O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo„jaligi)ni boshqaruv



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
3-§. Qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo„jaligi)ni boshqaruv 
organlari 
 
Qishloq xo‗jaligi kooperativini (shirkat xo‗jaligini) boshqarish o‗zini 
o‗zi boshqarish, oshkoralik, kooperativ (shirkat) faoliyati masalalarini hal 
etishda uning a‘zolari ishtirok etishi asosida amalga oshiriladi. Qishloq 
xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) yuqori boshqaruv organi 


119 
umumiy majlis bo‗lib, u raisni, boshqaruvni, taftish komissiyasini 
(taftishchini) saylaydi, kooperativni (shirkatni) joriy boshqarish bo‗yicha 
o‗z vakolatlarini ularga berib qo‗yadi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) umumiy 
majlisi:
kooperativning (shirkatning) ustavini qabul qiladi va unga 
belgilangan tartibda o‗zgartishlar kiritadi;
kooperativning (shirkatning) raisini, kooperativning (shirkatning) 
boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularni 
chaqirib oladi, ularning faoliyati to‗g‗risidagi hisobotlarini eshitadi va 
faoliyatiga baho beradi;
kooperativ (shirkat) a‘zoligiga qabul qilish, a‘zolikdan chiqarish 
to‗g‗risidagi masalalarni, shuningdek kooperativ (shirkat) a‘zoligidan 
chiqish bilan bog‗liq masalalarni hal etadi;
kooperativning (shirkatning) ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda 
mehnatga haq to‗lash tartibini belgilaydi;
kooperativ (shirkat) a‘zolarining mulkiy paylari miqdorini belgilaydi;
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi 
to‗g‗risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;


120 
daromadni 
(foydani) 
taqsimlash 
tartibini, 
kooperativning 
(shirkatning) bo‗linmas, pay va boshqa jamg‗armalari turlarini, miqdorini 
va ulardan foydalanish yo‗nalishlarini belgilaydi;
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish, uning 
uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga kirishi va 
ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
Ko‗rsatib o‗tilgan ushbu masalalarni hal qilish qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) umumiy majlisining mutlaq vakolatiga 
kiradi. Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) har bir 
a‘zosi, shu jumladan jamoa a‘zosi o‗zining mulkiy ulushi miqdoridan qat‘i 
nazar ovoz berishda bitta ovozga ega bo‗ladi. Qishloq xo‗jaligi 
kooperativida (shirkat xo‗jaligida) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan 
shaxslar umumiy majlisda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
Umumiy majlis har yili moliya yili tugaganidan keyin o‗tkaziladi. U 
qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) boshqaruvining (raisining) 
qaroriga binoan yoki kooperativ (shirkat) a‘zolari kamida uchdan bir 
qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin. 
A‘zolarining soni besh yuz kishidan ortiq bo‗lgan yirik qishloq xo‗jaligi 
kooperativlarida (shirkat xo‗jaliklarida) umumiy majlis vakolatiga 
kiradigan masalalarni hal qilish uchun, ustavda nazarda tutilgan hollarda, 
vakillar majlisi chaqirilishi mumkin.
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) boshqaruvi:
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqadi va 
umumiy majlis tasdig‗iga kiritadi;
kooperativ (shirkat) a‘zolarining umumiy majlisini chaqiradi va 
majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
kooperativning (shirkatning) joriy xo‗jalik faoliyati masalalarini 
uning ustaviga muvofiq hal etadi;
kooperativga (shirkatga) yangi a‘zolar qabul qilish va a‘zolikni 
tugatish to‗g‗risidagi qarorni umumiy majlis tasdig‗iga kiritadi;
kooperativning (shirkatning) mol-mulki saqlanishini ta‘minlaydi 
hamda yetkazilgan zararning o‗rni qoplanishiga doir choralarni ko‗radi;
zarurat bo‗lganda mustaqil auditorlik tekshirishlari o‗tkazilishini 
tashkil etadi;
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal 
etadi.
Boshqaruv a‘zolarining soni qishloq xo‗jaligi kooperativining 
(shirkat xo‗jaligining) ustavida belgilanadi. Qishloq xo‗jaligi kooperativi 
(shirkat xo‗jaligi) boshqaruvining a‘zolari o‗z tarkibidan kooperativning 


121 
(shirkatning) ustaviga muvofiq kooperativ (shirkat) raisining o‗rinbosarini 
va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin. Qishloq xo‗jaligi kooperativi 
(shirkat xo‗jaligi) raisi boshqaruvga rahbarlik qiladi. Kooperativ (shirkat) 
raisini saylash va chaqirib olish tartibi, shuningdek uning vakolatlari 
kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
Taftish komissiyasi (taftishchi) qishloq xo‗jaligi kooperativining 
(shirkat xo‗jaligining), boshqaruvning moliyaviy hamda xo‗jalik 
faoliyatini tekshiradi va u umumiy majlisga hisobdordir. Taftish 
komissiyasi a‘zolarining soni kooperativning (shirkatning) ustavida 
belgilanadi. Umumiy majlis qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat 
xo‗jaligining) va uning boshqaruvining moliya-xo‗jalik faoliyatini 
tekshirish uchun belgilangan tartibda auditor yoki auditorlik tashkilotini 
jalb etishga haqli.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish