Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa adabiyotlar tayyorlash va nashr etishni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, huquq fanlarini o‘qitishning davlat 
ta’lim standartlarini belgilash va yuridik o‘quv muassasalarining moddiy-texnika negizini 
mustahkamlash bilan bog‘liq qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimizning 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining 
huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini ta
-
komillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni
4
, O‘zbe-
kiston respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi “Jamiyatda huquqiy mada
-
niyatni yuksaltirish milliy dasturi”
5
da fuqarolarning huquqiy ta’limi va huquqiy tarbiyasini 
takomillashtirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bunda huquqiy fanlar asoslarini 
chuqur o‘rgatadigan o‘quv muassasalari va ularda tayyorlanadigan yuridik kadrlarning 
sonini iqtisodiy, ijtimoiy, demografik jamiyatning tegishli mutaxassislarga bo‘lgan eh
-
tiyojini belgilovchi boshqa omillar e’tiborga olingan holda aniqlash, huquqiy tarbiya va 
huquqiy ta’lim tizimini takomillashtirishni yuridik o‘quv muassasalarining moddiy-texnik 
negizida mustahkamlab borish ko‘zda tutilgan edi. 
Maqsadli keng qamrovli ta’lim tizimini qayta tashkil qilish, jumladan, oliy darajali 
ixtisoslashgan ilmiy, ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bugungi kunning dolzarb masa
-
lalaridan biriga aylangan. 
Zamonaviy xalqaro standartlarga mos oliy ta’limning bakalavr va magistratura ikki 
bosqichi shakllantirilgan.
Prezidentimizning 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadr
-
lar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
Farmoni amaldagi oliy malakali ilmiy ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va attestatsiya 
tizimi milliy ta’lim raqobatbardoshligini ko‘tarish, yuridik fanda xalqaro yondashuvlarni 
rivojlantirishni rag‘batlantirish, O‘zbekiston universitetlariga jahon stantdartlari darajasi
-
dagi doktorantlarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlarini taklif etish imkonini berishdan 
iborat.
Shu tariqa mamlakatimizda yuridik ta’limni isloh qilishning nazariy-metodologik 
asoslari eng muhim muammolar qatoridan o‘rin oldi. Bu bir qancha omillar bilan belgi
-
lanadi, jumladan, huquqiy demokratik davlatning vujudga kelishi, yangi davlat tuzilma
-
larining shakllanishi, oliy ta’limning moliyalashtirish oqimlarining o‘zgarishi, yuridik kadr-
larga qo‘yiladigan yangi talablar, ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish, xalqaro 
tajribani o‘rganish, qonun ijodkorligi faoliyati uchun keng maydon yaratish kabi omillar 
muhim ahamiyat kasb etdi.
Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash 
hamda nashr etish yuridik ta’limning rivojiga muayyan hissa bo‘lib qo‘shildi.
Bugungi kunda yuridik amaliyot bilan nazariya o‘rtasida sezilarli tafovutlar mavjudligi 
sezilib qolmoqda. Yuridik fan huquqni qo‘llash amaliyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmayotganli
-
gi, oliy o‘quv muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalarini yagona muvofiqlashtiruv chi 
markazning yo‘qligi, yuridik fan va amaliyot masalalari oliy o‘quv muassasalarining o‘quv 
dasturlari va standartlarida lozim darajada aks ettirilmaganligi, mutaxassislar tayyorlash 
tizimida tor ixtisosliklar bo‘yicha yuristlar tayyorlash kabi bo‘shliqlar mavjud.
Mazkur bo‘shliqlarni bartaraf etish barobarida yuridik kadrlar tayyorlash tizimini ya
-
nada takomillashtirish yuzasidan Prezidentimizning 2013-yil 28-iyundagi “Yuridik kadrlar 
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
6
gi qarori davlat 
4
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi.1997. № 7. 179-modda.
5
O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi.1997. № 9. 227-modda. 
6
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil 22-iyul, 29-son, 372-modda


75
huquqi va boshqaruvi, jinoyat huquqi va protsessi, fuqarolik huquqi va protsessi, tadbir
-
korlik huquqi (biznes huquqi), xalqaro, xalqaro tijorat (xususiy) huquqi va yuridik ta’lim
-
ning boshqa ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning fundatmental bazaviy hamda 
amaliy kasbiy tayyorgarligini ta’minlaydigan dastur va o‘quv rejalari asosida bakalavr, 
magistrlar tayyorlash tizimi shakllantirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat qurilishi 
va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlash-
tirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari bo‘yicha 
kompleks ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, sohadagi xalqaro tajribani o‘rganish, huquqni qo‘l
-
lash amaliyotiga hamda o‘quv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy eti
-
lishini ta’minlashdan iborat.
Mazkur islohotlar yuqori malakali, jahon ta’lim standartlariga javob beradigan, har 
tomonlama yetuk nazariya va amaliyotni birgalikda olib boradigan, xalqaro miqyosda 
mamlakatimiz manfaatini himoya qila oladigan kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Chun
-
ki shaxs siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltiruvchi bosh omillardan biri – bu uning 
huquqiy bilimi va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan huquqiy tarbiya va huquqiy 
ta’lim hisoblanadi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, huquqiy savodxonlik, huquqiy madaniyat, huquqiy ta’lim 
va huquqiy tarbiya darajasi qabul qilinayotgan qonunlar va qonun hujjatlarining soni bi
-
lan emas, balki ularning mazmuni, ijrosi qanchalik darajada hayotga tatbiq etilayotganligi 
bilan baholanadi. Zero, huquqiy normalar aholining, har bir fuqaroning ongiga chuqur 
singishi, ularning ijrosi jamiyat hayotida aks etishi muhim ahamiyatga ega. Mazkur ja
-
rayonda, avvalo, aholining keng qatlami qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati
-
dan to‘liq xabardor bo‘lishi, undan o‘zining huquqiy himoyasi va manfaatlarining ifodasini 
topa olishi zarur. Shu bois davlatimiz rahbari Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Se
-
natining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida “Yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada 
takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal 
qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda” deb alohida ta’kidladilar
7

xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, huquqiy ta’limning asosiy maqsadi shaxs
-
da huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy normalarning mazmun-mohiyatini bilish, 
ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalash hisoblanadi. Shu 
bois ham huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish orqali siyosiy-huquqiy faol 
shaxsni shakllantirishda huquqiy ta’lim va tarbiya alohida o‘rin tutadi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish