Key words.
Civil society, democratic reforms, legal culture, legal education, legal know
-
ledge, legal education.
Mahbuba HAMIDOVA,
yuridik fanlari nomzodi, dotsent
FUqArOLik JAMiYATiNi SHAkLLANTiriSHdA
HUqUqiY TA’LiM vA TArBiYANiNG O‘rNi
O‘
zbekiston xalqi intilayotgan fuqarolik jamiyati demokratik islohotlar zami
-
nida takomillashib bormoqda. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy munosabatlar
yuksak ma’naviy zaminga, fuqarolarning siyosiy-huquqiy faolligiga, china
-
kam huquqiy madaniyatiga, shu bilan birga umuminsoniy qadriyatlarga, inson huquqlari
ustuvorligiga asoslanadi.
Fuqarolik jamiyatining huquqiy madaniyati demokratik va adolatli qonunlar tizi
-
mi mavjudligiga, barchaning qonun oldida tengligiga, ijtimoiy munosabatalarda inson
huquqlarini himoya qilinganligi darajasi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida inson huquq
-
larini himoya qilishda, qonun ustuvorligini ta’minlashda zamonaviy xalqaro standartlar
talablari javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
davlatimiz rahbari islom karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da “...bugungi siyo
-
siy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifat
-
ni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli
keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga
73
oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo‘lishi, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi”, deb
qayd etgan edi
1
.
Jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bevosita davlatimizda yuridik
ta’limning ahvoli, rivojlanish darajasi, sifatiga bog‘liq bo‘lib, bu xol ushbu sohadagi mu
-
ammolarni tadqiq etish va unga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi
2
.
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy
madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da “Fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tar
-
biyasini takomillashtirish”, deb nomlangan alohida bo‘limning mavjudligi huquqiy ma
-
daniyatni shakllantirishda yuridik ta’limga katta ahamiyat berilayotganligidan dalolatdir.
dasturda, huquqiy ta’limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda zarur bo‘ladigan
huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo‘lmagan hajmda olish imko
-
niyatini berishdan iboratdir, deyilgan
3
.
Milliy dasturda ta’kidlanishicha, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab
berib boriladi. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan
xabardor bo‘ladi, ma’naviy hamda ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tu-
shunchalar oladi, kelgusidagi ta’lim mobaynida mazkur bilimlar kengaytiriladi, aniq ifo
-
dalangan huquqiy mazmun va xususiyat ortib boradi. O‘tgan davr ichida yuridik ta’lim
qonun va xalqaro e’tirof etilgan inson huquqlariga oid normalar va prinsiplarning ustunli
-
gidan kelib chiqadigan muntazamlik va ilmiylik, O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi
va qonunlariga asoslangan.
Ta’limning milliy xususiyati, o‘tmish davlatchiligimizning ilg‘or tarixiy huquqiy an’-
analariga hamda hozirgi o‘zbek davlatchiligi va huquqni rivojlantirish tajribalariga taya
-
nib, jahon yuridik ta’limi, huquqshunoslikning ilg‘or tajribasiga yo‘l ochib, yuridik ta’lim
bilan mutaxassis – yurist faoliyatida huquqiy, ahloqiy, fuqarolik va vatanparvarlik tarbiya
-
sining uzviyligi, yuridik ta’lim barcha sohalarning yaxlitligi, uzluksizligi va o‘zaro bog‘liq
-
ligi hamda yuridik ta’lim sohasidagi xalqaro standartlarga rioya qilish tamoyillari asosida
shakllantirildi.
Shu bilan birga aholi huquqiy madaniyatini oshirish borasida davlat tuzilmalari va
jamoat birlashmalarining keng hamkorligini ta’minlash, ushbu faoliyatni muvofiqlashti
-
rish, kechiktirib bo‘lmaydigan istiqboldagi vazifalarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston respublikasi Adliya vazirligi va yuristlar jamoat birlashmala
-
ri faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bo‘lib qolishiga erishish, huquqiy tarbiya va
ta’limning faqat ta’lim-tarbiya muassasalari tomonidangina emas, balki huquqni muho
-
faza qiluvchi organlar, davlat organlarining va korxonalarning hamda mahalliy davlat
organlari yuridik xizmatlari xodimlari ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning maktabgacha tarbiya muassasalarida, umu
-
miy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi normativ va o‘quv-uslubiy
mezonlarni ishlab chiqib, yangi o‘quv fanlarini joriy qilish zarurati belgilangan.
Huquqiy fanlar asoslarini chuqur o‘rgatadigan o‘quv muassasalari va ularda tahsil
oladigan yuridik kadrlarning sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik vaziyat va jamiyatning
tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini belgilovchi boshqa omillarni e’tiborga olgan
holda aniqlash lozim.
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010, – 27-b.
2
Abdullayev i.B. respublikada yuridik ta’limning istiqboli. kirish so‘zi./ respublikada yuridik
ta’lim samaradorligini oshirish istiqbollari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. –T., 2006. – 3-b.
3
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997. № 9. 227-modda.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |