iflosligi navi bo‘yicha qabul qilinadi. Xom ashyo laboratoriyasida
tolaning, pilta va pilikning sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Tayyor
mahsulot sifatini aniqlash laboratoriya-sida tayyor iplarning sifat
ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Yigirish korxonalarida mahsulot sifatini ta’minlash uchun quyidagi
vazifalar bajariladi.
Qabul nazorati
2. Texnologik jarayonlarning nazorati.
3. Yarim mahsulot va tayyor mahsulot sifatini nazorati.
4. Sexlardagi texnologik jarayonlarning nazorati.
5. Ilmiy tekshirish ishlarida qatnashishi, ya’ni texnologik joriy etishda
faol qatnashish.
Umuman nazoratlarda umumlashtirilgan holda 3 ta turga bo‘linadi.
1. Kirish (qabul nazorati)
2. Tezkor (operativ nazorat)
3. Yakuniy (sifatni baholash nazorati)
Qabul nazorati xom ashyoning sifati miqdori bo‘yicha tekshiriladi.
Tezkor sinovlar mahsulotni sifatida uni tayyorlash bosqichlaridagi
xom
ashyo va tayyor bo‘lgan ipning sifatini tekshitrish va baholash
bo‘yicha tashkil etadi. Bu nazorat tayyorlanayotgan mahsulotning
sifatini boshqarishda asosiy bo‘lib hisoblanadi. Chiqayotgan mahsulot
va qabul qilinayotgan mahsulotlarning sifati nisbiy kurs- navi bilan
baholanadi. To‘qimachilik korxonalaridagi qator yigirish
korxonalarida namunalar tanlash tegishli stendlar bilan bajariladi.
Masalan, paxta ipidan namuna tanlash GOST 6611.0-73*. SHunga
ko‘ra namunaning to‘da miqdori, sxemalarning soni quyidagicha
bo‘ladi:
1000 kg gacha bo‘lgan to‘dadan 10 ta
pakovka ajratib olinadi;
2000 kg gacha bo‘lsa 40 ta pakovka;
10000 kg gacha xam 40 ta pakovka.
Demak, to‘da massasiga bog‘liq bo‘lmagana holda namunalar
qabul
qilinadi. Uskunalarni tanlash tegishli standartlar bo‘yicha bajariladi.
Masalan: laboratoriyaning bo‘limilari quyidagilardan iborat bo‘lishi
kerak.
-fizik-mexanik xossalarni sinash bo‘limi;
-geometrik sinovlar bo‘lishi;
-ifloslanganlik darajasini aniqlash;
-notekislikni aniqlash;
-tarozilar xonasi;
-ilmiy tekshirish bo‘limi;
-laboratoriya mudiri;
-texnik nazorat bo‘limi;
-namunalarni korxonalarda bashoratlashni aniqlash;
-texnologik jarayonlarda avtomatik boshqarish tizimi.
Demak, yigirish fabrikalarining laboratoriyalari oldida sinovlarni
tezkorlik bilan jahon andozalari talablari bo‘yicha bajarish texnologik
jarayon hamda mahsulot sifatini boshqarish funksiyalarni
bajaradi.Qabul nazorati yarim maxsulotlari sifat ko‘rsatkichlari
aniqlashni zamonaviy korxonalar misolida Kabul To‘ytepa tekstil
korxonasining sinov laboratoryasidagi asbob-uskunalari misolida
ko‘ramiz.
1.Tayyor mahsulot va yarim mahsulotlarni sinov ishlarini bajarish va
tahlil qilishi.
2.Texnikaviy nazorat o‘tkazish va texnologik jarayon parametrlarini
tekshirish.
3.Korxonada takomillashtirilgan nazorat va materiallarini sinash va
usullarini qo‘llash.
4.Sinov natijalarini maxsus
jurnallarida qayd etish, sex boshlig‘iga
ko‘rsatish, yangi texnologiyada qo‘llanilishida ishtirok etish.
Laboratoriyada qo‘yidagi asbob-uskunalar o‘rnatilgan:
F256A asbobi to‘qimachilik materiallarining namligini aniqlaydi. Bu
asbob to‘qimachilik materiallar tarkibidagi namlik miqdori va foizini
aniqlashga asoslangan. Quritish ishlari haroratni nazorat qiluvchi
elektron moslama yordamida bajariladi. Elektron taroziga osilgan
material metall konteyner ustida quritiladi. Asbobning massasi 90 kg,
eni 650 mm, uzunligi 500 mm, balandligi 750 mm. Iplarning namligi
ISO 6741, BS 4784 va ASTM D2654 standartlari bo‘yicha
aniqlangan
19-rasm. Toy ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: