378
jamoatchilikning o‘rni katta. Bolalarda ekologik tarbiyani rivojlantirish, tabiat, o‘simliklar, hayvonot
olami bilan bilan tanishtirish, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni tushuntirish, o‘rgatish vazifamizdir.
MTTlarda bugungi kunda Janubiy Koreya ta’limidan andoza olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoni
olib borilmoqda. Masalan “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturi ham aynan Janubiy Koreyatajribasi asosida
ishlab chiqilgan. Bu dastur tarbiyachilar uchun tayyor dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Avvalgi
o‘quv dasturlaridan farqli ravishda “Ilk qadam”da barcha mashg‘ulotlar, faoliyatlar bir-biriga bog‘liq
holda uyg‘unlikda olib boriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning bilim olishi, atrof-olam bilan tanishishlari
osonlashmoqda. Bu dastur 5 ta markazni qamrab olgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk
qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1.
Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq
mashg‘ulotlar)
2.
Qurish-yasash,
konstruksiyalash
va
matematika
markazi.
(Qurish
yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3.
San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan
syujetli qoidali o‘yinlar)
5.
Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
MTTlarda bolalarga ekologik tarbiya berishda ilm-fan va tabiat markazining alohida o‘rni bor.
Tabiat qo‘yniga sayr, bog‘da o‘ynash kabilar bolalarda tabiat bilan tanishishlari
uchun keng imkoniyat
beradi. Kichkina "bolajon" har kuni ko‘plab savollarni so‘raydi. Nima uchun yomg‘ir yog‘adi, nega
shamol esib turadi, nima uchun quyosh porlashi mumkin ... Tabiiy hodisalarning mohiyatini va kichik
yoshdagi bolalarning qonuniyligini tushuntirish uchun nima bo‘lishining sabablari va oqibatlari haqida
gapirish oson ish emas. Albatta, siz aytishga yoki ko‘rsatib berishga harakat qilishingiz, oddiy
tajribalarni o‘tkazishingiz mumkin. Ilm-fan va tabiat markazida,
tajriba sinov maydonchasida
o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu
markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz
faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa, bolalar tabiat haqidagi bilimlarning kata qismini o‘zlashtiradi. Markaz
nafaqat bolalarda, balki pedagoglarda ham qiziqish uyg‘otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan
narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar, bolalarning o‘z
qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda
qiziqarli holatlar sanaldi. O‘zbek xalqi qadriyatlari
orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish, chiroyiga-
chiroy, ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish odatlari bor.
Shu tariqa bolajonlarga tabiat haqidagi kerakli bilimlar oz-ozdan berib boriladi. Buyuklar ham
tabiat, uni asrash, to‘g‘ri munosabatda bo‘lish haqida chiroyli fikrlarni keltirishgan.
Abu Nasr Farobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, “Kitob qolhoji
va al-Miqdor”, “Kitob-al mabodi al-insonia”, “Kalam fia’zo al-hayvon” nomli asarlari bunga dalildir.
Abu Rayhon Beruniy “Saydana” asarida 1116 turdagi dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750
tasi turli o‘simliklardan, 10 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi.
Hatto Payg‘ambarimiz ham tabiatga e’tiborli va mehrli bo‘lish haqida aytib o‘tganlar.
Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v hadislarida shunday deyiladi: “Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat
turgan paytda, bexosdan qiyomat qoim bo‘lib qolishi aniq bo‘lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo‘ying”
Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy «Bolalarga jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbe»ni
ochib, birinchi so‘zini g‘ijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob-tabiat kitobini
mutolaa etishlarini istardim» deb ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq
boshlash maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim faoliyati doirasida bolalarning ongini har tomonlama
rivojlantirishga yo‘naltirilgan maktabgacha yoshdagi bolalar orasida ekologik e’tiqodni shakllantirish
tarbiyachilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning o‘ziga
xos tarbiyaviy xususiyatlari bor.
Bu jarayonni turli vositalar, interaktiv metodlar, yo‘llar bilan amalga
oshirish mumkin. Masalan, bolalarni ekskursiya, kuzatish, sayr qildirish orqali tabiat bilan tanishtirish
mumkin. Tarbiyachi bir xil sharoitda maydonchada qanday daraxtlar borligini, ularning soyasida odamlar
dam olishini aytadi. Mevali daraxtlarning mevasi insonlar uchun oziq bo‘lishini tushuntirib,
daraxtlarni
avaylab o‘stirish, shoxlarini sindirmasliklarini, kuzda salqin tushishi bilan yaproqlari tushib ketishi va
kuch yig‘ib bahorda yana gullab yashnaganini ko‘rib ko‘zimiz qo‘vonishini aytib suhbatini yakunlaydi.
O‘yinlar orqali ham bolalarning bilimiga bo‘lgan qiziquvchanligi orttiriladi. Masalan: daraxtlarning
turlari bilan tanishtirish vaqtida tarbiyachi «Yaprog‘iga qarab daraxt nomini ayt» degan o‘yindan
foydalanishi mumkin. Dastlab bolalar daraxtlarning nomini aytib beradi, rangi, shakli, katta-kichikligi
379
taqqoslanadi, belgilari aytib beriladi. Bolalar mevalarni yeb, daraxt soyasida
turib qiynalmasdan xulosa
chiqaradilar. Demak, shuning uchun insonlar daraxtlarni ekib ularni parvarish qilar ekanlar. Daraxtning
shoxchasini sindirib olib suvga solib uni kuzatamiz. Bu shoxcha rivojlanmaydi. Chunki bu yerda shoxcha
rivojlanishi uchun sharoit yo‘q. Bolalarga daraxt o‘sishi uchun tuproq, suv, havo va quyosh nurlari zarur
ekanligi isbotlanadi.
Bundan tashqari, MTT larda interaktiv usullardan «Aqliy hujum», «Rolli o‘yin», «Kichik
guruhlarda ishlash», «Bahs-munozara», «Galereyaga sayr», «Klaster», «Bumerang», «Enerjayzerlar»dan
foydalanish mumkin. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish jarayonida mashg‘ulotning boshi va oxirida mavzu
yuzasidan bolalarning tushunchalarini aniqlash hamda olgan bilimlarini mustahkamlash uchun aqliy
hujum usulidan foydalanishi maqsadga muvofiq. «Kichik guruhlarda ishlash» bolalarning o‘zaro muloqot
va fikr almashuviga asoslanadi. Bunda guruhda tahlil qilish, tekshirish asosida berilgan mavzu ishlab
chiqiladi. «Rolli o‘yinlar»da bolalarga biror muammoli vaziyat beriladi. Bolalar bu metod yordamida real
hayot holatlarini jonlantiradilar. Bahs-munozara metodida bolalarga bir kun oldin mavzu beriladi. Bolalar
savollarga ota-onalaridan so‘rab javob topib keladilar hamda berilgan savollarga javoblar «bahs-
munozara» asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: