4-modul. Innovatsion izlanishlarda-ilmiy tadqiqot va tajrnba konstruktorlik ishlarini (ITTKI), tashkil yetish.
9-Mavzu. 4.3.QIShLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYaLARNI JORIY YeTIShNING TAYYoRGARLIGINING ASOSIY VAZIFALARI.
Reja:
Kirish.
9.1. 4.3.1.Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorgarligining vazifalari, xususiyatlari va bosqichlari.
9.2.4.3.2.Innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy darajasini tahlil qilish va uning istiqboli.
9.3. 4.3.3.Injiniring va reinjiniring jarayonlari.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan qo‘shimcha adabiyotlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 1.04.2021 yildagi PF-6198-sonli ”Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni
Tayanch iboralari (Kalitli so‘zlar): innovatsiya, texnologiya, ishlab chiqarish tashkiliy-texnologik vazifa, xususiyat,bosqich,tahlil, istiqbol,
Injiniring,reinjiniring, jarayon va h.o.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:“Bliss-Opros”,“Disput” (munozara), “insert”, “klaster”, “aqliy hujum” muammoli ta’lim,kuzatish.
Adabiyotlar:A1;A2;A4; X1;X3;X5;Q2;Q3;Q8;Q11;Q15;Q22; Internet saetlari.
KIRIS’H.
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo – tijoriy asosda xorijiy kontragentga ilmiy –texnik faoliyat natijalarini yetkazib berishdir. Bular nafaqat ilmiy, balki amaliy tajriba boyliklari hamdir.
Texnologiyalar bilan xalqaro savdo ob’ektlari bo‘lib, intellektual faoliyat natijasida buyumga aylantirilgan va buyumga aylantirilmagan shakllar hisoblanadi va bu shakllar o‘rtasida aniq chegeralar yo‘q. Xalqaro texnologiya bozori sub’ektlari sifatida davlat, oliy o‘quv muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlari, turli firmalar va fondlar, shuningdek jismoniy shaxslar –ixtirochilar, olimlar chiqishi mumkin. Texnologiya intellektual mulk qismi hisoblanadi va tegishli tarzda milliy qonunchilik va xalqaro bitimlar bilan qo‘riqlanadi. BMT tizim maxsus muassasa –Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectuyal Property Organisation, WIPO, VOIS) faoliyat ko‘rsatadi. U ko‘p sonli konvensiyalar, shartnomalar va davlatlar ittifoqiga tayanib ish yuritadi. Texnologiyalar almashinishida quyidagi bosh xillarni ajratish mumkin: Ixtiro shaklidagi bilim va tajriba sanoat nusxalari, tovar belgilari, foydali modellar. Ixtirolar, ularni muallifligi va monopol huquqidan foydalanishni mustahkamlovchi davlat guvohnomasi –patent. Patent faqat berilgan mamlakatida amal qiladi, shuning uchun chet el patetntligi keng tarqalgan. Agar patent egasi patentdan foydalanmasa, uni sotishi yoki litsenziya bitimga asosan foydalanishiga ruxsat berishi mumkin. Chet ellik kontagentga litsenziya berish xalqaro litsenziyalash deb ataladi.
Litsenziya bitimining uchta asosiy turi mavjud. Oddiy litsenziyani sotish chog‘ida patent egasi –litsenziya beruvchi litsenziya ob’ektidan mustaqil foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Uni uchinchi shaxsga berish ham mumkin. Mutloq litsenziya shartnomasi tuzilayotganda litsenziya beruvchi sotib oluvchiga litsenziya ob’ektiga mutlaq huquq taqdim etadi. Lekin bu ob’ektni o‘zi mustaqil ishlab chiqarish huquqini saqlab qoladi. To‘liq litsenziya shartnomasi tuzish chog‘ida litsenziya beruvchi shartnoma muddati davrida litsenziya ob’ektidan foydalanish huquqiga ega emas.
Litsenziyalar bilan xalqaro savdo – texnologiyalar bilan almashinuvning asosiy shaklidir. Litsenziya to‘lovlari (litsenziya uchun to‘lov) davriylikka – royalti va bir vaqtning o‘zida – paushalga bo‘linadi. Royalti – bu intellektual resurslar uchun renta. U litsenziya xaridorining daromadidan ajralma ko‘rinishida bitim muddati davomida to‘lanadi. Paushal to‘lov –litsenziya bitimida qat’iy belgilangan summa, ishlab chiqarish hajmi va mahsulotning sotilishiga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |