96
5. Aholi jon boshiga real YaIM darajasi indeksi
aholining xarid qobiliyati
pariteti bo‘yicha AQSh dollari miqdorida aniqlanib, eng yuqori miqdori xarid
qobiliyati pariteti bo‘yicha 40000 AQSh dollari, eng quyi miqdori 100 AQSh
dollari
(
) ( )
( ) ( )
GDPpc:
Aholi jon boshiga real YaIM darajasi, xarid qobiliyati pariteti
bo‘yicha AQSh dollari
2010 yilgi Insonni rivojlantirishi to‘g‘risidagi global ma‘ruzada Inson
salohiyatini rivojlantirish indeksiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. Avvalgilarida
bo‘lgani kabi yigirmanchi global ma‘ruzada ISRI insonni
rivojlantirishning uch
asosiy mezoni – salomatlik, bilim va daromadlar bo‘yicha erishilgan natijalarni
o‘lchaydigan kompozit indeks sifatida saqlanib qolgan. ISRIning avvalgi
formulalariga muvofiq ―salomatlik‖ mezonini o‘lchash uchun tug‘ilgan paytda
kutilayotgan umr davomiyligidan foydalanilgan.
Ta‘lim yoki bilim darajasini aniqlash uchun katta
yoshdagi aholi salomatligi
ko‘rsatkichlari hamda maktab ta‘limi (boshlang‘ich maktabdan boshlab oliy o‘quv
yurtlarigacha) bilan qamrab olish ko‘rsatkichlari ishlatilgan.
Ijtimoiy rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishi miqdor va sifat
xususiyatlarini ifolaydigan ko‘rsatkichlarning umumlashtirilgan tizimi ishlab
chiqilgan va ilmiy jixatdan asoslangan. Ularga quyidagilar kiradi:
inson saloxiyatini rivojlantirish indeksining tabaqalashish koeffisiyenti.
U
tahlil etilayotgan mamlakatlar, mamlakat mintaqalari,
ijtimoiy guruhlarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi farqlar darajasini ko‘rsatadi;
salomatlik (uzoq umr ko’rish) indeksining tabaqalanishi koeffisiyenti
. U bir
mamlakat, mintaqadagi aholining salomatligi boshqalarga nisbatan qanday
ekanligini ko‘rsatadi;
ta’lim indeksini tabaqalanishi koeffisiyenti.
Mazkur ko‘rsatkich bir
mamlakat (mintaqa yoki tadqiqotning boshqa obyekti) aholisi ta‘limining darajasi
boshqa mamlakat aholisinikiga qaraganda qanchalik yuqoriligini aks ettiradi;
daromadlar indeksi tabaqalanishining koeffisiyenti.
U tahlil etilayotgan
mamlakatlar yoki mintaqalar iqtisodiy tabaqalanishi darajasini aniqlab beradi;
o’lim indeksining tabaqalanish koeffisiyenti.
U taqqoslanayotgan
mamlakatlar yoki mintaqalar aholisi salomatligi o‘rtasidagi farq ko‘rsatkichi
hisoblanadi;
kasb ta’limi darajasi tabaqalanishining koeffisiyenti.
U
orqali tadqiq
qilinayotgan mamlakatlar yoki mintaqalarda aholining ta‘limning ikkinchi yoki
uchinchi bosqichi bilan qamrab olinishi darajasi o‘rtasidagi farqlarni ifoda etadi.
ISRI hisoblashda ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning zarur ijtimoiy
statistik ma‘lumotlarni olishning qiyinligi, o‘tish davri mamlakatlarida esa ayrim
bo‘limlar bo‘yicha umuman ma‘lumotlar mavjud emas. Ta‘kidlash
joizki ayrim
mamlakatlar o‘z nufuzini oshirish maqsadida vaziyatni yashirishga harakat
qilishadi, shuning uchun ayrim milliy statistik tashkilotlar tomonidan taqdim
etilgan ma‘lumotlar ham ishonchli bo‘lmaydi.
97
ISRI BMTning 190 ta a‘zo davlatni qamrab olgan bo‘lib, 188 ta davlat,
Gonkong (Xitoy) va Falastin muxtoriyati kabi alohida ma‘muriy hududlardan
iborat. ISRI bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etishni
istamagan davlatlar ushbu
ro‘yxatga kiritilmaydi.
ISRI inson salohiyati konsepsiyasining strategik unsuriga aylandi. Inson
salohiyatini rivojlantirish indeksi salomatlik, ta‘lim va daromadning jamlanma
o‘lchami hisoblanib, ushbu mezonlar bo‘yicha
erishilgan taraqqiyot
ko‘rsatkichlarini baholaydi. Mazkur indeks faqat daromadga asoslangan rivojlanish
tushunchasidan ancha kengroq tushunchadir.
Bevosita ISRI davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligining asosiy
mezoni sifatida ko‘riladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat shunchaki yalpi ichki
mahsulotni ko‘paytirishga intilib qolmasdan ISRIda o‘z ifodasini topadigan
fuqarolarning turmush sifatini oshirish choralarini ko‘rishi kerak. Turmush sifatini
oshirish aholi aksariyat qismi manfaatlarini ifoda etadigan
va himoya qiladigan
davlatning strategik maqsadidir. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi esa bu strategik
maqsadga erishish vositasidan boshqa narsa emas.
Yakuniy ro‘yxat bo‘yicha mamlakatlar 4 ta guruhga ajratiladi:
1. ISRI juda yuqori bo’lgan mamlakatlar
mazkur indeks qiymati 0,8 dan
yuqori bo‘lgan mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga 2016 yilda
49 ta mamlakat kiritilgan.
6.2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: