155
3.
Innovasiyalarga asoslangan milliy iqtisodiyotlar
xususiyatlari nimalardan
iborat?
4.
Mamlakat va milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta‘minlash borasida
amalga oshirilgan chora-tadbirlarni tushuntirib bering
5.
Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta‘minlash shartlarini sanab
bering
6.
Milliy mahsulotlar raqobat ustunligini ta‘minlash bo‘yicha amalga
oshiriladigan chora- tadbirlar nimalarni o‘z ichiga oladi?
156
10-BOB. RAQOBATNING INNOVASIYALARNI TATBIQ ETISH
STRATEGIYASI
Reja:
10.1. Raqobatning innovasiyalarni tatbiq etish strategiyasining umumiy
tavsifi
10.2. Innovasion strategiyalarning turlari
10.3. Imitasiya strategiyasi raqobat ustunligi sifatida
10.1. Raqobatning innovasiyalarni tatbiq etish strategiyasining umumiy
tavsifi
Innovasion strategiya
– korxonaning ko‘zlangan
maqsadga erishish va
raqobat ustunligini ta‘minlash vositalaridan biri bo‘lib, eng avvalo korxona uchun,
shu jumladan tarmoq va iste‘molchilar uchun ham ushbu vositalarning yangiligi
bilan farq qiladi. Innovasion strategiya korxonaning umumiy strategiyasi tarkibiga
kiradi va raqobat ustunligini ta‘minlashning innovasion yo‘nalishlarini ko‘zda
tutadi.
Iqtisodiyotning modernizasiya qilish sharoitida innovasion strategiyalarning
ishlab chiqilishi va ularni amalga oshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
rivojlanishi
uchungina emas, balki milliy iqtisodiyotimiz dinamik rivojlanishi
uchun ham muxim shartdir. Innovasion strategiyaning asosiy funksiyasi ilmiy
ishlanmalarning uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgilash, yangiliklarni joriy etish
va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun resurslar bilan ta‘minlashdir.
Innovasion
jarayon ishtirokchilaring faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi va nazorat
qilinadi. Innovasion strategiyalarni tanlash davlatning ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishiga,
uning
moddiy-texnik
va
moliyaviy
resurslar
bilan
ta‘minlanganligiga bog‘liq. Innovasion strategiyalarni qo‘llash korxonaning
loyihaviy, korporativ va umumiy boshqaruv tizimida ko‘pgina
murakkabliklarni
keltirib chiqaradi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
natijaning noaniqlik darajasi ortishi bilan bog‘liq muammolar. innovasion
strategiyani qo‘llash natijasida yakuniy natijani prognozlash murakkablashadi. bu
boshqaruv tizimida innovasion risklarni boshqarish bilan bog‘liq maxsus
funksional tizimni tashkil etishni taqozo etadi;
loyihalarning investision risklari darajasining ortishi. innovasion loyihalar
asosan uzoq muddatga mo‘ljallanganligi bois, investorlarning
xatarlilik darajasi
ortadi. natijada boshqaruv tizimida
innovasion-investision loyihalarni boshqarish
muammosi paydo bo‘ladi;
innovasion strategiyani qo‘llash natijasida korxonani innovasion
restrukturizasiyalash zarurati kelib chiqadi. Strategik o‘zgarishlar o‘z
navbatida
ishlab chiqarish jarayonida ham ko‘zda tutilishi lozim. shuning uchun strategik,
ilmiy-texnik, moliyaviy, ishlab chiqarish, marketing va menejment bo‘yicha
qarorlarning o‘zaro muvofiqligini ta‘minlash zarur.
Korxonalarning innovasion strategiyalari ularning
innovasion potensialini
oshirishi mumkin bo‘lgan bozorni pozisiyalash, faoliyatni diversifikasiyalash yoki
157
ixtisoslashtirish, raqobat ustunligini ta‘minlash orqali yechimini topishi mumkin
bo‘lgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi. Ushbu strategiyalar
tarmoqda resurslar mavjudligi va vaziyatdan kelib chiqqan holda bir vaqtning
o‘zida alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo‘llanilishi mumkin.
Korxonalar bozorning talabini aniq tahlil qilgan holda talabga mos jozibador
xizmatlarni taklif etuvchi innovasion strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin.
Strategiyalar xizmatlar sohasi korxonalarining innovasion faoliyati shaklini va eng
samarali harakat dasturlarini belgilab beradi.
Innovasion strategiyalar ko‘plab risklar bilan bog‘liq bo‘lib,
ularni amalga
oshirish ijobiy natijaga erishish imkoniyatini aniqlash murakkab bo‘lgan sharoitda
ishlab chiqiladi. Xizmatlar sohasi rivojlanishining yuqori sur‘atlari, iqtisodiyotning
globallashuvi, innovasion maxsulot va xizmatlarning kirib kelishi sohada
giperraqobat muhitini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: