94
tashkilot hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti markaziy rol o‘ynashi lozim
50
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi (ISRI)
insonlarning turmush sifatini
baholashning integral ko‘rsatkichi bo‘lib, pokistonlik iqtisodchi Mahbub ul-Xaq
51
boshchiligidagi BMT ekspertlar guruhi tomonidan taklif qilingan. Mazkur
indeksning asosida A.San izlanishlari borligini alohida ta‘kidlash kerak.
Mahbub ul-Haqning ta‘kidlashicha, ―Insonni
rivojlantirish konsepsiyasi
bugungi kunda eng yaxlit rivojlanish modeli hisoblanadi. U iqtisodiy o‘sish,
ijtimoiy investisiyalar, odamlar imkoniyatlarini kengaytirish, asosiy ehtiyojlarni
qondirish va ijtimoiy himoya tizimini tashkil etish, siyosiy va madaniy erkinliklar
hamda inson hayoti barcha boshqa sohalarini qamrab oladigan rivojlanishning
barcha masalalarini mujassamlashtirgan. U tor ma‘nodagi texnokratik yoki falsafiy
konsepsiya emas. U hayotni aks ettiradi‖.
Mazkur ko‘rsatkichda turmush darajasi (yoki farovonlik darajasi)
bilan
turmush sifatini farqlay olishi kerak.
Turmush darajasi
moddiy farovonlik
darajasini, ya‘ni odamlarning moddiy ehtiyoji qondirilganligining darajasini bo‘lib,
mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichini aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi
orqali ifodalanadi.
Turmush sifati
esa ―nomoddiy‖ yoki pulda ifodalanmaydigan
odamlarning salomatligi va umr ko‘rish davomiyligi, dam olish va bo‘sh vaqtini
o‘tkazish,
madaniy rivojlanish, o‘zligini namoyon qilish, bilimlar va ma‘naviy
boylikning boshqa ne‘matlaridan foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi.
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi har yili turli mamlakatlarda turmush
darajasi, savodxonlik, ta‘lim, umr ko‘rish davomiyligi kabi inson salohiyatining
asosiy xususiyatlarini o‘lchash va taqqoslash uchun har yili hisoblab chiqiladi. U
turli mamlakatlar va mintaqalar turmush darajasi o‘rtasidagi umumiy farqlarni
aniqlashda standart va vosita vazifasini o‘taydi.
Mazkur indeks BMTning
Rivojlanish dasturi doirasida inson salohiyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi
hisobotlarda e‘lon qilinadi.
ISRI ni hisoblab chiqishda ko‘rsatkichlarning uch turi hisobga olinadi:
• inson tug’ilgan paytda kutilayotgan o’rtacha umr ko’rish;
•
ta’lim olishning o’rtacha davomiyligi va ta’lim olishning kutilayotgan
davomiyligi;
•
munosib turmush darajasi
. Bu aholi jon boshiga yalpi milliy daromadning
xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha AQSh dollarida baholanadi.
Inson salohiyatini rivojlantirish indeksi insonni rivojlantirishining integral
jamlanma ko‘rsatkichidir. U yuqorida qayd qilingan uchta asosiy ko‘rsatkich
bo‘yicha mamlakatda erishilgan o‘rtacha darajani ifoda etadi.
50
BMTning Mingyillik rivojlanish deklarasiyasi (BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 8 sentyabrdagi 55/2
rezolyusiyasi bilan qabul qilingan // http: //www.un.org.
51
Mahbub ul-Xaq (1934-1996) – pokistonlik buyuk iqtisodchi, Insonni rivojlantirish ma‘ruzasining
asoschisi,
―Iqtisodiy rejalashtirish strategiyasi‖, ―Insonni rivojlantirish to‘g‘risida mulohazalar‖, ―Rivojlantirish maqsadlarida
hamkorlik uchun yangi asoslar‖ asarlarining muallifi.
95
Mazkur uch mezon bo‘yicha integral indeksni aniqlash uchun dastavval xar
bir mezonning indeksi hisoblab chiqilishi kerak. Ko‘rsatkichlarni 0 dan 1,0 gacha
bo‘lgan miqdorini indekslarga aylantirish uchun mezonlarning eng kam va eng
ko‘p miqdorlarini o‘rnatish talab qilinadi. Indeksning integral ko‘rsatkichini
hisoblab chiqish uchun o‘rtacha biometrik miqdorlar ishlatilishi sababli eng ko‘p
miqdor har qanday ikki mamlakat yoki vaqt davrlari o‘rtasidagi taqqoslashga
(foizlarda) ta‘sir ko‘rsatmaydi.
2010 yilda ISRI ko‘rsatkichlari yanada kengaytirildi, indeksning o‘zi esa
sezilarli darajada o‘zgartirildi. Qo‘shimcha ravishda ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni
hisobga olgan holda inson rivojlanish indeksi, (IRI),
gender tengsizlik indeksi
(GTI) va ko‘p o‘lchamli qashshoqlik indeksi (KO‘QI).
tengsizlikni hisobga olgan holdagi insonni rivojlantirish indeksi
. Unda
insonning salomatlik, ta‘lim va daromadlar o‘rtacha ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi
farqlar hisobga olinadi;
gender tengsizligi indeksi.
U ish kuchi, salomatlik, bilimlar o‘rtasidagi
tafovutni hamda ayollarga salbiy ta‘sir ko‘rsayotgan imkoniyatlarni hamda
ularning huquqlarini kengaytirishni ifoda qiladi;
ko’p o’lchamlik kambag’allik indeksi
. U
rivojlaniyotgan mamlakatlar
aholisining ta‘lim, sog‘liqni saqlash va turmush darajasidagi jiddiy farqlarni
aniqlash imkonini beradi.
ISRI quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: