161
Yangiliklarni joriy etish va moslashtirish strategiyasi
mavjud
innovasiyalarni tatbiq etish va ularga moslashishni ko‘zda tutadi. Ushbu strategiya
quyidagi turlarga bo‘linadi:
–
mahsulot portfelini qo’llab-quvvatlash strategiyasi
ishlab chiqarilayotgan
an‘anaviy mahsulotlarning iste‘mol xususiyatlarini yaxshilashni, ma‘naviy
eskirgan elementlardan voz kechishni ko‘zda tutadi
79
;
–
retro-yangiliklar strategiyasi
(eskirgan, biroq bugungi kunga qadar
foydalanishda bo‘lgan mahsulot va xizmatni samarali qo‘llashni ko‘zda tutadi;
–
texnologik mavqyeni saqlash strategiyasi
raqobat
pozisiyasi mustahkam
bo‘lgan, biroq, raqiblar tomonidan kutilmagan bosim ostida qolayotgan korxonalar
tomonidan qo‘llaniladi;
–
mahsulot yoki texnologik imitasiya strategiyasi
raqiblarga nisbatan
texnologik va mahsulot yangiligi bo‘yicha ortda qolayotgan korxonalar tomonidan
qo‘llanilib, qisqa davr mobaynida faoliyatni kam xarajat sarflagan holda
yangilashga qaratilgan;
–
texnologik transfert strategiyasi
yirik integrasiyalashgan korxonalar,
moliya sanoat guruhlari (MSG), transmilliy korxonalar(TMK) uchun xos bo‘lib,
ular yangi o‘zlashtirilgan texnologiyalarni quyi korxonalarga berishi mumkin.
Natijada korxonalar bosh kompaniyaga vertikal tobe bo‘lib qoladi;
–
texnologik bog’liqlik strategiyasi
ishlab chiqarilayotgan
mahsulotining
70% dan ortig‘i boshqa korxonaning texnologik innovasiyasi asosida ishlab
chiqaruvchi korxonalar tomonidan qo‘llaniladi;
–
bozorga asoslangan strategiya
joriy davrda eng rentabelli va foyda
keltiradigan mahsulotni ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lib, yangi ish boshlagan
korxonalar uchun qo‘llanilishi istiqbolli bo‘lishi mumkin.
–
radikal quvib o’tish strategiyasi
korxonalar bozorga radikal innovasiyalar
asosida yangi mahsulotni yoki yangi usulda ishlab chiqarishni kiritadi. Bunda eng
asosiy e‘tibor ITTKI va ilmtalab sohaga qaratiladi. Mazkur strategiya katta
xatarlarga ega va ko‘p xarajat talab qiladi;
–
yetakchini kutish strategiyasi
yirik korxonalar
tomonidan bozorga
innovasion mahsulot kiritish davrida qo‘llanilib, dastlab bozorga mayda korxonalar
kirib keladi, muvaffaqiyatga erishilgan taqdirda yirik korxonalar tashabbusni o‘z
qo‘liga oladi.
Har qanday innovasion strategiyalar ularni moliyalashtirish va risklarni
boshqarish bo‘yicha puxta o‘ylangan qarorlar qabul qilinishini talab etadi
Giperraqobat nafaqat bozordagi mavqye uchun kurashni, balki xomashyo,
bozor, tijorat vositachilari, innovasion ishlanmalar, nou-xau kabilar uchun bir
vaqtning o‘zida yakka holda yoki hamkorlikda kurash olib borishdir.
Savdo
markalari, maxsulot va xizmatlar brendi borgan sari keng miqyosni qamrab
olmoqda. Bu sharoitda innovasion strategiyalarni boshqarish ularga ta‘sir etuvchi
quyidagi omillarni o‘z ichiga olishi kerak:
79
Ламбен Жан-Жак. Менеджмент, ориентированный на рынок / Перев. с англ. под ред. В. Б. Колчанова.
СПб.: Питер, 2007.
800 с. 435 б
162
- S1-iste‘molni xaridor nuqtai nazaridan eng yuqori qondirilish darajasi
(Superior Stakhold Satisfaction);
- S2-strategik rejalashtirish va prognozlashtirish (Strategic Soothsaying);
- S3 Tezlik (Speed);
- S4 Raqobat qoidalarining o‘zgarishi (Shifting Rules of competition);
- S5 Strategik maqsadlar (Strategic Intent);
- S6 Strategik hamkorlik (Strategic Thrusts);
- S7-kutilmagan vaziyatlardan foydalanish (Suprise)
Giperraqobat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
1. Narx va sifat
narx bo‘yicha raqobatlashuv bozorni egallash uchun
kurashda yangi raqobat vositalaridan foydalanishni talab etadi,
bu esa tovar va
xizmatlarning sifat ko‘rsatkichlari uchun raqobatlashuga olib keladi. Bu jarayonda
innovasion strategiyani amalga oshirishda S1 va S3 omillarni e‘tiborga olishi
kerak;
2. O‘zgarishlarni amalga oshirish vaqti va nou-xau-bozorni egallash
maqsadida yangi innovasion resurslar, nau-xau, yuqori texnologik jarayonlar juda
qiska vaqt ichida maxsulot va xizmatlarda shunday xususiyatlarni yaratadiki,
ulardan nusxa olish va o‘xshash turlarini yaratish imkoniyati bo‘lmaydi. Bunda S2,
S3 va S7 omillarga e‘tibor qaratiladi;
3. Raqobatga qarshi choralar ishlab chiqish
raqobatchilarga turli to‘siqlar
yaratish, ularni muayyan bozor segmentidan siqib chiqarish va o‘z
mavqyeini
yanada oshirish maqsad qilib olinadi. Bunda S5 va S6 omillarga e‘tibor qaratiladi;
4. Moliyaviy resurslardan foydalanish
bu asosan yirik kompaniyalarga
tegishli bo‘lib, ular mayda firmalar va tadyuirkorlik subyektlarini moliyaviy
salohiyatiga ko‘ra ustunliklari sababli bozordan chiqib ketishga yoki turli
tadbirkorlik tarmoqlari va alyanslari orqali birlashishiga majbur etadi. Bunda S4 va
S7omillarga e‘tibor qaratiladi;
Innovasion strategiyalar ko‘p rejali, dinamik va murakkab jarayon bo‘lib
uning afzallik jixatlari vaqtinchalik xarakterga ega. Xizmatlar sohasi
korxonalarining innovasion strategiyalarni ishlab chiqish mavjud resurslardan
oqilona foydalanish, tashqi muhitning o‘zgaruvchan omillariga tezda moslashuvni
ta‘minlovchi
aniq rejalar, loyiha va dasturlar bo‘lishini talab etadi. Innovasion
strategiyalarni tanlash va ishlab chiqishda rejalashtirish funksiyasi muxim rol
o‘ynaydi.
Rejalashtirish rivojlanish strategiyasiga mos ravishda innovasion faoliyat
yo‘nalishlarini ishlab chiqishni va korxonaning resurslardan foydalana olish
imkoniyatini o‘zida aks ettiruvchi hisoblar tizimi bo‘lib strategik maqsadga
erishish uchun muhim bo‘lgan qarorlar ishlab chiqishga imkon beradi
80
.
80
К.М.Ибодов. Хизматлар соҳасида инновацион стратегияларни қўллаш имкониятлари //‖Обод турмушни
таъминлашда иқтисодиѐтни ва инновацион фаолиятни такомиллаштириш муаммолари‖
мавзусидаги
республика анъанавий илмий-амалий конференция материаллари, СамИСИ,2013 йил 20 феврал, 96-98 б.