OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
Mo’minov Doniyor G’ulomovich
AHOLI GEOGRAFIYASI VA
DEMOGRAFIYA ASOSLARI
O’quv qo’llanma
5110500-Geografiya o’qitish metodikasi
2
Mazkur o’quv qo’llanmada “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari”
fanining asosiy tushunchalari va mazmuni yoritilgan. O’quv qo’llanma oliy o’quv
yurtlarining “Geografiya” va “Geografiya o’qitish metodikasi” ta’lim yonalishi
pedagog-xodimlari va talabalari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari geografiya
fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan.
В данном учебном пособии освещены основные понятия и содержания
предмета “География населения и основы демографии”. Учебное пособие
предназначено для преподавателей и студентов высших учебных заведений
по направлению “География” и “Методика преподавания географии”, а также
для преподавателей предмета географии в средних общеобразовательных
школах.
In this textbook the teaching technologies and main contents of the subject
of “Geography of population and basics of demography” is clearified. This
textbook is devotet to the professors and students of “Geography” and “Methodics
of teaching geodraphy” and also for teachers of geography in academic lyceums
and secondary schools.
Taqrizchilar:
Yu.Ahmadaliyev. FarDU huzuridagi pedagog kadrlarni malakasini oshirish
va ularni qayta tayyorlash mintaqaviy markazi direktori, g.f.d., prof.
O.Qo’ziboyeva. Qo’qon DPI Geografiya o’qitish metodikasi kafedrasi
dotsenti, g.f.n.
Ushbu o’quv qo’llanma Qo’qon DPI kengashida muhokama qilingan va
nashrga tavsiya etilgan. Bayonnoma № 7
3
“ENG KATTA BOYLIK-BU AQL-ZAKOVAT VA ILM, ENG KATTA
MEROS – BU YAXSHI TARBIYA, ENG KATTA QASHSHOQLIK - BU
ILMSIZLIKDIR”.
KIRISH
Mustaqilligimizning
dastlabki
kunlaridan
boshlab
sifatli
kadrlar
tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi
taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan, jahon standartlari talablariga javob bera
oladigan mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalardan biriga
aylandi. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan
kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda
inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni
to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, innovatsion
texnologiyalarga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim
taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat
sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga
zamin yaratdi. Mazkur Qonun va Dasturimizda belgilangan chora-tadbirlarni
amalga oshirish jarayoni Geografiya ta’limining ham oldiga bir qator vazifalarni
belgilab beradi. Jumladan, ta’lim shakli va sifati samaradorligini oshirishda o’quv-
uslubiy ta’minot masalasiga ahamiyat qaratish muhimdir.
Geografiya ta’limida aholi va u bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni, dunyo,
turli mintaqalar va mamlakatlar aholisi soni, dinamikasi, ularning tarkibiy jihatlari,
hududiy joylashuvi masalalarini o’rganish mamlakatda iqtisodiy-ijtimoiy chora –
tadbirlar tizimini ishlab chiqish va yuritishga asos bo’ladi.
“Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” fanida aholi soni, tarkibi bilan
bog’liq demografik muammolarning geografik jihatlarini tahlil qilish va ularni
o’quvcxilarga yetkazib berishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning keng
joriy etilishi davr talabidir.
Mazkur o’quv qo’llanmada asosiy e’tibor oliy o’quv yurtlarida “Aholi
geografiyasi va demografiya asoslari” fanini o’qitish jarayonini takomillashtirish,
4
DTS va yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda mashg’ulotlarni olib
borishga, talabalarda geografik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
orqali dunyoqarashini, shaxs sifatida barkamolligini ta’minlash masalalariga
qaratilgan.
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining mazmuni va ahamiyati.
Fanning o’qitilishidan maqsadi - bakalavriyat talabalarini atroflicha jamiyat
ijtimoiy xayotining asosiy subyekti bo’lgan aholining jahon, O’zbekiston
Respublikasi va xarakterli ayrim mamlakatlar misolida, soni, dinamikasi va takror
barpo qilinish qonuniyatlari, omillari, kontseptsiyalari, aholining tabiiy va
migratsion harakatlari, mehnat resurslari va ulardan foydalanish xususiyatlari,
aholining hududiy joylashuvi, aholi manzilgohlarining shakllari va rivojlanishining
geografik xususiyatlari bilan tanishtiradi.
Fanning asosiy vazifasi - ular haqida talabalarga yangi ijtimoiy
munosabatlar sharoitida har taraflama chuqur bilim berish bilan O’zbekistonimizni
sevish, ko’z qorchig’idek asrash, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va ulug’lash,
Vatanga sidqidildan xizmat qilish ruhida tarbiyalashdir.
«Aholi geografiyasi va demografiya asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-dunyo aholisining soni, yillik o’sish darajasi, uning turli tarkibiy jihatlari,
mehnat resurslari va ulardan foydalanish holati, hududiy joylashuvini bilishi kerak;
-dunyo mamlakatlari aholisi soni va o’sish su’ratlari,migratsion saldo, aholi
zichligi, iqtisodiy faol aholi ko’rsatkichlarini hisoblashga, tug’ilish va o’lim
jarayonlarini tahlil qilishga ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
-dunyo aholisi va uning turli tarkibiy jihatlarini bashorat qilish, mehnat
resurslaridan samarali foydalanish, jarayonlarni tahlil qilishda xaritalardan
foydalanish, statistik ko’rsatkichlar asosida diagramma, grafiklar chizish
malakasiga ega bo’lishi kerak.
“Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” asosiy ixtisoslik fanlaridan
hisoblanadi va u talabalarga aholining demoijtimoiy harakatlari, aholining
ijtimoiy-etnik tarkibi, mehnat resurslari, aholining ijtimoiy-sotsial milliy-etnik
5
tarkibi, mehnat resurslari aholining hududiy joylashuvi, shahar va qishloq
manzilgohlari, aholi rivojlanishining qonuniyatlari haqida bilimlar beradi. Mazkur
fan uzluksiz ta’lim tizimida ushbu sohada beriladigan bilimlarning asosi bo’lib
hisoblanadi
.
Talabalarni “Aholi geografiyasi va demografiya asoslari” fanini chuqur
o’zlashtirishlari uchun ilg’or zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish talab etiladi. Fanni chuqur o’zlashtirishda ma’ruza matnlari,
amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari, tarqatma materiallar, xaritalar bilan bir qatorda
yangi statistik ma’lumotlar, aholi va unga xos jarayonlarni ko’rsatuvchi video
filmlar, slaydlar ham katta yordam beradi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda
zaruriy pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |