83
5.3.1-jadval davomi
Kadrlarning
tayyorgarlik
darajasi
Agrar sohaga
xarajatlar
Ishlovchi
ayollar va
erkaklar nisbati
Yuridik huquq
indeksi, 0-10
(yaxshi)
Bozor miqyosi
Tashqi bozor
sig‘imi 1-7
Ichki bozor
sig‘imi 1-7
Savdo to‘siqlari
Savdo
tariflari, %
Xorijiy mulkning
mavjudligi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
investisiyalar
kiritishning
biznesga ta‘siri
Bojxona
xarajatlari
YaIMda Import
ulushi (%)
Mijozlarga
yo‘naltirilganlik
darajasi
Iste‘molchilarning
talabchanligi
Shveysariya 2016–2017 yilda global raqobatbardoshlik indeksida yetakchilik
qiladi. Bu ketma-ket 8 yildan bo‘yon erishilayotgan natijadir. Ikkinchi o‘rinda
Singapur, uchinchi o‘rinda AQSh bo‘lib, dunyo bo‘yicha innovasion mahsulot va
xizmatlar yetkazib beruvchi mamlakatlardir.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqobatbardoshlik darajasi o‘rtasidagi
tafovut
YeI mamlakatlarida hududdagi iqtisodiy muammolar tufayli saqlanib qolmoqda.
Fransiya, Angliya, Gollandiya, Germaniya kabi Shimoliy va G‘arbiy Yevrop
mamlakatlarida bu ko‘rsatkich juda yuqori bo‘lgan
holda Yevropaning janubiy
mamlakatlari Ispaniya (32 o‘rin), Italiya (44), Portugaliya (46) va ayniqsa Gresiya
(86) bu borada iqtisodiy inqiroz va makroiqtisodiy beqarorlik tufayli sezilarli
darajada past bo‘lib qolmoqda.
Yaqish Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalarida davom etayotgan geosiyosiy
beqarorlikka qaramasdan Birlashgan Arab Amirliklari (16), Katar (18), Isroil (24)
va Saudiya Arabistoni (29) o‘rinni egallagan. Ushbu
mamlakatlarning pozisiyasi
bu borada Shimoliy Afrikaning yetakchi mamlakati hisoblangan Marokko (70
o‘rin)dan juda katta farq qiladi.
84
Afrika va Janubiy Sahroi Kabir mamlakatlari ichida Mavrikiy (45 o‘rin), JAR
(47) va Ruanda (52) yetakchilik qiladi. Afrikaning qolgan davlatlari kam daromad
va past rivojlanish darajasi tufayli bugungi kunda tashqi qo‘llab-quvvatlashga
muhtoj bo‘lib, ushbu reytingning eng quyi ko‘rsatkichiga ega yoki umuman
reytingga kirmaydi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida Chili (33 o‘rin) yetakchi bo‘lib kelmoqda.
Mintaqadagi barqaror iqtisodiy o‘sish suratlariga qaramasdan ayrim mamlakatlar
ishlab
chiqarish samaradorligi, stagnasiya tufayli o‘z raqobatbardoshligini
muntazam yo‘qotib bormoqda. Mintaqada Panama (42 o‘rin), Meksika (51) va
Kosta-Rika (52) barqaror raqobatbardoshlik indeksini saqlab kelmoqda.
Jadal suratlar bilan rivojlanayotgan Xitoy (28 o‘rin), Braziliya (81) bu
yilda
bir pog‘ona pastga, Hindiston (39) esa o‘z mavqyeini saqlab kelmoqda.
Rossiya Federasiyasi 2016 yilda
45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarildi.
Mamlakat iqtisodiyotining resessiyasiga qaramasdan ayrim asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar boshqa mamlakatlarga nisbatan hamon yuqoriligini saqlab
kelmoqda. RFning eng kuchli tomonlari oliy ta‘lim bilan keng qamrab olinganlik,
infratuzilmaning
kuchli rivojlanganligi, biznesni tartibga solishning soddaligidir.
Biroq bugungi kunda RFning innovasion salohiyati, moliya bozorining yetarli
darajada
rivojlanmaganligi, mahalliy boshqaruv organligi olib borayotgan siyosat
va iqtisodiy institutlarning samarasizligi saqlanib qolmoqda. Shuningdek Yevropa
va AQSh tomonidan kiritilgan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarning saqlanib
qolayotganligi, mineral xomashyo resurslari narxining
beqarorligi ham RF
raqobatbardoshligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ayniqsa mamlakat iqtisodiyotining
asosiy muammolaridan biri korrupsiya darajasi, soliq stavkalarining yuqoriligidir.
Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Estoniya (30 o‘rin), Litva (36) Ozarbayjon
(37), Latviya (49 o‘rin), Qozog‘iston (53), Gruziya (59), Tojikiston (77),
Armaniston (79), Ukraina (85), Moldova (100) va Qirg‘iziston (111) reytingga
ega
41
.
Do'stlaringiz bilan baham: