3.3-rasm. Biomembranada ion kanalining joylashish sxemasi.
1.3. Mitoxondriya membranalari orqali Са
2+
-transporti mexanizmlari
Mitoxondriyalarga 2 valentli kationlar va Са
2+
ionlari akkumulyatsiyasi Са
2+
-
uniporter orqali ta`minlanadi. Mitoxondriyalar 2 valentli kationlar (Mn
2+
, Sr
2+
, Ba
2+
)
va Са
2+
ionlarini so`rib olib, uni o`zida saqlab turish xususiyatiga ega
[Холмухамедов, 1991; Bernardi, 1992]. Ikki valentli kationlarning mitoxondriyaga
tarnsporti maxsus mexanizm asosida ta`minlanadi [Гагельганс, 1981; Асраров,
1999].
Са
2+
va ikki valentli kationlarning yutilishida membrana potensiali energiyasi
sarflanadi. Membrana potensiali generatsiyasi uchun bog`lovchi membranalardagi
past o`tkazuvchanlik talab qilinadi. Haqiqatdan ham, bog`lovchi membranalarda К
+
,
Н
+
, Mg
2+
, ГДФ
3-
, ГТФ
4-
va СI
-
ionlari uchun past o`tkazuvchanlikka ega [Панов, 1992].
Ayrim hollarda mitoxondriya membranalari Са
2+
, АDP
3-
va АТP
4-
ionlari uchun
yuqori o`tkazuvchanlikka ham ega bo`ladi [Панов, 1992]. Ikki valentli kationlar
akkumulyatsiyasi, shuningdek, adeninnukleotidlar transporti maxsus o`tkazgichlar
tomonidan ta`minlanadi [Kantrow et al., 2000]. Mitoxondriya ichki membranasida
kation, anion va metabolitlarning maxsus o`tkazuvchi tizimi mavjud. Shuni alohida
ta`kidlash mumkinki, mitoxondriyalarning SsA-sezgir poralari Са
2+
yordamida
boshqariladi [Gunter et al., 1998; Gunter, Gunter, 2001].
Bog`langan uchastkadan bir juft elektronlar tashiladi yoki energiyalangan
mitoxondriyalarda membranalardan Са
2+
ioni tashiladi. Mitoxondriyalarga Са
2+
ioni
tashilishining xarakterli xususiyati shuki, konsentratsiyaga bog`liq holda Са
2+
ioni
akkumulyatsiyasining boshlang`ich tezligiga bog`liq. Ikki valentli kationlarning
mitoxondriya membranasi orqali tashilishi, ikkita bir xil zaryadli ionlarning qarama-
qarshi yo`nalishda harakatlanishi (2Н
+
/Ме
2+
(kalsiy, kaliy yoki natriy va boshq.)) ga
bog`liq. 2Н
+
/Са
2+
ёки 2Н
+
/Ме
2+
almashinuvning stexiometrik koeffitsiyenti 2 ga
teng. Ме
2+
transporti tashiluvchi anionlar (atsetat, fosfat va arsenat) ishtirokida
tezlashadi.
Са
2+
transportining harakatlantiruvchi kuchi mitoxondriyaning membrana
potensiali hisoblanib, u normada 150-180 мВ га тенг. Taxmin qilinishicha,
mitoxondriya membranasi orqali Са
2+
ionining passiv taqsimlanishi quyidagicha,
mitoxondriya ichida uning konsentratsiyasi sitoplazmadagiga nisbatan 5-6 marta
ko`p bo`ladi [Horikawa et al. 1998; Pivovarova et al. 1999; Gallitelli et al. 1999].
Ma`lumki, mitoxondriya membranasi Са
2+
ioni transporti vaqtida
depolyarizatsiyaga uchraydi va Са
2+
ionlari oksidlanishli-fosforlanish jarayonini
buzuvchi sifatida ta`sir ko`rsatadi. Sintez va hujayraichki ATF konsentratsiyasining
ortishi natijasida Dy
m
tiklanadi [Duchen, 2000]. Mitoxondriyalar Са
2+
ionlari
yutilishi uchun asosiy organoidlardir [Nicholls, Budd, 2000; Hajnoczky et al. 2001].
Mitoxondriyalarga
Са
2+
ionlarining
yutilishi
oksidlanishli-fosforlanishning
ingibirlanishiga olib keladi [Holmuhamedov et al. 2001]. Avtorlarning taxmin
qilishicha [Hajnoczky et al., 2001; Pfeiffer et al., 2001], bir qancha mexanizmlar
borki, ular Са
2+
ni kirishini oldini oladi va mitoxondriyalarni Са
2+
yutilishidan va SsA-
sezgir poralar ochilishidan himoya qiladi. Ma`lumki, SsA-sezgir poralarning ochiq
holatga o`tishi membranalarning permeabilizatsiyasiga olib keladi, bu esa sitoxrom
С va boshqa apoptotik faktorlarning mitoxondriyadan sitozolga chiqishiga sabab
bo`ladi.
Mitoxondriyalardagi Са
2+
konsentratsiyasi ([Са
2+
]
m
) submikromolyardan
kichik mikromolyargacha o`zgarib turadi. Tinch holatdagi hujayralarda Са
2+
miqdori
100-240 nM chegarada o`zgarib turadi.
Stronsiy, bariy yoki marganets ta`sirida mitoxondriyalarda Са
2+
transporti
to`liq ingibirlanadi, barcha ishqoriy yer metal kationlarining umumiy ta`sir
mexanizmlariga egaligini bildiradi [Гагельганс, 1981]. Shuningdek, spetsifik
ingibitorlar aniqlangan, Са
2+
, Sr
2+
, Ba
2+
va Mn
2+
kationlarining transporti lantanidlar,
ruteniy qizili, va geksaminokobaltoxlorid yordamida ingibirlanadi [Гагельганс,
1981].
Permeabilizatsiyalangan hujayralarda Са
2+
transportining yarim aktivlanish
tezligi (К
0,5
) 3-10 mM chegarada namoyon bo`ladi. Mikrodemenlardagi Са
2+
ning
yuqori konsentratsiyasi Са
2+
ni kirishi uchun sharoit yaratadi [Pacher et al. 2002].
Hozirgi vaqtda mitoxondriyadan Са
2+
ning 2 xil yo`l bilan chiqishi aniqlangan:
Na
+
ga bog`liq va Na
+
ga bog`liq bo`lmagan [Pfeiffer et al. 2001]. Са
2+
ionlarining
Na
+
ga bog`liq chiqishi 3Na+:1Ca
2+
stexiometrik tarzda amalga oshadi [Pfeiffer et al.
2001], va membrana potensiali ta`minlanadi. Bu mexanizm tana muskullari, nerv
sistemasi, yurak va endotelial hujayralarda kuzatiladi [Thayer et al. 2002].
Ionlarning Na
+
-ga bog`liq bo`lmagan chiqishi jigar va silliq muskul hujayralari
mitoxondriyalari uchun muhim ahamiyatga ega. Bu mexanizm Н
+
ning nH
+
:Ca
2+
ko`rinishda kirishi bilan amalga oshadi, bu yerda n=2, [Pfeiffer et al. 2001].
Са
2+
ga bog`liq SsA-sezgir poralar Са
2+
ning mitoxondriyadan chiqib ketishini
ta`minlaydi. [Gunter et al. 2000]. Megakanalning quyi va yuqori o`tkazuvchanlik
holatda
bo`lishi
aniqlangan
[Bernardi,
1999].
Megakanalning
yuqori
o`tkazuvchanlik holatidagi ochilishi natijasida membrana potensiali tushib ketadi va
matriksda рН va Са
2+
ning konsentratsiyasi ortishi kuzatiladi. Bu holat Са
2+
peregruzka vaqtida kuzatiladi va apoptotik faktorlar chiqishi mumkin. Megakanal
quyi o`tkazuvchanlik holatda bo`lganda Са
2+
gomeostazning fiziologik
boshqarilishida ishtirok etadi [Ichas et al. 1997]. Matriksda Са
2+
ning ortib ketishi
quyi o`tkazuvchanlikdan yuqori o`tkazuvchanlikka o`tishga olib keladi. [Rizzuto et
al. 2000].
70 yillarda tabiiy va sun`iy yo`l bilan olingan bir qator moddalarning biologik
va sun`iy membranalarda Н
+
/Ме
2+
elektroneytral almashinuvida ionoforlik
xususiyatlari aniqlangan [Овчинников, 1978]. Hozirgi vaqtda inoforlar
membranalarning
ion-transport
sistemasini
modullashtirishda
keng
qo`llanilmoqda. Ba`zi bir ionoforlar (valinomitsin, siklik poliefirlar) ning strukturasi
tutashgan xalqa shaklida bo`ladi. Karboksilat ionoforlar nigeritsin, dianmitsin,
monensin, lazaloid A va A 23187 kationlar bilan kompleks hosil qilganda siklik
konformatsion holatga o`tadi [Овчинников, 1978; Досон и др., 1991; Abramov,
Duchen, 2003].
O`simlik preparatlari salsolidin va geptanoilsalsolidin bisloy lipid
membranalarining Са
2+
li muhitda integral o`tkazuvchanligini, shuningdek,
mitoxondriyalar membranasi orqali Са
2+
transport tezligini oshiradi, lekin boshqa
kationlar transportiga ta`sir ko`rsatmaydi, ya`ni Са
2+
-ionofor xususiyatiga ega
[Каликулов и др., 1999; Асраров и др., 1999].
Са
2+
-ionoforlik xossasi shuningdek, bir necha seskviterpen spirtlarning
efirlarida (ferutinin, ferolin, yuniferdin) ham kuzatilgan [Abramov et al, 2001].
Glitsirrizin kislotasidan farq qilgan holda glitsirret kislotasining ham Са
2+
-
ionofor xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan [Камбурова, 2003]. Ushbu birikma
mitoxondriya membranasining lipidlarning perekisli oksidlanish jarayoniga Са
2+
ionlari singari ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |