Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Ключевые слова. 
Здоровая социальная среда, гормонично-развитая личность, 
общественное влияние, профилактические меры, диагностико-перспективное наблюде
-
ние, духовно-просвитительские мероприятия.
Аrticle highlights the importance of cooperation “Family–mahalla–educational institution” 
as an important factor of education of harmonious generation, given the proposal and 
recommendations for its consistent implementation. In article whese also emplasized the need 
for further development of spiritual and educational propaganda in secondary schools and 
participate in the gathering of mahalla citizens.
Key words.
Healthy social environment, harmoniously-developed personality, social 
influence, preventive measures, diagnosis-perspective observation, spiritual and educational 
event.
Sanjar IMOMOV, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Davlat boshqaruvi akademiyasi 2-bosqich tinglovchisi
UMUMiY O‘rTA TA’LiM MAkTABLAridA 
MA’NAviY-MA’riFiY iSHLArNiNG 
MONiTOriNGiNi YUriTiSH TiZiMiNi 
TAKOMILLASHTIRISH
B
ugungi kunda davlat va hukumat tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan 
e’tibor tufayli ushbu tizimni isloh qilish chora-tadbirlari yildan-yilga izchil 
amalga oshirilmoqda. 
vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda 
oila instituti va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan 
o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 


67
xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat 
kengashi tuzilgan bo‘lib, uning raisi xalq ta’limi vaziri, O‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi markazi direktori hamrais etib belgilangan. Bu tuzilma o‘z-o‘zidan hududlarga 
bo‘linib, viloyatlarda xalq ta’limi boshqarmasi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
boshqarmalari boshliqlari rais va hamrais hisoblanadi. Jamoat kengashi respublika 
“Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda har bir yil uchun alohida chora-tad
-
birlar rejasini ishlab chiqadi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolatlari ko‘lamini yanada ken
-
gaytirishga qaratilgan mazkur qaror barkamol avlod tarbiyasida mahallaning roli va 
ta’sirini oshirishga xizmat qiladi. Zero, ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi farovonlik va 
taraqqiyot kafolatidir.
Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida milliy-mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillash-
tirish, shuningdek, bugungi kunda jamiyatda kuchayib borayotgan loqaydlik, be
-
parvolik, milliy qadriyatlarimizga bepisandlik kabi ijtimoiy illatlarga barham berishda 
“Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu 
hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida har bir oila a’zosi, mahalla faoli, pe
-
dagog-o‘qituvchilar quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir:
– oilada sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga 
olgan holda farzandlarda vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
– farzandlarga chuqur bilim berish, ularning ma’rifatli va ma’naviyatli yuksak in
-
sonlar bo‘lib kamol topishlarini ta’minlash;
– yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, istiqlol g‘oyalari va milliy mafkuraga 
sadoqat ruhida tarbiyalash;
– bolalarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil etish va ularning qo‘shimcha ta’lim 
olishlariga shart-sharoit yaratish;
– farzandni komil inson qilib tarbiyalashda ota-onalarning bilim darajasini oshirish;
– bolalarga sanitariya-gigienik, ekologik bilim va ko‘nikmalarni singdirish;
– diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyaviy ishlarni 
amalga oshirish;
– ota-onaning ta’lim muassasalari va mahalla oldida o‘z farzandlarining barcha 
xatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish.
Bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla instituti 
demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini hi
-
moya qilishning muhim omiliga aylangan. Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda 
mahalla ta’sirchan tuzilmadir. Bu jarayonda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” 
hamkorligi har tomonlama qo‘l kelmoqda.
Barkamol avlod tarbiyasida mahallaning zimmasida quyidagi vazifalar mavjud:
– farzandlari tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmaydigan ota-onalarni yig‘i
-
lishlarda muhokama qilish, ularga jamoatchilik ta’sirini o‘tkazish, zarur hollarda ota- 
onalar bilan tegishli profilaktik tadbirlarni belgilash maqsadida ichki ishlar xodimlarini 
jalb etish;
– mahalla hududidagi ta’lim muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko‘rsa
-
tilishini qo‘llab-quvvatlash;
– bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashga ko‘maklashish;


68

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish