70
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
susan, ta’lim sohasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishining mustahkamlanishida ja
-
moatchilik tashkilotlari va jamiyatning bir qator muhim qatlam vakillarining ishtirokini
ta’minlash bo‘yicha ayrim vazifalarni amalga oshirish o‘rinli bo‘ladi.
Hozirda umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar
o‘quvchilarning ogohligi, “ommaviy madaniyat”dan yiroqlashish, yetuk kadr bo‘lib
yetishish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishiga qaratilgan. Uning ahamiyati o‘z na
-
tijasini bermoqda. Ta’lim muassasalarida mazkur vazifani bajarish ma’naviy-ma’ri
-
fiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga yuklatilgan bo‘lib, uning vazifalarini amalga
oshirishda bir qator holatlarni ko‘rish mumkin. Masalan, tadbirlarni o‘tkazishda ayrim
mazmunan va mohiyatan o‘xshash tadbirlar turli muddatlarda, turli mavzularda o‘tka
-
zib boriladi. Bu tadbirlarni optimallashtirishning natijadorligini quyidagicha izohlash
mumkin:
– Tadbirlar optimallashganda bir yo‘nalishning ikkinchisiga ta’sirini baholash im
-
koniyati oshadi, bir-birining bog‘liqligi natijasida uning muammolari aniq ko‘rinadi va
yechimini topishda qulay bo‘ladi.
– Bu tadbirlarga jamoatchilik tashkilotlari va fuqarolik
jamiyati institutlarining
to‘liq va muntazam ishtirokini ta’minlash orqali tadbirlar yanada foydali ko‘rinishga
ega bo‘ladi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda quyidagi omillarga e’tiborni qaratish
zarur:
– ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;
– o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarga muntazam ishtirok etishla
-
rini ta’minlash;
– to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazishda pedagogik kompetensiyalarini ishlab chi-
qish;
– ta’lim muassasasiga jamoatchilik tashkilotlarini keng jalb qilish;
– davomatni yuritishda zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilish;
– darsdan tashqari mashg‘ulotlarda xalqaro tajribadan foydalangan holda iqtiso
-
diy yo‘nalishlardagi fanlarni o‘qitilishiga ahamiyat berish.
Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish, unda darslar va dars
-
dan tashqari mashg‘ulotlar, pedagoglar va hamkorlar bog‘liqligini ilmiy asoslashga
va amaliy misollar bilan isbotlashga harakat qilish maqsadida bir qator xorijiy olim
-
larning ilmiy ishlari (d.Martin rawle, James Michael Geary) – dissertatsiyalari tahlil
qilindi.
Hanry. M. Levin, russell W. rumbergeri, Michael O‘Neill, Michael F.di Pao
-
la, Alaster Gibson, T.Creighton, A.Flintham, W.Wellman, G.Perkins, N.Wellman,
e.McCreery, M.Sandelowski, J.Watson, d.Zohar, i.Marshall, C.erricker, L.Neuman
kabi mutaxassislarning ilmiy maqolalari va qo‘llanmalaridan Yevropa mamlakatlari
va boshqa rivojlangan, rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirilgan ishlarning ilmiy
yondashuvlari va tahlili tadqid qilindi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlillar natijasida quyidagilarni taklif sifatida ilgari
surish mumkin:
Birinchidan, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi
tarkibida hamrais vazifasini hududiy boshqaruv davlat
organlari vakillaridan tayin
-
lash. Bu ta’limda Jamoat kengashi faoliyatining yanada barqaror bo‘lishiga olib kela
-
71
di. Nazorat va tahlil mahalliy hokimiyat organlarida amalga oshiriladi va hamkorlar
-
ning bir-biriga nisbatan munosabatga kirishishi, faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tizim
vujudga keladi.
ikkinchidan, o‘quvchilarning davomatini olib boruvchi zamonaviy texnologiyalar
-
ni joriy qilish. Natijada o‘quvchilarning davomati eng yuqori organda ham hudud
-
lar kesimida tahlil qilish uchun imkoniyat tug‘diradi, tahlil qilish, ularning reytingini
baholash, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash uchun asoslardan biri
bo‘ladi.
Uchinchidan, yuqorida keltirib o‘tilgan har ikki taklifni muvofiqlashtirish. Ya’ni da
-
vomat ko‘rsatkichlari hisoblanib, Jamoat kengashiga taqdim qilinadi. kengash tomo
-
nidan yangi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Hududlardagi kengashlarda muhokama
qilinadi va natijasi hokimlikka taqdim etiladi. Natijalar tahlil qilinib, ta’lim muassasasi,
mahalla faollari va ota-onalar ishtirokida davomati ijobiy bo‘lmagan o‘quvchi muho
-
kama qilinadi.
xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi
-
ni yanada kuchaytirish uchun xalq ta’limi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organ
-
lari, jamoatchilik tashkilotlari va fuqarolar yig‘inlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini
bugungi kun talablariga mos ravishda mustahkamlash, mahallalardagi jamoatchilik
komissiyalari ishini yanada kuchaytirish kerak. Shunda yoshlarni milliy va umumin
-
soniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish
masalalarida yanada ijobiy samaraga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: