Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

1-jadval. Tarbiyachining mashg‘ulotga tayyorgarlik moduli. 
Yo‘nalish: Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash. 
Mashg‘ulot mavzusi: Havo bilan tanishtirish. 
Mavzu maqsadi: Bolalarni tevarak-atrof 
bilan 
tanishtirib 
borish, 
havo 
haqidagi 
tasavvurlarni shakllantirib borish, lug‘at boyligini 
oshirish, badiiy-estetik qarashlari va mustaqil 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 
Vazifalari: 1. 
Ta’limiy
: bolalarning havo 
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish. 
2.
Tarbiyaviy: 
havo va suv bilan ishlashda 
ehtiyotkorlikni tarbiyalash. 
3.
Rivojlantiruvchi: 
 
 
bolalarning
amaliy 
tajribalarni o‘tkazish asosida mustaqil xulosa 
chiqarish va fikrlash doirasini kengaytirish. 
Bolalar egallashi lozim bo‘lgan asosiy 
tushunchalar: 
-
havo haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
-
havoni tutish usulini o‘rganish; 
-
havo xususiyatlarini bilib olish; 
-
inson 
tanasi 
ichida 
ham
havo mavjudligini tajribalar orqali 
aniqlash. 
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi: 
·
Havo haqida nimalarni bilasiz? 
·
«Aqliy hujum» – 3 daqiqa (topishmoq 
orqali) 
·
Laboratoriyada havo orqali
tajribalar o‘tkazish – 20 daqiqa 
·
Enerjayzer – 3 daqiqa 
·
Refleksiya – 4 daqiqa 
Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: 
polietilen 
xaltalar 
(bolalar 
soniga 
qarab), 
guash (bo‘yoqlar), sharlar, stakan va naycha, 
sandiqcha, tog‘oracha, tosh, taxtacha va 
mayda predmetlar 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, interaktiv usullarni qo‘llab tayyorlov guruhida tajriba- 
tadqiqot mashg‘ulotining tarbiyachi tomonidan tayyorgarlik moduli va mashg‘ulot ishlanmasidan namuna 
keltiramiz (1-jadval). 
Mavzu: Havo bilan tanishtirish. 
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi
: Bolalar, bugun men sizlarga tadqiqot bilan shug‘ullanadigan olimlar rolini bajarish 
imkoniyatini beraman. Hozir men sizlarga bir topishmoqni aytaman. Topishmoqning javobini topsangiz, 
tadqiqot nima bilan o‘tkazilishini bilib olasiz. 
Bolalar
: Havo. 
Tarbiyachi
: Uni olib bir necha marta puflaymiz, endi uni buraymiz, xalta havoga to‘ldi, havo 
to‘ldirilgan xaltacha yostiqqa o‘xshaydi. Havo butun yostiqchaga o‘rna-shib xaltachani egalladi. Agar biz 
uni yechib yuborsak nima bo‘ladi? 
Bolalar
: Xaltadagi havo chiqib ketadi, buyum o‘z holiga qaytadi. 
Tarbiyachi
: Havoni sezish uchun uni tutishimiz kerak ekan, biz bunga erishdik. Biz havoni tutdik. 
Tajriba 2. «Puflash mashqi». 
Tarbiyachi: 
Sizning oldingizda suv solingan stakan bor, stakanga solingan naychani puflaymiz va 
nima sodir bo‘lishini kuzatamiz. 
Bolalar
: Mayda pufakchalar hosil bo‘ladi. 


380 
Tarbiyachi
: Biz puflaganimizda havo chiqib, suvda pufakchalar hosil bo‘ladi. Demak, havoni yana 
bir bor kuzatdik. 
Tajriba 3. «Uchar sharlar». 
Tarbiyachi: 
Bolalar qaranglar, bugun mashg‘ulotimizga uchar sharlar kelishibdi. Bittasi quvnoq, 
to‘la va qip-qizil, ikkinchisi rangi oqargan, ozg‘in va xafa. Siz nima deb o‘ylaysiz ikkinchi shar nega 
unaqa? 
Bolalar
: Uning ichida havosi yo‘q chiqib ketgan, bu shar dum-dumaloq bo‘lishi uchun uni puflash 
kerak.
Tarbiyachi
: Siz nima deb o‘ylaysiz biz sharni puflasak, sharning ichida nima paydo bo‘ladi? 
Bolalar
: Havo. 
Tarbiyachi
: Endi kaftlarimizni og‘zimizga qo‘yib nafas chiqaramiz, nimani his qildingiz? 
Bolalar javobi
: Kaftimizga havo tekkanini. 
Didaktik o‘yin. 
«Cho‘kadi-cho‘kmaydi» 
Bolalar navbati bilan sandiqchadan tosh, taxtacha, boshqa mayda predmetlarni tog‘orachadagi 
suvga tashlab ko‘radilar. 
Tarbiyachi
: Bolalar, ko‘rdingizmi ichida havosi bor predmetlar suv ustida qalqiydi. 
Enerjayzer. «Quvnoq sharchalar». 
O‘yinning borishi. Ushbu o‘yin uchun 6-8 ta shar kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar «sanama» aytish 
orqali 3 yoki 4 guruhga bo‘linadilar. Har bir guruh a’zolari davra qurib, bir-birlarining qo‘llarini mahkam 
ushlaydilar. Tarbiyachi har bir guruhga bir nechta shar beradi. Ularning vazifasi qo‘llarini qo‘yib 
yubormasdan sharlarni havo-da iloji boricha ko‘proq o‘ynatishdan iborat. Yerga tushgan sharni olish 
mumkin emas. Sharlarni uzoq vaqt havoda ushlab o‘ynatgan guruh g‘olib deb topiladi. Shu tariqa faoliyat 
yakunlanadi. 
Ushbu interfaol usullardan foydalangan holda turli qiziqarli mashg‘ulotlarni tashkil qilish va 
o‘tkazish bolalarning ekologik dunyoqarashini kengaytiradi, ta'lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, 
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, interfaol usullarni amalda qo‘llash natijasida bolalar bu usullarni 
o‘zidan o‘tkazib, ko‘proq amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar. 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib quyidagilarni aytish joiz. Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida 
solayotgan, tashvishlantirayotgan va global muammoga aylanib borayotgan muammolardan biri butun 
olamdagi ekologik vaziyat ekan, ularning kelib chiqishiga asosiy sabab insonlarda ekologik madaniyat va 
ekologik ongning yetishmasligidir. Shu bois ham bolalarni tabiatga qadam qo‘ygan vaqtdan boshlab, 
butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, tabiatni ko‘z qorachig‘iday asrab- 
avaylashga o‘rgatish, ularga kichikligidanoq turli xil usullar, hayotiy misollar yordamida ekologik 
dunyoqarashni shakllantirish lozim. Chunki hech kim va hech narsa abadiy emas, shu jumladan biz ham! 
Yaxshilik qilmoqchimisiz bog‘ yarating, farzandlarga to‘g‘ri tarbiya bering yaxshi inson 
bo‘lishsin. Shunda butun insoniyatga yaxshilik qilgan bo‘lasiz. Bundan ortiq yaxshilik yo‘q bu olamda. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish