110
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
sida”gi qarorlari, “Oiv/OiTS epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurash strategik dasturi”
va nihoyat O‘zbekiston respublikasi Prezidentining “Sog‘lom ona va bola yili” davlat
dasturi to‘g‘risida”gi qarori kabi ko‘plab hujjatlar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
reproduktiv salomatlik tushunchasi o‘z mazmunida quyidagi tamoyillarga asos
-
lanadi:
– oilani son jihatdan shakllantirishda ayollarning faol qatnashuvi va oilada bolalar
soni bo‘yicha qarorlar qabul qilishida ayol kishi xohish va irodasini namoyon etishini
kuchaytirish;
– tug‘ruqlar oralig‘idagi
vaqtni uzaytirish;
– erta turmushga chiqish, homilador bo‘lish va yaqin qarindoshlar oralig‘idagi ni
-
kohlarning oldini olish;
– istalmagan homiladorlikning oldini olish va preventiv choralarni qo‘llashni
ko‘paytirish;
– fertil yoshdagi ayollar salomatligini mustahkamlash va profilaktika qilish;
– qizlarni jismoniy, ruhiy, psixologik va ma’naviy
jihatdan onalikka tayyorlash;
– homiladorlik jarayoni xususiyatlari va embrion o‘sishi bo‘yicha maxsus bilimlarni
keng targ‘ib va tashviq etish;
– yosh otalar bilan reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti bo‘yi
-
cha ishlash;
– homiladorlik yoshi va tug‘ish davridagi ayollar salomatligi bo‘yicha tibbiy хodim
-
lar mas’uliyatini oshirish;
– xotin-qizlar o‘rtasidagi kamqonlikning oldini olish;
– xotin-qizlar o‘rtasida temir moddasi yetishmovchiligi, yod tanqisligi, sil, kamqonlik,
narkomaniya, OiTS va boshqa kasalliklarning oldini olish bo‘yicha
tadbirlar olib borish;
– ona va bola salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tizimlarni shakllanti
-
rish va rivojlantirish, tibbiy-ma’naviy bilimlarni keng ommaga targ‘ib etish;
– onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini keskin kamaytirishga erishish;
– ona suti bolaning immunitetini mustahkamlovchi ozuqa ekanligi bo‘yicha bilim
-
larni keng tarqatish;
– jinsiy tarbiya bo‘yicha maxsus bilimlarni qizlarga to‘g‘ri
tushuntirish;
– aholi tibbiy madaniyatini oshirish;
– tug‘ruq muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi masalasi barcha davlatlar va hukumatlar
diqqat-markazida turadigan muammolardan biridir. dunyo miqyosida ko‘rilayotgan
choralarga qaramasdan onalar va bolalar, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash
bo‘yicha o‘ziga yarasha muammolar ham mavjud. Ular ichida onalar o‘limi
daraja
-
siga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar borasida maqsadli tadqiqotlar olib borish,
kamqonlikning oldini olish choralari, homiladorlik parvarishi bo‘yicha mahalliy tafak
-
kurni o‘zgartirish, homiladorlarga nisbatan mehrli munosabatni shakllantirish, mazkur
masalalarga erkaklarni jalb etish, erkaklar tafakkuri va bilimlarini reproduktiv salomat
-
lik asoslari bo‘yicha oshirish, anemiya, sil kasalligi, shuningdek, yod tanqisligi va te
-
mir moddasi yetishmasligi oqibatlari to‘g‘risidagi tibbiy axborotlarni keng tarqatish va
reproduktiv kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rishdan iboratdir.
xotin-qizlar qo‘mitalari qoshidagi “Ayol, salomatlik va ekologiya” uyushmasi,
“reproduktiv salomatlik” markazi, “Salomatlik” va “Oila” markazlari faoliyati maqsadli
tarzda qizlar reproduktiv salomatligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
111
Bu borada maxsus plakat va uslubiy qo‘llanmalarning ishlanishi va nashr qilinishi,
yoshlar mentaliteti va psixologiyasiga mos turli noan’anaviy tadbirlarning tashkil qilini-
shi, yoshlar diqqatini jalb etishning zamonaviy yangi uslub va metodlarining ishlanishi
va boyitilishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
“kamqonlikning inson salomatligi va zurriyotga ta’siri”, “endemik bo‘qoqning oldi
-
ni olish”, “Bolalarni profilaktik emlashning ahamiyati haqida”, “virusli gepatit va uning
oqibatlari”, “OiTS kasalligi, undan saqlanish”, “Gripp kasalligining oldini olish”, “Nikoh
-
dagi salomatlik mezonlari”, “erta nikohning zarari”, “qarindoshlar orasidagi nikohning
zarari va oqibatlari”, “reproduktiv salomatlik nima?” kabi mavzularda suhbatlar, uch
-
rashuvlar, ibratli oilalar namoyishlari, ko‘rik-tanlovlar, seminar va o‘quvlar, bilimdonlar
musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, viktorina va festivallarning uyushtirilishi
targ‘ibot-tashviqot ishlarining samarali kechishiga olib keladi.
Yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida umumta’lim
maktablari va
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida Sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi vazirlikla
-
rining qo‘shma buyruq va nizomlari asosida, kelishilgan holda, pediatr va biriktirilgan
hudud akusher-ginekologi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan har bir o‘quv yili uchun 16
soatdan 32 soatgacha mo‘ljallangan “Sog‘lom turmush tarzi asoslari va oila”, “repro
-
duktiv salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish” maxsus kurslarni o‘qitish hamda joriy
etilishi bu boradagi ijobiy qadamlardan bo‘ldi.
reproduktiv salomatlik masalalariga Sog‘liqni saqlash boshqarmalari tizimla
-
ri orqali turli xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari moddiy zahiralarini jalb etish uning
amaliyotini mablag‘ bilan ta’minlanishini osonlashtiradi. Masalan, “Gedeon rixter”
vengriya farmatsevtik kompaniyasining O‘zbekiston respublikasidagi vakolatxonasi
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish dasturi doirasida akusher-ginekologlar uchun
“reproduktiv salomatlik maktablar”ni tashkil qildi. Homilador va tug‘ish yoshidagi ayol
-
larga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 1-shahar pediatriya markazi qoshida
Germaniya ekspertlar xizmati tomonidan maxsus seminarlar tashkil qilindi.
Aholi o‘rtasida salomatlik va sog‘lom oilani shakllantirish, reproduktiv salomatlik
asoslarini targ‘ib-tashviq etish bo‘yicha teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar maxsus ish
-
laydigan ijodiy guruhlar tomonidan olib borilishi so‘nggi yillarda joriy etildi.
Hozirgi ehtiyoj va vaziyatdan kelib chiqqan holda sog‘liqni saqlash boshqarmala
-
ri tomonidan reproduktiv salomatlik muhofazasini tashkillashtirish va takomillashtirish
borasida quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yildi:
– pediatriya, bolalar kasalliklari, bolalar xirurgiyasi, kardiorevmotologiya, bolalar
reanimatsiyasi, stomotologiyasi, yuqumli kasalliklar va bolalar endokrinologiyasi bo‘yi
-
cha maxsus metodik ko‘rsatmalar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlarni keng
ishlab chiqish, nashr etish, tibbiyot
xodimlari va aholiga tarqatish;
– reproduktiv salomatlikning besh yo‘nalishi bo‘yicha maxsus pedagog-trenerlarni
tayyorlash, ularga sertifikatlar berish va faoliyatlarini keng rivojlantirish (OiTS, teri-ta
-
nosil kasalliklari, narkologiya, sil v.b.);
– mahallalardagi diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha masla
-
hatchilar va xotin-qizlar qo‘mitalari hodimlarini reproduktiv salomatlik asoslari bo‘yicha
o‘qitish, qayta o‘qitish va malakalarini oshirish ishlarini joriy etish;
– reproduktiv salomatlikni ta’minlash va uning asoslari bo‘yicha bilimlarni tarqa
-
tish, mahallalarda markazlar tashkil etish, ular faoliyatini mutaxassis kadrlar va max
-
sus adabiyotlar bilan ta’minlash, mahalla reproduktiv salomatlik markazlari faoliyatla
-
rini
ommaviylashtirish;