1-Amaliy mashg`ulot. Paxta tayyorlov maskanlarida texnik nazorat Ishdan maqsad



Download 2,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana23.07.2022
Hajmi2,39 Mb.
#843621
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
tex.nazorat va sifat menejmenti 3 kurs (amaliy)

 
 
 
20-rasm.Saralanma. 


 
21-rasm. Stavka 
 
 
 
4-Amaliy mashg`ulot 
Yigirish korxonalarida xom ashyoni qabul nazorati va 
o‘timlari 
bo‘yicha texnik nazorat 
Ishdan maqsad 
Yigiruv korxonalarida texnik nazoratni tashkil etishni va asosiy 
topshiriqlarni o‘rganish. 
Topshiriqlar 
1.Texnologik jarayon nazorati. 
2.Yigiruv korxonasida xom ashyoni (toy paxta) qabul qilish, 
joylashtirish va saqlash tartibi. 
3.Yarim tayyor mahsulotlarning sifati nazorati. 
4.Tayyor mahsulotlarini sifatini nazorati. 
5.Yigiruv korxonasi sinov laboratoriyasida paxta tolasi, yarim 
tayyor 
mahsulot (pilta,pilik) tayyor mahsulot (ip) sifatini aniqlash usul va 
vositalari. 
Ishni bajarish tartibi 
Yigiruv ishlab chiqarishda texnik nazorat injener-texnik hodimlar 
va 


laboratoriyaning oylik xaftalik tekshirishlari, texnologik jarayon 
yarim mahsulotlar sifati, ishchilarning mashinada ishlash tartibi, 
ta’mirlashning sifati va davriyligi, xamda boshqa ish rejimlarini 
tekshirishdir. Ishlab chiqarish laboratoriyasi texnologik jarayon 
sifatini baxolaydi. Agar ip standart talablariga javob bersa, ishlab 
chiqarish laboratoriyasi pilta va pilik sifatini nazorat qiladi. 
Standart talablariniga javob bermaydigan sifatsiz ip ishlab 
chiqarilganda laboratoriya sifat pasayish va ip uzilish sabablarini 
aniqlash uchun texnik nazorat o‘tkaziladi. 
Bajarilgan laboratoriya ishi bo‘yicha xulosa yozilsin. 
Yigirish korxonasida mahsulotning chiziqiy zichligi bo‘yicha 
notekisligining o‘zgarishi 
Yigirish korxonasida mahsulotning chiziqiy zichligi bo‘yicha 
notekisligi sifatning asosiy salbiy ko‘rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich iplarning turli xossalari darajasiga va 
notekisligiga ta’sir etadi. Turli mahsulotlarning chiziqiy zichligi 
bo‘yicha notekisligini nazorat qilish: doimiy uzunlikdagi 
kesimlarning massasi bo‘yicha; mashinalardan chiqadigan kesim 
massalari va turli uzunlikdagi mahsulotlarning kirishi va 
notekislikning buzilish koeffitsientini aniqlash; turli asbob-
uskunalarda mahsulotning yo‘g‘onligini uzluksiz o‘lchash 
bo‘yicha; asbob-uskunalar yordamida pilik yo‘g‘onligini diskret 
o‘lchash bo‘yicha. 
Aks holda mahsulotning notekisligini katta uzunlikdagi kesim 
massasi bo‘yicha (100, 50,25, 10 va 1 m), hamda kichik 
uzunlikdagi kesim massasi bo‘yicha (50, 10, 5, 3, 2, 1 sm) diskret 
uslub yordamida baholanadi. Uzun kesimlarning notekisligini 
nazorat qilish ba’zida mahsulotning haqiqiy chiziqiy zichligini 
sinashdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha olib boriladi. Mahsulot o‘rami 
va kesimlaridan tanlashda eng katta ishonchlilikdagi uslubga rioya 
qilish tavsiya etiladi, o‘lchash sonlari mahsulotning notekisligini 


ishonchlilikda baholash etarliligini hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Mahsulotning yo‘g‘onligi bo‘yicha notekisligi mexanik diskret 
asbobuskunalarda yoki ushlab ko‘rish usulida ko‘ndalang kesimi 
yoki kalta uzunlik qismi bo‘yicha millimetrlarda aniqlanadi. 
Asbob-uskunalar yordamida uzluksiz qiyosiy o‘lchashda mahsulot 
chiziqiy zichligining o‘zgarishi aniqlanadi va turli uzunlikdagi 
kesimlarga notekislik gradienti belgilanadi. V.E.Zotikov natijalari 
bo‘yicha kalta kesimlardagi mahsulot notekisligi 
oxirgi mashinadagi, uzun kesimlardagi mahsulot notekisligi har bir 
texnologik 
jarayon o‘timlariga bog‘liq bo‘lishini isbotladi. 

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish