Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING BOLA TAFAKKURIDAGI O‘RNI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING BOLA TAFAKKURIDAGI O‘RNI 
N.B.Adizova BuxDUPI dotsenti 
N.B. Rajabova BuxDUPI 1-bosqich magistr 
Kalit so‘zlar: 
ona tili, so‘z, mashq, ta’lim, tarbiya, tizim, muammo, faol, umumlashtirish
mustahkamlash, noan’anaviy, interfaol, innovatsion, usul, konferensiya, dars, badiiy adabiyot, 
Multimedia, 
Annotatsiya: 
Usbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshi, saviyasi va bilimni qabul 
qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘qitish printsiplari va 
metodlariga qat’iy amal qilish ta’kidlab o‘tilgan. 
Ertak — xalq ogʻzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri hisoblanadi. Ertaklar insonning 
axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda foydali asosdir. Unda inson va tabiatning yaqinligi, odamlarning 
qanday munosabatlari va hissiyotlari borligi, yaxshilik va yomonlikni qanday ajratish mumkinligi 
ko‘rsatilgan. Bolani fikrlashga, qaror qabul qilishga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi. Ertaklar azaldan 
xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatsevarlik, 
xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan. Ertak bolada hayot haqida tasavvur uyg‘otadi, 
yaxshi va yomonni ajratishga ko‘maklashadi, murakkab vaziyatlardan chiqish yollarini o‘rgatadi. Ertak 
orqali farzandingiz boshqalar bilan o‘zaro munosabat meyorlarini, bilishi mumkin bolgan muammo va 
to‘siqlarni anglay boradi. Farzandingizga qiyinchiliklarni yengib o‘tish, muammoni hal qilish
voqealikning yaxshilik, adolat va muhabbat bilan tugashiga umid qilishdan saboq beradi.Siz uchun oddiy 
tuyulgan ertak kichkintoyingiz ruhiyatiga juda katta tasir qilishini xayolingizga keltiraolmaysiz. Ertaklar 
insonning axloqiy fazilatlarini tarbiyalashda foydali asosdir. Unda inson va tabiatning yaqinligi, 
odamlarning qanday munosabatlari va hissiyotlari borligi, yaxshilik va yomonlikni qanday ajratish 
mumkinligi ko‘rsatilgan. Bolani fikrlashga, qaror qabul qilishga o‘rgatadi, tasavvurni rivojlantiradi. 
Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: 
hayotiy ertaklar, 
hayvonlar haqidagi ertaklar, 
sehrli-afsonaviy ertaklar, 
ijtimoiy-maishiy ertaklar. 
Ertaklar yordamida bolalarda fantaziya, ijodiy fikrlash rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
oddiy narsalarni hayotga olib kelishadi. Hikoyalarni o‘qish yoki qayta qayta aytib berish orqali 
tanishtiriladi. O‘qish paytida maktabgacha yoshdagi bola kitobni hurmat qilishni o‘rganadi, bu 
bolalarni tarbiyalash shakllaridan biridir. Matnni qayta hikoya qilib, hikoyachi so‘zlarni o‘zgartiradi, 
iboralarni o‘zgartiradi, sharhlar kiritadi. Asosiysi, bolalar diqqat bilan tinglashlari uchun hikoyani 
hissiy jihatdan aytib berishdir. Kitobni o‘qib bo‘lgach, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun 
adabiy o‘yinlar o‘ynash, topishmoqlar aytish foydalidir. Ota-bobolarimiz,momolarimiz farzand 
tarbiyasiga azaldan kata e’tibor qaratib kelgan. O‘g‘il- qizlarimiz hushxulq bo‘lib o‘ssin,nabiralarimiz el 
koriga yaraydigan inson bo‘lib ulg‘aysin deb ularni kitob o‘qishga undashni bir-biridan qiziq 
hikoya,rivoyat va ertaklar ni so‘zlab berishni zinhor kanda qilishmagan. Negaki ertaklardaezgu g‘oyalar 
ulug‘lanadi,yakuni esa yaxshilik bilan tugab yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadi. Hozir biz kata 
yoshdagilar biroz befarqmiz nima uchundir ertak aytishga erinamiz. 


382 
Ertak bilan ishlash bosqichlari: 
-
Bolalarni o‘zbek xalq ertaklari bilan tanishtirish - o‘qish, hikoya qilish, mazmuni bo‘yicha 
suhbatlar, rasmlarga qarash - ertakning harakatlariga va qahramonlariga hissiy munosabatni rivojlantirish. 
-Bolalar tomonidan ertakni hissiy idrok etish - ertak mazmunini mustahkamlash uchun bolalarning 
ertak mazmunini qayta aytib berishlari, ertak qahramonlari bilan ochiq o‘yinlar tashkil etish. 
-Ertak ustida ishlashning bu shakllari bolalar ertak mohiyatini qanday tushunganliklarini 
aniqlash imkonini beradi. 
-
Badiiy faoliyat - modellashtirish, chizish, qo‘llash, loyihalashda ertak qahramoniga munosabat - 
bolalarga ertak qahramonlariga bo‘lgan munosabatini ifodalash, o‘z tajribalarini gavdalantirish, 
hamdardlik, taqdirga hamdardlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga imkon beradi va ertak qahramonlarining 
harakatlari. 
-
Mustaqil faoliyatga tayyorgarlik - ertaklardan syujetlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan 
o‘yinlar, ertaklarni dramatizatsiya qilish, qahramonlar, ertak syujetlaridan foydalangan holda ijodiy 
o‘yinlar - bolalarni ertak qahramoniga aylantirish usuli nafaqat hamdardlik, balki hamdardlikni 
rivojlantirishga yordam beradi. 
Shuningdek, ertakning axloqiy saboqlarini tushunish, nafaqat ertak qahramonlari, balki atrofdagi 
odamlarning harakatlariga ham baho berishdir. 
Shuni unitmaslik lozimki farzand tarbiyasida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr juda muhim va 
nozik davr hisoblanadi. Ota-onasi xoh eng yaxshi odamlar bo‘lsin, xoh eng yomon go‘dak yozilmagan 
qog‘oz, bitilmagan doston.Tili endigina chiqqan farzandingiz savol beraverib, sizni esankiratib 
qoyadi.Aynan muhim. Afsuski ko‘pchilik yosh onalar bu holdan bezor bo‘lib, bolasini noo‘rin jerkib 
tashlaydi.Bola bunday vaziyatda biror nimani o‘rganishga ham qo‘rqib qoladi Unutmang tili chiqib yura 
boshlagan kichkintoyingiz juda g‘ayratli va serharakat. Uning lug‘atida har kuni yangi-yangi so‘zlar 
paydo bo‘lib o‘sib boradi.Aynan shu payti farzandingizga nima o‘rgatsangiz tez ilib oladi. Unda syujetli 
o‘yinlarga ehtiyoj tug‘uladi.Agar bu paytda aytib bergan ertaklaringizni u bilan rolga kirib o‘ynasangiz 
foydadan holi bo‘lmaydi. Ertak bolada hayot qadidagi tasavvurlarni uyg‘otadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish