159
Korxonalarning bozordagi raqobatli hatti-harakati tavsifi
№ Ko’rsatkichlar
Raqobatli hatti-harakati tavsifi (L.G. Ramenskiy tasnifi bo’yicha)
―violent‖
―patiyent‖
―eksplerent‖
―kommutant‖
Kompaniyalar toifasi (X. Frizevinkel tasnifi bo’yicha)
―Sherlar‖,
―Fillar‖,
―Begemotlar‖
―ayyor tulki‖
―qaldirg‘och‖
―sichqon‖
1.
Raqobat
darajasi
Yuqori
Past
O‘rtacha
o‘rtacha
2.
Tarmoqning
yangiligi
Yangi, yetuk
Yetuk
Yangi
yangi, yetuk
3.
Ehtiyoj
ommaviy,
standart
ommaviy,
nestandart
Innovasion
mahalliy
4.
Ishlab
chiqarish
profili
Ommaviy
Ixtisoslashgan
Sinov
universal
5.
Korxona
miqyosi
Yirik
Yirik,
o‘rtacha va
mayda
O‘rtacha va
mayda
mayda
6.
Korxonaning
barqarorligi
Yuqori
Yuqori
Past
past
7.
ITTKIga
sarflar
Yuqori
o‘rtacha
Yuqori
Mavjud emas
8.
Raqobat
ustunligi
Yuqori
mahsuldorlik
O‘ziga xos
bozorga
moslashish
Innovasion
yo‘nalganligi
moslashuvchan
9.
Rivojlanish
darajasi
Yuqori
O‘rtacha
Yuqori
past
10.
Xarajatlar
Past
O‘rtacha
Past
Past
11.
Mahsulot
sifati
o‘rtacha
Yuqori
O‘rtacha
O‘rtacha
12.
Assortiment
o‘rtacha
tor
Mavjud emas
tor
13.
ITTKI turi
Yaxshilashga
qaratilgan
Moslashuvchi
qoloq
Mavjud emas
14.
Sotish
tarmog’i
Xususiy va
nazorat
qilinuvchi
Xususiy yoki
nazorat
qilinuvchi
Mavjud emas
Mavjud emas
15.
Reklama
Ommaviy
Maxsus
Mavjud emas
Mavjud emas
2. Patiyent korxonalar bozorning tor segmentlariga ixtisoslashgan bo‘lib,
mahsulotning
yangiligi
yoki
o‘ziga
xos
xususiyatlariga
ko‘ra
modernizasiyalashganligi bilan ajralib turadi. Patiyent korxonalar (―ayyor tulki‖)
asosan kichik korxonalar hisoblanadi. ular uchun mahsulot
differensiasiyasi xos
bo‘lib, shuningdek bozorning tor segmentiga ham ixtisoslashuvi mumkin. Patiyent
korxonalar mahsulotlarga qo‘shimcha servis va reklamani joriy etish orqali
differensiallashuvni kuchaytirishi mumkin.
3. Eksplerent korxonalar bozorga eng yangi mahsulotlar(radikal
innovasiyalar) bilan kirib boruvchi va asosiy ulushini o‘zlashtirgan korxonalardir.
Eksplerent (―qaldirg‘och‖) korxonalar asosan kichik korxonalardan iborat bo‘lib,
160
bosh maqsadi tarmoqda radikal innovasiyalar asosida
eng yangi mahsulot va yangi
texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. ITTKIga katta xarajatlar sarflanishi,
yuqori malakali mutaxassislar va noyob g‘oyalar eksplerentlarning o‘ziga xosligini
belgilab beradi.
4. Kommutant korxonalar mahalliy bozor sharoitlariga moslashgan, violent va
patiyentlar tomonidan u yoki bu sabablarga ko‘ra o‘zlashtirilmagan
segmentlarni
yangi turdagi mahsulotlar yoki texnologiyalar bilan to‘ldirish, yangiliklarni
imitasiya qilish, keng iste‘molchilar guruhi uchun
siljitishning innovasion
usullarini qo‘llovchi korxonalardir.
Mayda va ixtisoslashmagan biznes yo‘nalishini tanlagan kommutant
(―sichqon‖) korxonalar rivojlanib kelayotgan va o‘tish
davri iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun xos bo‘lib, mahalliy ehtiyojlarni qondirish,
yordamchi ishlab
chiqarish orqali yirik korxonalar samaradorligini oshirish, bozor
munosabatlari va
raqobat muhitiga muntazam moslashib borish, ishlab
chiqarish infratuzilmasini
shakllantirish va chekka hududlarda aholi bandligini oshirishda ahamiyatlidir.
Kommutantlar mahalliy darajada faoliyat ko‘rsatib violentlar, patiyentlar va
eksplerentlar uchun ahamiyatsiz bo‘lgan bozorlarda faoliyat olib borishni ma‘qul
bilishadi. Kommutant korxonalarning innovasiya jarayonida
ahamiyati juda katta
bo‘lib innovasiyalar diffuziyasini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: