21-rasm. Stavka
4-Amaliy mashg`ulot
Yigirish korxonalarida xom ashyoni qabul nazorati va
o‘timlari
bo‘yicha texnik nazorat
Ishdan maqsad
Yigiruv korxonalarida texnik nazoratni tashkil etishni va asosiy
topshiriqlarni o‘rganish.
Topshiriqlar
1.Texnologik jarayon nazorati.
2.Yigiruv korxonasida xom ashyoni (toy paxta)
qabul qilish,
joylashtirish va saqlash tartibi.
3.Yarim tayyor mahsulotlarning sifati nazorati.
4.Tayyor mahsulotlarini sifatini nazorati.
5.Yigiruv korxonasi sinov laboratoriyasida paxta tolasi, yarim
tayyor
mahsulot (pilta,pilik) tayyor mahsulot (ip) sifatini aniqlash usul va
vositalari.
Ishni bajarish tartibi
Yigiruv ishlab chiqarishda texnik nazorat injener-texnik hodimlar
va
laboratoriyaning oylik xaftalik tekshirishlari,
texnologik jarayon
yarim mahsulotlar sifati, ishchilarning mashinada ishlash tartibi,
ta’mirlashning sifati va davriyligi, xamda boshqa ish rejimlarini
tekshirishdir. Ishlab chiqarish laboratoriyasi texnologik jarayon
sifatini baxolaydi. Agar ip standart talablariga javob bersa, ishlab
chiqarish laboratoriyasi pilta va pilik sifatini nazorat qiladi.
Standart talablariniga javob bermaydigan sifatsiz ip ishlab
chiqarilganda laboratoriya sifat pasayish va ip uzilish sabablarini
aniqlash uchun texnik nazorat o‘tkaziladi.
Bajarilgan laboratoriya ishi bo‘yicha xulosa yozilsin.
Yigirish korxonasida mahsulotning chiziqiy zichligi bo‘yicha
notekisligining o‘zgarishi
Yigirish korxonasida mahsulotning chiziqiy zichligi bo‘yicha
notekisligi sifatning asosiy salbiy ko‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich iplarning turli xossalari darajasiga va
notekisligiga ta’sir etadi. Turli mahsulotlarning chiziqiy zichligi
bo‘yicha notekisligini nazorat qilish: doimiy uzunlikdagi
kesimlarning massasi bo‘yicha; mashinalardan chiqadigan kesim
massalari va turli uzunlikdagi mahsulotlarning kirishi va
notekislikning buzilish koeffitsientini aniqlash; turli asbob-
uskunalarda mahsulotning yo‘g‘onligini uzluksiz o‘lchash
bo‘yicha; asbob-uskunalar yordamida pilik yo‘g‘onligini diskret
o‘lchash bo‘yicha.
Aks holda mahsulotning notekisligini katta uzunlikdagi kesim
massasi bo‘yicha (100, 50,25, 10 va 1 m), hamda kichik
uzunlikdagi kesim massasi bo‘yicha (50, 10, 5, 3, 2, 1 sm) diskret
uslub yordamida baholanadi. Uzun kesimlarning notekisligini
nazorat qilish ba’zida mahsulotning haqiqiy chiziqiy zichligini
sinashdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib boriladi. Mahsulot o‘rami
va kesimlaridan tanlashda eng katta ishonchlilikdagi uslubga rioya
qilish tavsiya etiladi, o‘lchash sonlari mahsulotning notekisligini
ishonchlilikda baholash etarliligini hisobga olgan holda
belgilanadi.
Mahsulotning yo‘g‘onligi bo‘yicha notekisligi mexanik diskret
asbobuskunalarda yoki ushlab ko‘rish usulida ko‘ndalang kesimi
yoki kalta uzunlik qismi bo‘yicha millimetrlarda aniqlanadi.
Asbob-uskunalar yordamida uzluksiz qiyosiy o‘lchashda mahsulot
chiziqiy zichligining o‘zgarishi aniqlanadi va turli uzunlikdagi
kesimlarga notekislik gradienti belgilanadi. V.E.Zotikov natijalari
bo‘yicha kalta kesimlardagi mahsulot notekisligi
oxirgi mashinadagi, uzun kesimlardagi mahsulot notekisligi har bir
texnologik
jarayon o‘timlariga bog‘liq bo‘lishini isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: