Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Ключевые слова. 
Экскурсия, виртуальная экскурсия, объекты экскурсии, духовно-
просветительская деятельность, инновация, форма, результат.
The article shows that, alongside with preparation to enlightenment activities, virtual ex-
cursion helps the future teacher to get acquainted with the main professional notions and pro-
cesses, as well as influences upon shaping skills for professional activity.
Key words. 
excursion, virtual excursion, objects to excursions, spiritual-educational ac
-
tivity, innovation, form, result.
Utkir UTANOV,
Samarqand Davlat universiteti katta o‘qituvchisi 
TALABALArNi MA’NAviY-MA’riFiY
FAOLiYATGA TAYYOrLASHdA virTUAL 
ekSkUrSiYALArNiNG AHAMiYATi


120
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
avlodni ma’naviy yetuk, fidoiy komil insonlar etib tarbiyalash hozirgi kundagi eng dol
-
zarb muammolardan hisoblanadi”.
1
Talabalarning ma’naviy salohiyati samaradorligini oshirish uchun uzluksiz ta’lim 
tizimining barcha bo‘g‘inlari, shuningdek, ijtimoiy tashkilotlar, oila, mahalla va jamoat 
tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatish muhim ahamiyatga ega. Zero, shaxsda 
ilmiy tadqiqot madaniyati ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Binoba
-
rin, shaxsning ilm-fanga bo‘lgan munosabati jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas 
bog‘liqdir.
kadrlar tayyorlash milliy dasturida “Zamonaviy axborot texnologiyalari, komp
-
yuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan 
ta’minlash rivojlanib boradi”,
 

 
deb alohida ta’kidlab o‘tilgan. Mazkur dastur qabul 
qilingan vaqtdan buyon o‘tgan davr ichida mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida, shu 
jumladan, Samarqand davlat universitetida elektron ta’limiy dasturlar bilan birga, 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga doir kompyuterli muloqot dasturlari yara
-
tildi. endigi vazifa , talabalarning kompyuterli muloqot dasturlaridan samarali foyda
-
lanishini yo‘lga qo‘yishdir. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi kompyuterli 
muloqot dasturlaridan foydalanishga qiziqishlarini rivojlantirishning muhim shakli – 
virtual ekskursiyadir.
virtual ekskursiya xilma-xil axborot manbalaridan foydalangan holda talabalarni 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarini loyihalashtirish, faoliyatga tayyorlash jarayonida ularning 
o‘zaro birgalikdagi harakatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik vositani o‘zida 
aks ettiradi.
An’anaviy ekskursiyalardan farqli ravishda virtual ekskursiyalar axborot tex
-
nologiyalaridan foydalangan holda maxsus jihozlangan o‘quv xonalarida o‘tkazila
-
di. Mazmuniga ko‘ra virtual ekskursiyalar ma’naviy-ma’rifiy ishlar mavzusiga mos 
ravish da tashkil etiladi, shuning uchun talabalarning ma’naviy dunyoqarashini bo
-
yitish va kengaytirishga xizmat qiladi. Masalan, virtual ekskursiyalar Samarqand 
davlat universiteti talabalari bilan auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida 
“Samarqand ma’naviyat o‘choqlari” mavzusida tashkil etildi. Mazkur jarayonda har 
bir talabaning alohida qadamjolar haqida ma’lumotlarni o‘rganishlari vazifa sifatida 
belgilandi. virtual ekskursiyani tashkil etishga doir mashg‘ulot bir nechta bosqichda 
amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda talabalar bilan hamkorlikda ularning qiziqishlarini hisobga 
olgan holda ekskursiyaning maqsadi aniqlandi va obyektlari belgilab olindi. Ushbu 
ekskursiyaning maqsadi sifatida Samarqand shahrida joylashgan qadamjolar, ular
-
dagi moddiy va ma’naviy qadriyatlar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganish 
asosida talabalarning dunyoqarashini kengaytirish belgilab olindi.
ikkinchi bosqichda maxsus ishlab chiqilgan elektron xarita asosida talabalar 
mustaqil ravishda obyektlar to‘g‘risidagi axborotlarni izlashdi, ularni o‘rganib, tahlil 
etish asosida ma’naviyat o‘choqlari haqidagi tayyorlanadigan ma’ruzaning rejasini 
tuzishdi. So‘ngra ko‘rgazmali materiallar asosida taqdimot yaratishdi. Talabalar ki
-
chik guruhlarga bo‘lingan holda har biri o‘zi tayyorlagan ma’ruzaga tuzatish va o‘z
-
gartirishlar kiritish maqsadida sinov tariqasidagi taqdimotlarni o‘tkazishdi. So‘ngra 
1
Tulenov J. qadriyatlar falsafasi. – T.: O‘zbekiston, 1998. 6-b.


121
umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan taklif etilgan o‘quvchi-ekskursantlar bilan birga ta
-
labalar virtual ekskursiyani amalga oshirishdi. ekskursiyaga jalb etilgan o‘quvchilar 
tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.
Natijada talabalar tomonidan ekskursiya obyektlari quyidagi tarzda guruhlash
-
tirildi:
1. Madrasalar: Ulug‘bek madrasasi, Yalangto‘sh Bahodir madrasasi, Tilla kori 
madrasasi, Sherdor madrasasi va boshqalar.
2. Maqbaralar: Go‘ri Amir maqbarasi, imom Motrudiy maqbarasi, Mahdumi A’zam 
maqbarasi, imom ismoil al-Buxoriy maqbarasi, yodgorlik majmuasi va boshqalar.
3. Masjidlar: Bibixonim, Hazrati xizr, xoja Ahror valiy, xoja Abdu darun, xoja 
Abdu berun va boshqalar.
4. qabristonlar: Shohi Zinda, Chokardiza, Panjob, Murod avliyo va boshqalar.
5. qadamjolar: Amir Temur qadamjosi, Mirzo Ulug‘bek qadamjosi, Alisher Navo
-
iy qadamjosi, xotira maydoni, Mahmudxo‘ja Behbudiy qadamjosi.
6. Muzeylar: Afrosiyob muzey-qo‘riqxonasi, Afrosiyob tarixi muzeyi, O‘zbekis
-
ton tarixi muzeyi, O‘lkashunoslik muzeyi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi, 
SamdU qoshidagi Alisher Navoiy muzeyi, SamdU ilmiy kutubxonasi qoshidagi eski 
qo‘lyozmalar bo‘limi, SamdU qoshidagi geologiya muzeyi, SamdU zoologiya mu
-
zeyi, SamdU arxeologiya muzeyi, Sadriddin Ayniy uy muzeyi, Saidrizo Alizoda uy 
muzeyi va bosh qalar.
7. Teatrlar: Hamid Olimjon nomidagi teatr, A.Chexov nomidagi teatr, Asror Jo‘ra
-
yev nomli qo‘g‘irchoq teatri, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘idagi amfiteatr. 
8. konsert zallar: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan Samarqand san’at kol
-
leji qoshidagi yangi konsert zali, kamolot YoiH markazi qoshidagi konsert zali.
9. Bog‘lar: Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i, So‘g‘diyona istirohat bog‘i, 
Yoshlar istirohat bog‘i.
10. Axborot resurs markaz (kutubxona)lari: viloyat axborot resurs markazi, Sam
-
dUning Abdurahmon Jomiy nomidagi axborot resurs markazi, SamdU (pedagogika 
va fizika fakultetlari) axborot resurs markazlari, Samarqand Chet tillar instituti axbo
-
rot resurs markazi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti axborot resurs markazi, Sa
-
marqand qurilish va arxitektura instituti axborot resurs markazi, Samarqand tibbiyot 
instituti axborot resurs markazi, TATU Samarqand filiali axborot resurs markazi, Sa
-
marqand viloyat xTxqTMOi axborot resurs markazi, Abu rayhon Beruniy nomidagi 
viloyat bolalar axborot resurs markazi va boshqalar.
11. Ustaxonalar: Samarqand shahri Toshkent ko‘chasidagi hunarmandlar mar
-
kazi (sobiq “Usto birlashmasi”), Siyob bozorida joylashgan “Temirchilik” ustaxonasi. 
(dunyoga dong‘i ketgan mashhur kulolchilik, pichoqchilik, ganchkorlik ustalarining 
ustaxonalari.)
12. Markazlar: Samarqand yoshlar markazi, Mashhura o‘quv markazi, Sa
-
marqand hunarmandlar markazi (sobiq “Usto birlashmasi”).
Yakuniy bosqichda guruh murabbiyi tomonidan taqdim etilgan mezonlar asosida 
talabalarning taqdimotlari muhokama etildi va baholandi. 
virtual ekskursiya axborotlarni tahlil etish, umumlashtirish va baholash hamda 
zamonaviy texnologiyalar vositasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga doir malakalarni 
tarkib toptirish imkoniyatini yuzaga keltirdi. virtual ekskursiyaga tayyorlanish ijodiy 


122

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish