14
1) Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Xo’jalik geografiyasi
orqali u tabiiy geografiya bilan aloqada bo’ladi. Har qanday ishlab chiqarish –
muayyan tabiiy sharoitda va har xil tabiiy resurslardan foydalangan holda vujudga
keladi va rivojlanadi. Xo’jalikning ixtisosi va boshqa ayrim xususiyatlari ko’p
jihatdan tabiiy sharoit bilan belgilanadi. Aholi geografiyasining tibbiyot
geografiyasi bilan aloqalari ham tez rivojlanmoqda. Tibbiyot geografiyasi ikki fan
tibbiyot va geografiya fanlari chegarasida vujudga kelib, u tabiiy muhitni hamda
turli tumanlarda yashash va mehnat qilish sharoitining aholi sog’ligiga ta’sirini,
shuningdek, ayrim kasalliklarning geografik tarqalishini o’rganadi.
Turli
tumanlarga aholining gigiyenik yashash sharoiti nuqtai nazaridan baho berish,
ovqatlanish, kiyinish xususiyatlari bo’yicha tavsifnomalar berish ham tibbiyot
geografiyasining muhim vazifalari qatoriga kiradi.
Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorlari va
o’zaro hamkorligi mustaxkamdir. Xizmat doirasi geografiyasi
aholining barcha
extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanish darajasi
va hududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o’rganadi. Xizmat doirasi
geografiyasini o’rganishi kerak bo’lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi
va aholi punktlari haqidagi batafsil ma’lumotlar asosidagina tahlil qilinishi va xal
qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida
vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar har tamonlamadir.
Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi
vujudga kelayotgan turizm
geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo’nalishlari bilan ham mustaxkam
aloqador. Bu har ikkala yo’nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi, tarkibi va
boshqa ko’rsatgichlar muhim ahamiyatga ega. Aholi
geografiyasi bilan tarixiy
geografiya o’rtasidagi aloqa shundan iboratki, o’tgan tarixiy davrlar aholi
geografiyasi ichidagi maxsus yo’nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug’ullanadi
va u yo’nalish shu bilan birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir.
Geografiya fanining barcha tarmoqlari va yo’nalishlari singari aholi geografiyasi
ham kartografiya bilan chanbarchars bog’liqdir. Aholi
geografiyasida aholi va
aholi punktlarining maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki,
15
aholi va aholi punktlariga xos bo’lgan xilma-xil ko’rsatkichlar, ularning hududiy
joylashuvi hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish
mumkin.
2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo’lgan
fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va
etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki,
ular ham
aholi geografiyasi singari aholini o’rganadi. Ularning har qaysisi aholini o’z nuqtai
nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har
uchchalasi o’rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: