Aerodinamik tozalash usulida
tolalarning xavo oqimi
yo‘nalishidagi
harakat traektoriyasini keskin o‘zgartirish orqali ular tarkibidagi
nuqsonlarning inersiya kuchlari ta’sirida ajralishi amalga oshiriladi.
Elektrostatikopnevmomexanik tozalash usulida
harakatdagi tola
bo‘lakchalari ko‘ndalang kesimlarida elektr zaryadlarining ta’siri
natijasida nuqsonlarning ajralishi sodir bo‘ladi
Aralashtirish usullari
Yigirishda tolalarni tasodifiy va uyushgan aralashtirish usullari
ishlatiladi.
Tasodifiy usulda
aralashtirilayotgan komponenilar bo‘lakchalari
aralashmaning turli uchastkalarida tartibsiz va tasodifiy holatda
taqsimlangan bo‘ladi.
Uyushgan usulda
aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan qatlam
ko‘ndalang kesimidagi tolalar soni alohida komponentlar ko‘ndalang
kesimidagi tolalar sonining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
UTTAda quyidagi jarayonlar ketma-ket amalga oshiriladi: dag‘al
tozalash, aralashtirish, asosiy tozalash va ohista tozalash. Ushbu
agregatda tozalash jarayoni uch bosqichda amalga oshirilishi
natijasida tolali mahsulotning shikastlanishi va uzun tolalarning
nuqsonlarga ajralib ketishi sezilarli darajada kamaytirilgan.
Agregatning tarkibi, garnitura turlari ishchi organlari soni tolali
mahsulotning ifloslanganlik darajasiga, turiga va yigirilayotgan ip
assortimentiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Agregat mashinalari
pnevmotrubalar yordamida o‘zaro tutashtirilgan. Pnevmotrubalar
asosiy va yordamchi holatda o‘rnatilgan
bo‘lib, tizimdagi ayrim mashinani texnologik jarayon oqimidan
chiqarib qo‘yishimkonini beradi. Asosiy tozalashdan so‘ng ohista
tozalashda aerodinamik tozalagichlar ishlatilishi tolalarning nafaqat
shikastlanishi, balki chigallanishini ham kamaytiradi. UTTA
mashinalarining parametrlari kompyuter yordamida boshqariladi va
shaylanadi. Agregat odatda chiqindilarni ajratib oluvchi va
changsizlantiruvchi sistema bilan birgalikda ishlatiladi. Paxta tolasi
yigirish korxonalariga massasi 200-250 kg toylarda keltiriladi (uzoq
horijda toy massasi 300 kg qilib toylanadi). Ip yigirishda texnologik
jarayonlar titishdan boshlanadi. Titish usullarining ikkalasi ham
zarbiy, ham chimdish bir-biridan ajralmagan holda aksariyat ko‘p
mashinalarda qo‘llaniladi. SHuning uchun zarbiy titishda pichoqli,
qoziqli va shunga o‘xshash organlar bilan sirti qoplangan barabanli
titgichlar, chimdib titishda esa sirti igna, arra tishlar bilan qoplangan
aylanuvchan yoki tekis ilgarilanma harakat qiladigan organli
mashinalar qo‘llaniladi. Ular igna sirtli mashinalar deyilib, titish
dastlab qo‘lda, so‘ngra kamera ichidagi ignali panjaralar yordamida
bajariladi. Avtotitgichlarda tituvchi organlar yuqoridagidek pichoqlar,
shakldor tishlar bilan qoplanganlari qo‘llanilib, ular yordamida
toydan paxta bo‘laklari ajratib olinadi. Oddiy ta’minlagichlar esa
odatda to‘rt yoki beshtadan «batareya» ga guruhlanib, titish-tozalash
agregati (TTA) tarkibiga kiritiladi va uni TTA operatori boshqaradi.
Hozirgi paytda yigirish korxonalarida turli avtota’minlagichlar -
avtotitgichlar keng joriy qilingan. Ular paxta bo‘laklarini ajratib olish
xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi (toy ustidan, pastidan,
yonidan). Paxtani qoziqli, pichoqli baraban vositasida yoki tishli disk
yordamida, shuningdek, igna sirtli qurilma yordamida titib ajratib
olinadi. Avtotitgichlar tola tozalash qurilmali yoki usiz bo‘lishi
mumkin. Avtotitkichlar oldiga qo‘yilgan stavkadagi toylar kamida 36
ta, ko‘pi bilan esa 180 tagacha bo‘lishi mumkin. Horijiy firmalarning
texnologik liniyalarida turli tuzilishga ega bo‘lgan titish uskunalari
joylashtiriladi. Avtotitkichlar toy paxtaga ishlov berishdagi harakatiga
qarab farqlanadi:
-to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ilgarilama-qaytma harakat qiluvchi (Unifloc
tipida);
-to‘g‘ri va qiya chiziq bo‘yicha ilgarilama-qaytma harakat qiluvchi
(Blendomat tipida);
-aylana bo‘ylab «karusel» tarzida harakat qiluvchi.
Avtotitkichlarning tuzilishi o‘xshash bo‘lib, kompyuter tizimida
boshqarishdasturlari bilan jihozlangan. SHuning uchun ular bir-birini
o‘rniga loyihalarda qabul qilinishi mumkin. Yigirish korxonalarida
asosan zarbiy tozalash, chimdib tozalash va aerodinamik tozalash
usullarida ishlovchi tozalagichlar qo‘llanilmoqda. Zarbiy tozalash
turli pichoqlar va qoziqlar bilan qoplangan bir barabanli, ikki
barabanli va olti hatto etti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi.
Zarbiy tozalash mashinalari ishchi organlari pichoqli bo‘lsa,
pichoqlar disklarga
mahkamlanib, uning profili to‘g‘ri to‘rtburchakli, hamda shakldor bir
tamonlama, ikki tamonlama bo‘lishi mumkin. Bu ishchi organlarni
pichoqli baraban deb atalib, gorizontal titgich, qiya tozalagichning
birinchi barabanida qo‘llaniladi. Tozalashda ajraladigan iflosliklar
miqdori tozalash samaradorligi me’yori bilan baholanib, unga asosan
baraban tezligi, pichoqlar bilan baraban va kolosniklar orasidagi
razvodka kattaligi ta’sir ko‘rsatadi. Bir barabanli, ikki barabanli
tozalagichlar (o‘qli tozalagichlar) RIETER firmasining uskunalar
tizimida keng qo‘llaniladi. TRUTCSHLER firmasi tizimida SL-P
(23-rasm) universal ikki barabanli qoziqli tozalagich qo‘llanilmoqda.
Shuningdek, TRUTCSHLER firmasining SLEANOMAT rusumli
tozalagichlarida ignali va arratishli organlar birga qo‘llanilgan bo‘lib,
tozalash tizimi ixcham va qisqaligi bilan ajralib turadi (22-rasm).
TRUTCSHLER firmasi turli holatlar uchun to‘rt hil tozalash tizimini
tavsiya etadi. Ularning umumiyligi shundaki, “Blendomat”
toytitgichidan so‘ng dastlabki tozalagich MAKSI-FLO MFS so‘ngra
begona jismlar tozalagichi SEKUROMAT undan keyingina SXL
rusumli tozalagich ishlatiladi. Bu mashina nafis tozalovchi mashina
bo‘lib, Sleanomat turiga mansubdir. Bu tizim kalta va o‘rta tolali
paxta uchun qo‘llaniladi. Uzun va ingichka tolali paxta uchun SVT-4
rusumli Sleanomat tozalagichi ishlatiladi. O‘rta va uzun tolali paxta
uchun va nisbatan ingichka ip uchun SVT-3 va undan keyin SVT-4
tozalagichlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Paxta tolalari va kimyoviy
tolalar uchun esa SVT-4 tozalagichi qo‘llanilmoqda. Aerodinamik
tozalagichlar bunkerli va quvurli ko‘rinishda bo‘lib, RIETER
firmasining V70 rusumidagi, TRUTCSHLER firmasining Dustex DX
rusumidagi tozalagichlari shular jumlasidandir. TRUTCSHLER
firmasi havo yo‘nalishini o‘zgartirishga asoslangan aerodinamik
tozalagichlar taklif etgan. Ular SEKUROMAT, SEPORAMAT, LT,
LTB, ASTA va ulardan tuzilgan ko‘p funksiyali MFS rusumlilaridir.
Turli firmalar titish, tozalash, aralashtirish uskunalari tarash
mashinasi bilan
agregatlangan bo‘lib, ularning ketma-ketligi yigiriladigan ipning
chiziqiy zichligi va xom ashyo turiga bog‘liqdir. SHuningdek, titish,
tozalash, tarash mashinalari piltalash mashinalari bilan tutashtirib
agregatlanmoqda. Taram qalinligini piltalash mashinasining
ta’minlash mahsuloti qalinligiga moslashtirish maqsadida RIETER
firmasi shlyapkali tarash mashinalarining enini bir yarim marta
kattalashtirdi.
Tarash mashinasidan unumli foydalanish maqsadida ta’minlash
zonasi, shlyapka polotnosi, pilta shakllantiruvchi zonalar yaxlit
qilinganligi tufayli ta’mirlashda yaxlitligicha echilib, boshqasi uning
o‘rniga qo‘yilib ishlataveriladi. SHunday qilib, uskunalar rejali
ta’mirlashga to‘xtatilmaydi. Demak, agregatdan unumlifoydalanish
chora-tadbirlari ko‘rilgan. Bu ish GOST 515-60 standarti talablariga
javob berishi kerak. Agarda chiqindi va qaytimlar standartlari
aralashtirilib yuborilgan bo‘lsa, yana qaytadan ajratiladi.
Chiqindilarni standartlarga to‘g‘ri ajratish uchun quyidagilarga
ahamiyat berish kerak:
-titish-savash sexida paxta bo‘laklari va xolst qiyqimlari
mifloslanmasligiga,
shuningdek tugunaklar bilan momiqlar aralashib ketmasligiga;
-tarash sexida qabul qilingan barabandan ajralgan momiqli
tugunaklarni
bosh va ajratish barabanidan ajralgan momiqqa aralashishi,
shuningdek baraban va shlyapkalar tarandilarini aralashib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chiqindi bo‘limining xodimlari chiqindini
etalonga solishtirib qabul qilishlari kerak. Bu vazifa to‘g‘ri
bajarilayotganini tekshirish smena chiqindi qabul qiluvchisiga
yuklatiladi. CHiqindining sifati texnik nazorat bo‘limi masteri va sex
boshlig‘i tomonidan nazorat qilib boriladi. CHiqindilar joylangan
vaqtda ishchilar har bir joydan namuna olib qolishi va etalon bilan
solishtirishlari kerak bo‘ladi. Har bir toy chiqindida texnik nazorat
bo‘limi belgisi bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |