kuchaydi. Siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘liga to‘plagan kohin va
176
savdogarlardan iborat hukmron siyosiy qatlam paydo bo‘ldi.
Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yer qishloq va shahar
jamoalari qo‘lida edi. Asosiy xo‘jalik bo‘g‘ini patriarxal oila (yoki
katta oilali jamoa) edi.
Eng katta yer egalari ibodatxonalar va davlat edi. Qullar
urushlarda asir olish va sotib olish orqali paydo bo‘ldi. Qarzi
uchun qul qilish kabi holatlar deyarli yo‘q edi.
Jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishi qabila ittifoqlarining dav-
latga aylanishiga olib keldi. Janubiy Arabiston davlatlari siyosiy
tuzulishini Saba podsholigi misolida ko‘rish mumkin. Saba pod-
sholigini 6 qabila tashkil etdi. Uning 3 tasi qaram ahvolda edi. Har
bir qabila katta shoxobchaga, u yana kichik va alohida urug‘larga
bo‘linar edi. Qabilalar zodagon boshliqlar (kabirlar) va ular tashkil
qilgan kollegial tashkilotlar orqali boshqarilgan. Qabilalarda oqso-
qollar kengashi bo‘lgan degan farazlar ham bor.
Imtiyozli qabilalar o‘zlarining zodagon urug‘laridan ma’lum
muddatga (Sabada 7 yil, Katabanda 2 yilga) davlatning oliy
mansabdor shaxslari – eponimlarni saylaganlar. Ular oliy xudo
Astar bilan bog‘liq kohinlik vazifalarini ham bajarganlar. As-
tronomik va astrologik taqvim nazoratlarini va yer-suvdan foy-
dalanishni tashkil etishdek, ba’zi xo‘jalik ishlarini boshqarish
ham ularning zimmasida edi.
Eponimlar bo‘yicha davlat va xususiy–huquqiy hujjatlar
raqam langan yil hisobi bilan olib boriladi. Ular 30 yoshdan
mansabga chiqib, vakolat muddati tugagach, oqsoqollar ken-
gashiga a’zo bo‘ladi.
Mil.avv. III–II asrlargacha Saba podsholigining boshqaruv
ishlari va ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar
– mug‘arrib lar bo‘lgan. Ularning vazifasiga qurilish faoliyati,
sakral vazifalar (qurbonlik keltirish, diniy ovqatlanish marosim-
larini tashkil etish) va davlatni tashkil qilgan qabila ittifoqlarini
davriy yangilash, davlat hujjatlarini e’lon qilish, huquqiy qoi-
dalar, shahar hududlari, xususiy mulk chegaralarini aniqlash
va boshqalar kirgan. Mug‘arrib mansabi merosiy edi. Urush
davrida mug‘arriblar ko‘ngillilarga boshchilik qilganlar va vaq-
tinchalik unvon – malik, ya’ni podsho unvoniga ega bo‘lganlar.
Mug‘arriblar asta-sekin o‘z qo‘llarida butun hokimiyat vakolat-
larini to‘plab, mil.avv. I ming yillik oxirida amalda mutlaq pod-
sholarga aylandilar. Saba podsholigining oliy organi oqsoqollar
kengashi edi. Unga 6 qabilaning vakillari kirgan. Oqsoqollar
177
kengashi sakral, qonun chiqaruvchi vazifalar, ma’muriy xo‘ja-
lik vazifalarini bajargan. Boshqa janubiy arab qabilalari ham
shunday davlat tuzilmalariga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: