Trikotaj korxonasida texnik nazoratni tashkil etish
Har bir korxonada davlat standartlari va texnik sharoit
talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chikarish uchun
texnik nazorat bo‘limi tashkil etilgan.
Texnik nazorat bo‘limi (TNB) korxona boshqaruvining
mustaqil bo‘limi hisoblanadi.
Texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifasi korxonada ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sifatining standart, texnik shart va
instruksiya talablariga mos kelishini nazorat etishdir.
Texnik nazorat bo‘limi ishlab chiqarishning barcha
bo‘g‘inlarida texnologik rejimga rioya qilishni hamda korxonaga
keltirilayotgan xom ashyo va materiallar sifatini nazorat qilib
boradi.
Korxonada tayyorlangan mahsulotga faqat texnik nazorat
bo‘limi qabulidan keyin belgilangan tartibda mahsulot sifatini
tasdiqlovchi sertifikat yoki hujjat berilgandagina iste’molchiga
jo‘natiladi.
Trikotaj korxonasidagi texnik nazorat bo‘limi quyidagi
funksiyalarni amalga oshiradi:
1)
ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar navini aniqlash
va uning sifati uchun nazorat;
2)
tayyor buyumlarni to‘g‘ri tamg‘alashni nazorat qiladi (har
bir tayyor buyumdagi etiketkaga muhr bosiladi);
3)
tovar belgisi mavjudligini nazorat qiladi;
4)
idishlarning sifatini nazorat qiladi;
5)
korxona omborxonasidagi xom ashyo, materiallar va tayyor
mahsulotlarni to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilinadi;
6)
saralovchi va tamg‘alovchilarga bevosita rahbarlik,
ularning davriy ishlashini tashkil etish;
7)
ishga qabul qilingan yangi tayyor mahsulot saralovchisini
o‘qitish va kerakli bo‘lgan tushuntirish ishlarini olib borish;
8)
mahsulot
sifatini
yaxshilash,
assortimentlarini
kengaytirish, yangi standartlar va texnik shartlarning loyihalarini
yaratish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi;
9)
korxonaning turli bosqichlarida instruksiyalar, texnik
hujjatlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
10)
namunalar va fasonli buyumlar, alohida bosqichlarida
xomaki
mahsulotlar
sifat
etalonini
(masalan,
polotna
bo‘yog‘ining etaloni) yaratishda qatnashish;
11)
xomaki va tayyor mahsulotlar sifatini pasaytiruvchi
nuqsonlarning hosil bo‘lish sabablarini o‘rganadi va ularni
kamaytirish choralarini ishlab chiqadi;
12)
savdo tashkilotlari va iste’motchilarning mahsulot sifatiga
qo‘yilgan shikoyatlarini ko‘rib chiqish va uni bartaraf etish.
Buyum navi va tamg‘asi noto‘g‘ri aniqlanganiga dalolatnoma
tuzish va nuqsonli mahsulotni almashtirishni tashkil etish;
13)
yangi standartlar, texnik shart va instruksiyalar kiritishdagi
tadbirlarni o‘z vaqtida tayyorlash va o‘tkazishni nazorat qiladi;
14)
korxonadagi
mavjud
bo‘lgan
nazorat-o‘lchash
asboblarining holati, hamda o‘z vaqtida davlat tekshiruviga
ko‘rsatishni nazorat qiladi.
Trikotaj korxonasida texnik nazorat ishlarini muvaffaqiyatli
va samarali o‘tkazish uchun texnik nazorat bo‘limi apparatini
ratsional tashkillashtirish kerak bo‘ladi.
Trikotaj korxonasida texnik nazorat bo‘limi belgilangan
ustav, nizom, standartlar va texnik shartlar asosida ish olib boradi.
Korxonadagi texnik nazorat bo‘limining tuzilishi va shtati,
belgilangan tartibda tasdiqlangan va ishlab chiqarish hajmiga
bog‘liqlikda aniqlanadi.
Korxonaga keltiriladigan xom ashyo sifati bosh muhandisga
bevosita bo‘sinadigan nazorat-sinov laboratoriyasida nazorat
qilinadi. Bu holda texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i ushbu
laboratoriyadagi uslublar va xom ashyoni to‘g‘ri qabul qilish
qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi va xom ashyo sifatini
aniqlash bo‘yicha laboratoriya xodimlariga topshiriq berish
huquqiga ega.
Trikotaj buyumlarining sifati uning texnik darajasiga ham
bog‘liqdir. Texnik daraja-ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va
undan tayyorlanayotgan buyumlarning sifati zamonaviy va
xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar kabi
bo‘lishi hamda bir-biriga uzviy bog‘liqlikda olib borilishi
tushuniladi.
Trikotaj mahsulotlarining texnik darajasi quyidagi asosiy
omillar natijasida sifat ko‘rsatkichlari aniqlanadi:
1.
Buyumlarni
loyihalash-
tayyorlanayotgan buyumlar
yoki
buyumning
alohida qismlari insoniyat tanasiga mos kelishi lozim.
2.
Xom ashyo (yigirilgan ip)-mahsulot sifati va undan
qayta ishlanayotgan buyumlarning ishlatilishi.
3.
Tayyorlash
texnologiyasi-zamonaviy
texnika
va
texnologiyalardan
foydalanib, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
4.
Matolarga rang beruvchi mutaxassisning bezagi-bo‘yash
ranglarini tanlash, bo‘yoqlarning pishiqligi.
5.
Pardozlash materiallari va furnituralar-ularning sifati
tanlangan matolarga bog‘liq bo‘lib, buyumning estetik bahosini
oshirish.
Mahsulot sifatini baholashning ikki uslubi mavjud:
1.
Fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ob’ektiv baholash-
pishiqligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, qayishqoqligi, ishqalanishga
chidamliligi va boshqalar.
2.
Rangi, tashqi ko‘rinishi, badiiy bezaklari, yumshoqligi va
boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha sub’ektiv (organoleptik)
baholash.
Texnik nazorat bo‘limi boshlig‘i quyidagi huquq va
majburiyatlarga ega:
-standart va texnik shart talablariga mos kelmasa, zudlik bilan
korxona rahbariyatiga xabar bergan holda, mahsulot ishlab
chiqarishni va jo‘natishni to‘xtatib qo‘yadi;
-mahsulot standart talablariga javob bermasa alohida
mashinalarda,
texnologik
jarayonda,
ishlab
chiqarish
bo‘linmalarida va sexlarda mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatadi;
-standartlar va texnik shartlarda tasdiqlanishga ega bo‘lmasa,
mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat bermaydi;
-mahsulot sifatini ta’minlamagan sex boshliqlari va
ustalardan qo‘shimcha mukofat pullarini ma’lum miqdorda
chegirib oladi;
-korxonadagi asbob-uskunalarni grafik asosida o‘z vaqtida
ta’mirlashni bosh mexanik va bosh energetikdan talab qiladi.
Texnik nazorat bo‘limi quyidagi ma’suliyatni o‘z bo‘yniga oladi:
-korxonada sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun texnik
nazorat bo‘limining ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va ishlab
chiqarishning barcha bo‘linmalarida mahsulotni o‘z vaqtida
qabul qilishni yo‘lga qo‘yish;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini tasdiqlovchi
hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun;
-mahsulot sifatini to‘g‘ri baholash uchun.
Texnik nazorat bo‘limi xom ashyo, xomaki va tayyor
mahsulotlarning sifati talab darajasida bo‘lmasa korxona
rahbariyatiga zudlik bilan xabar beradi, hamda noto‘g‘ri
ko‘rsatadigan nazorat o‘lchash asboblarini ishlatishni qat’iyan
man etadi.
Texnik nazorat bo‘limi apparati texnologik jarayonlarda
biriktiril-gan sex ishchilarini, ba’zi bir kerakli tasodiflarda
korxona laboratoriya-sida xom ashyo, xomaki mahsulotlar,
materiallar va tayyor buyumlarining sifat ko‘rsatkichlarini sinab
ko‘radi.
Texnik
nazorat
bo‘limi
korxonadagi
mahsulotga
reklamalashtirishni ko‘rib chiqadi, sifatsiz mahsulot ishlab
chiqarish sabablarini va aybdorlarni belgilaydi.
Sexlararo nazorat apparatini qurish ishlab chiqarish
sexlarining o‘lchamiga, tuzilishiga va ishlab chiqarayotgan
mahsulot xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Trikotaj korxonasida ba’zi bir holatlarda mahsulot sifatini
nazorat qilish ishlari texnologik jarayonlar bo‘yicha olib boriladi.
Trikotaj ishlab chiqarishidagi matoni saralash jarayonida
aniqlangan sifati bilan birgalikda smena bo‘yicha matoni
miqdoriy jihatdan qabul qilishni o‘tkazadi- tortish, matoni
keyingi jarayonlarga tayyorlash.
Trikotaj korxonasining ishlab chiqarish jarayonlarida xom
ashyo, xomaki va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish
bo‘yicha davriy tekshirish ishlari olib boriladi, masalan,
saralanma nazoratini tekshirish, saralovchi, nuqsonlarga
ajratuvchi va qabul qiluvchilarni to‘g‘ri va aniq ishlashlarini
tekshirish. Saralanma nazoratda to‘dadan 5-10 foizlik namunalar
olib tekshiriladi va olingan natijalar butun material to‘dasi uchun
bir xilda hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlarni, shu bilan birgalikda alohida
bosqichlarda saralanma nazorat qilish ishlari bevosita texnik
nazorat bo‘limining xodimlari rahbarligi ostida olib boriladi.
Trikotaj buyumlari ishlab chiqaradigan butun texnologik
jarayonlar qat’iy texnologik intizomga rioya qilgan holda
ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |