
namoyon bo‘ladi, bu narsa ko‘pincha bolaning tevarak-atrofdagilar bilan janjallashi-
shiga,
maktabdan, uydan qochib ketishiga olib keladi. O‘z xatti-harakatlariga tanqi
-
diy qarashning yo‘qligi, vaziyatni to‘la anglab yetmaslik, haddan tashqari ta’sirchanlik
hamda o‘zining ortiqcha intilishlarini qondirish istagi ba’zan bunday bolalarning ijtimoiy
xulq-atvoriga qarshi xatti-harakatlari bilan yakun topadi.
Organik psixopatiyali bolalarda intellekt buzilmagan, tafakkur, xotira, ko‘rish qobi
-
liyati va makonni idrok etish, nutq yetarli darajada o‘sgan bo‘ladi. Ammo ularni o‘qiti sh-
dagi unumdorlik yetarli darajada yuksak bo‘lmaydi, chunki ular topshiriqni bajarishga
oldindan yetarlicha o‘ylab ko‘rmasdan turib, unga e’tiborlarini to‘plamaydilar. Topshi
-
riqning ayrim elementlarini esda saqlab qololmay to‘siqlarni yengib o‘ta olmaydilar.
Bu komponentlarning hammasi, ya’ni intellektual faoliyat buzilgani holda intellektning
saqlanib qolishi, emotsional-irodaviy sohaning murakkabroq shakllari yetarli darajada
o‘smagani, elementar emotsional tuyg‘ularning saqlanib qolishi organik psixopatiyali
bolaning kamol topib borishidagi nuqson tuzilishining o‘ziga xos tomonini belgilaydi.
Organik psixopatiyada bolaning xulq-atvoridagi hamma xususiyatlar uning shaxsiyati
yadrosining buzilishidan kelib chiqadi.
Nuqsonning namoyon bo‘lish darajasi turlichadir, ammo uning tuzilmasi hamisha
bir xil bo‘lib qoladi. Bunday bolalar bilan ishlashda dastlabki ta’lim jarayonini to‘g‘ri
tashkil etishga alohida e’tibor berish zarur. Garchi bolalar o‘qish, yozish va hisoblashni
o‘zlashtirishda qiynalmasalar ham bu ishga yaxshi kirisholmaydilar. Boshlagan ishlarini
oxirigacha yetkazmay ishni pala-partish, xunuk bajaradilar. demak, organik psixopati
-
yali bolalarni o‘qitishdagi eng muhim narsa ularni topshiriqlarni puxta bajarishga qunt
bilan o‘rgatishdir, avval osonroq topshiriqlar berib, keyin ularni asta-sekin murakkab
-
lashtirib borish lozim. Bilimlarda kamchiliklar vujudga kelishi imkoniyatining oldini olish
g‘oyat muhimdir, chunki ta’lim-tarbiyadagi beparvolik bunday bolalar bilan ishni davom
ettirishni juda qiyinlashtirib yuboradi. Ularda intellektual qiziqishlarni tarbiyalash katta
ahamiyatga ega. Bu narsa o‘quv ishining samaradorligini oshiradi va mavjud ortiqcha
qiziqishlar yo‘lini to‘sishga yordam beradi. Bu guruhdagi
psixopat bolalarga tarbiya
berish sohasidagi tadbirlar ularning o‘z xatti-harakatini tahlil qila olishga va to‘g‘ri baho
berishga qaratilgan ish turlarini o‘z ichiga olishi kerak. Bu bolalarning o‘z xulq-atvorini
yetarli darajada boshqara olmasliklarini, beqaror, ta’sirchan ekanliklarini hamda sal
-