5.3. Butunjaxon iktisodiy forumi (BIF) (The Global Competitiveness Report)
ning mamlakatlar raqobatbardoshligini baholash metodikasi
Butunjaxon iktisodiy forumi raqobatbardoshlikni baholashda ikki xil
yondashadi: raqobatbardoshlikning o‘sish darajasi (The Growth Competitiveness
Index) va 118 mezonni o‘z ichiga olgan mikroiqtisodiy raqobatbardoshlik darajasi
(The Microeconomic Competitiveness Index).
Raqobatbardoshlikning o‘sish darajasi texnologiya, jamoatchilik institutlari va
makroiqtisodiy rivojlanishga asoslangan bo‘lib, mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning
o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi holatiga baho beradi. Buni shu bilan izohlash
mumkinki, texnologik taraqqiyotsiz hyech bir mamlakatda turmush darajasi yuqori
bo‘lishi mumkin emas, biroq bu uzoq muddat raqobatbardoshlikni ta‘minlamaydi.
Institutlar ko‘zlangan maqsadga rasmiy shartnomalar va kelishuvlar asosida
erishish uchun shart-sharoit yaratib beradi va kelajakka ishonch bilan qarashni
ta‘minlaydi. Pul muomalasi va soliq siyosati, moliya institutlarining barqarorligi
40
Султанова Г.К., Мингишов Л.Ў. Ўзбекистон иқтисодиѐти рақобатбардошлиги ривожланишининг муҳим
омиллари таҳлили ва устувор йўналишлари\\ Молия ва банк иши электрон илмий журнали. 2017 йил апрел.
№7 33-42.
www.bfajournals.uz
80
nafaqat qisqa muddat uchun, balki uzoq muddatli istiqbolda ham o‘sishni
kafolatlaydi.
Mazkur uslubiyatga ko‘ra parametrlarni baholash statistik va ekspert usullar
orqali amalga oshiriladi. Masalan, texnolok omillarning «Axborot va
kommunikasion texnologiyalar» bandini baholash uchun 10000 kishiga nisbatan
Internetdan foydalanuvchilar soni, 100 kishiga to‘g‘ri keladigan shaxsiy
kompyuterlar
soni
―Davlat dasturlari Axborot va kommunikasion
texnologiyalarini qay darajada rivojlantirish imkoniyatiga ega?‖, ―Axborot va
kommunikasion texnologiyalari hukumat uchun ustuvorlikka egami?‖ kabi
parametrlar ekspert usulida baholanadi. Bu usullar o‘z navbatida ekspertlarning
bilim saviyasi tolerantligi, holisligini ham talab etadi.
Mikroiqtisodiy raqobatbardoshlik kompaniyalarning tashkil etilishi va
strategiyasi hamda tadbirkorlik uchun yaratilgan qulay biznes sharoitlar bilan
aniqlanadi. Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini baholovchi ko‘rsatkichlar 12
guruhga ajratilgan: Aggregate Country Performance Indicators (mamlakat
iqtisodiyoti mahsuldorligining aggregatlashtirilgan ko‘rsatkichi) - 9 ko‘rsatkich;
Macroeconomic Environment (makroiqtisodiy muhit) – 35 ko‘rsatkich;
Technological Innovation and Diffusion (texnologik innovasiyalar va ularning
tarqalganligi) – 18; Information and Communication Technology (axborot va
kommunikasion texnologiyalar) – 11; General Infrastructure (umumiy
infratuzilma) – 16; Public Institution – Contracts and Low (jamoatchilik institutlari
– kelishuv va qonunlar) – 22; Public Institution – Corruption (jamoatchilik
institutlari – korrupsiya) – 15; Domestic Competition (mahalliy raqobat) – 11;
Cluster Development (klasterlarning rivojlanganligi) – 10; Company Operation
and Strategy (kompaniyalarning tashkil etilishi va strategiyasi) – 21;
Environmental Policy (atrof muhit bo‘yicha siyosat) – 14; International Institution
(xalqaro institutlar) – 6.
Menejmentni
rivojlantirish
Xalqaro
instituti
uslubiyatiga
ko‘ra
raqobatbardoshlikni baholash 4 guruhga ajratilgan omillar asosida amalga
oshiriladi:
milliy iqtisodiyotning iqtisodiy samaradorligi
mamlakat iqtisodiyotining
rivojlanish, xalqaro savdo, xorijiy investisiyalar, bandlik va narx bo‘yicha 83
mezon asosida aniqlanadi.
hukumat siyosatining samaradorligi
moliya tizimi, soliq siyosati,
institusional tuzilma, tadbirkorlik sohasiga rid qonunchilik, ijtimoiy tuzilma
bo‘yicha 77 ta mezon.
biznesning samaradorligi
innovasion faoliyat va innovasiyalarga kiritilgan
qo‘yilmalar, rentabellik va to‘lovga qodirlik bo‘yicha 69 ta mezon.
infratuzilmaning holati
umumiy, texnologik infratuzilma, sog‘liqni
saqlash va ta‘lim infratuzilmalari bo‘yicha 94 ta mezon.
Ikkala holatda ham raqobatbardoshlikni baholash yetarli darajada keng, juda
ko‘p ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi va ko‘p mehnat hamda mablag‘ talab
qiluvchi jarayondir. Shu bois bunday uslubiyatdan hududiy iqtisodiy tizimlar
darajasida raqobatbardoshlikni baholashda kam foydalaniladi.
81
Baholash maqsadida tanlab olingan ko‘rsatkichlar tadqiqotchining qaysi
masalalarni tahlil qilishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Agarda mamlakat raqobatbardoshligini baholash hududga mehnat resurslarini
jalb qilish maqsadida shakllantirilayotgan bo‘lsa, buning uchun asosanijtimoiy
ko‘rsatkichlar (hududdagi o‘rtacha ish haqi, uo‘-joy bilan ta‘minlanganlik, ijtimoiy
kafolatlar), investision jozibadorlikni baholash maqsadida esa asosan sanoat
infratuzilmasi, tadbirkorlik va sanoat sohasidagi qonunchilik hamda davlat siyosati
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar olinadi.
Raqobatbardoshlik reyting yillik tadqiqotlar asosida yetakchi ilmiy-tadqiqot
institutlari, mamlakatlarrdagi kompaniyalar va ko‘plab hamkor tashkilotlar
hisobotlari asosida so‘rov va statistik ma‘lumotlarni umumlashtirish orqali
aniqlanadi. 2016 yilda bu maqsada 138 mamlakatdan 14 mingdan ortiq biznes
yetakchilari
so‘rov orqali o‘rganildi. Mazkur hisobotga shuningdek
mamlakatlarning kuchli va zaif tomonlari ham kiritiladi.
Butunjaxon iktisodiy forumi (BIF) tadqiqotlarida ikkita asosiy indeks, global
raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI) va biznesning
raqobatbardoshlik indeksi (Business Competitiveness Index, BCI) qo‘llaniladi.
Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index, GCI) 2004 yilda
Kolumbiya Universiteti professori Ksavye Salai-Martin (Xavier Sala-i-Martin)
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ―Institutlarning sifat darajasi‖, ―Infratuzilma‖,
―Makroiqtisodiy barqarorlik‖, ―sog‘liq va boshlang‘ik ta‘lim‖, ―Oliy ta‘lim va
kasbiy tayyorgarlik‖, ―Tovar va xizmatlar bozori samaradorligi‖, ―Mehnat bozori
samaradorligi‖, ―moliya bozorlarining rivojlanganligi‖, ―Texnologik daraja‖,
―Ichki bozor o‘lchamlari‖, ―Korxonalar raqobatbardoshligi‖ va ―Innovasion
salohiyat‖dan
iborat
12
ta
raqobatbardoshlik
ko‘rsatkichini o‘zida
umumlashtirgan.
Bu
turli
darajada
rivojlangan
mamlakatlarning
raqobatbardoshligini tahlil qilish imkonini beradi.
82
5.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |