46
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
KIMYO FANINING O‘QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH
MUAMMO VA YECHIMLAR
Raxmonova Zulfiya O‘ktamovna
Navoiy
viloyati Zarafshon shahar
13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan
ixtisoslashtirilgan maktabi maktabining kimyo fani o‘qituvchisi
Tel:+998936615493 Email :Zulfiya13mak@gmail.com
Annotatsiya:
Bu maqolada kimyo fanining o‘qitishda xalqaro tajribalardan foydalanish
muammo va yechimlar mavzusida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar , videoroliklar
Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz
kerak. Hech bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning
uchun biz ham har yili ilm – fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy
yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va
amaliy tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan
yutuqlarining elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish
lozim.
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr
davlat va jamiyat oldiga
dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul
strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin
olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar,
mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday raqobatdosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish
zamirida inson kapitali,
sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda
buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan
tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh
avlodni ma’naviy – axloqiy va intellektual rivojlanishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish,
o‘quv – tarbiya jarayoniga ta’limninginnovatsion shakllari va usullarini
joriy etish maqsadida,
O‘zbekiston Respublikasining 2030 – yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning
birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy
yo‘nalishdagi kimyo – biologiya, fizika fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan
ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Shunday ekan biz kimyo fani o‘qituvchilari o‘z oldimizga o‘quvchilarning xalqaro ta’lim
standartlariga mos holda o‘qitishimiz kerak. Buning uchun biz PISA asosida o‘quvchilarning
testlarga tayyorlashimiz ularga PISAning asl mohiyatini tushuntirishimiz,
yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Hozirgi kunda bizni oldimizdagi eng katta
muammolardan biri PISA xalqaro dasturi reytingiga tayyorgarlik ko‘rsatish va kuchli natijalarni
egallashimiz kerak.
PISA xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan munosabati va
motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi hamda ularning
muammoni hal qila olsh
ko‘nikmalarini, masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o‘quvchi yoshlarning
fikr – mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kimyo fani mo‘jizakor fan hisoblanadi. Ko‘pchilik kimyo
fanini qiyin yoki murakkab fan deb aytadi. Aslida unday emas kimyo fani juda ham qiziqarli va
mo‘jizakor fandir. Kimyo fanining yaxshi bilgan inson qanday daromad olishning biladi. Chunki
bu fan insonlarga yo‘qdan bor qilishni yoki tabiatdan olib daromad qilish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun muxtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tabiiy fanlarga ya’nikim kimyo –
biologiya, geologiya fanlarini rivojlantirish kerakligini aytib o‘tdilar.
Shunday ekan biz yosh
pedagoglar bunga nisbatan javoban kuchli bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashimiz kerak.
Kuchli kimyogar yoshlarimiz Yurtimizni sha’nini yanada ko‘klarga ko‘tarishimiz kerak. Biz
sizga taqdim etgan yangi metodimiz orqali o‘quvchilarimiz bilim salohiyati oshsa, biz bundan
hursand bo‘lamiz.