masofaviy malaka oshirish konsaltin
tu shunchasini
jarayon subyektlariga masofaviy malaka oshirishni joriy etishning
tash kiliy-pedagogik bosqichlari mazmuni bilan bog‘liq yangi qarorlar qabul qilish
masalalarida maslahat va tavsiyalar berishni ko‘zda tutuvchi faoliyat, deb qarash
mumkin.
Shu bilan birga masofaviy malaka oshirish konsalting xizmatining asosiy vazifasi
masofaviy o‘qitish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-ijtimoiy innovatsiyalarning xu
-
susiyatlaridan kelib chiqib, undan foydalanishda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni bartaraf etishdagi mavjud tartib, me’yor va tahlillarga asoslan
-
gan intellektual faoliyat sifatida talqin qilish maqsadga muvofiq.
Olib borgan tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, masofaviy malaka oshirishni
joriy etishda konsalting ayrim muhim jihatlarga ega bo‘lgan ikkita tipik shaklda, ya’ni
tashkiliy hamda pedagogik faoliyat konsaltingi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Masofaviy malaka oshirish
tashkiliy faoliyat konsaltingi
– bu tizimning (yoki
tizimosti tizimlarning) kompleks o‘rganish asnosida uni korreksiyalash, moder ni zat-
siyalash yoki yangilash muammosini hal qilishga qaratilgan faoliyatlar majmui hi-
soblanadi. Uning muvaffaqiyati ushbu muammolardan birini maqsad sifatida tanlani-
shiga bog‘liq.
Agar maqsad korreksiyalash muammosiga qaratilgan bo‘lsa, monitoring jara-
yonida ichki va tashqi omillarga e’tibor qaratilib, jarayonga oid ma’lumotlar tahlil qi
-
linadi va xatoliklar tuzatiladi. Bu faoliyatni amalda mavjud bo‘lgan “metodik xizmat”
tushun chasi orqali ifodalash mumkin. Metodik xizmat masofaviy malaka oshirish kon
-
saltingini ratsionallashtirish xususiyatini yuzaga keltiradi, ya’ni bunda masofaviy mala
-
ka oshi ri sh ni joriy etishdagi tashkiliy davrlarni o‘zaro bog‘lash, tartibga solishni nazar
-
da tutuvchi tamoyillarni amalga oshirishda tashkilotchilar va ishtirokchilar ishini to‘g‘ri
tashkil qilish, kompetentini oshirish yoki to‘ldirish ko‘zda tutiladi.
Metodik xizmat masofaviy malaka oshirish jarayonida ta’lim sifatini ta’minlash
maqsadida ishtirokchilarning ijtimoiy va kasbiy ehtiyojlariga mos bo‘lgan, me’yoriy ta
-
lablar, tahlillar asosida tashqi metodik yordam berishni amalga oshiradi va u quyidagi
funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
–
masofaviy malaka oshirish jarayonini tartibli tashkil etishga ko‘maklashish, ish
-
tirokchilarni elektron muhitdan foydalanish va muammoni hal etish yuzasidan tegishli
axborot bilan ta’minlash;
–
masofaviy malaka oshirishni tashkil qilish bilan bog‘liq eng ilg‘or tajribalar,
me’yoriy, o‘quv va metodik hujjatlar, ilmiy-metodik adabiyotlar, ishlanmalar va boshqa
ommalashtirishga tavsiya etilgan metodik faoliyatlarni jamlash va tizimlashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |