82
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
tuvchi va xaridorlarga tashkiliy, texnikaviy, moliyaviy, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas
-
lahatlar, tavsiyalar
berishdan iborat faoliyati, deb sharhlangan.
Shuningdek, konsultatsiya so‘zi lotincha “consultatio” – maslahat so‘zidan kelib
chiqqanligi hamda
– mutaxassisning yoki bilimdon, olim kishining biror masala bo‘yicha
maslahati;
– o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga beradigan yordami, yor
-
dam berish mashg‘uloti;
– mutaxassislar maslahati orqali aholiga yordam ko‘rsatuvchi muassasa ma’no-
larini anglatishi bayon etiladi.
Maslahatchi (konsultant)lar ishi jarayonni ko‘rish, uning barcha tafsilotlariga e’tibor
berish, iqtisodiy boshqaruv va moliyaviy tizimni maqbullashtirishga hissa qo‘shishdan
iborat. ishning samaradorligi ko‘p hollarda tashkilot xodimlarining qo‘yilgan maqsadni
amalga oshirish va o‘zgarishlarni joriy etishda konsultantlar bilan ishlash tayyorgarli
-
giga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida yuqori natijalarga erishgan davlatlarda konsalting
-
ning bevosita ta’lim jarayonidagi in’ikosi sifatida pedagogik konsaltingdan foydalanil
-
moqda. Pedagogik konsalting – rivojlanayotgan o‘quv jarayonida ta’lim ko‘magi bilan
bog‘liq maslahat tuzilmasi, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini mus
-
taqil baholash imkonini beruvchi faoliyat hisoblanadi.
Pedagogik konsalting ko‘lamining kengligi nuqtayi nazaridan unga ikkita: umumiy
va xususiy holda qarash mumkin.
Umumiy holda milliy pedagogikada pedagogik konsaltingga bo‘lgan zaruratni
O‘zbekiston respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga
chiqarish
bosqichlari uchun belgilangan vazifalar orqali izohlash mumkin. Jumladan, dasturning
uchinchi bosqichiga (2005 va undan keyingi yillar) belgilangan quyidagi vazifalarni sa
-
marali amalga oshirishda pedagogik konsalting xizmati xususiyatlari alohida ahamiyat
kasb etadi.
–
to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimo
-
iy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashti
-
rish va yanada rivojlantirish;
–
ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustah-
kamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik tex
-
nologiyalar bilan to‘liq ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: