List of used literature.
1. Yuldashev J.G ’, Usmonov S.A. Introduction of modern pedagogical technologies into
practice. - T.:2008, p.72.
2. Khaydarov F.I., Khalilova N.I. General psychology. Textbook. T .: 2010, p.85.
3. Matchanov S et al. Organization of primary school mother tongue lessons on the basis of
pedagogical technologies. - T .: “Yangiyo‘l” 2008.
4. Qurbonov. Didactic games. Khorezm Regional Institute for Retraining and Advanced
Training of Teachers. Urgench, 2011.
43
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA KORREKSION-PEDAGOGIK YORDAMNI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANTIRISHIDA MUHIM O‘RIN TUTGAN G‘OYA VA
YONDASHUVLAR
Rahimova Munira Rajabovna
Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Tel: +998(97) 691-41-23
rakhimova.surdopedagog@gmail.com
Erkinova Sarvinoz Mashrabjon qizi
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi
Tel: +998(99) 301-75-18
erkinovas99@mail.ru
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Respublikamiz va jahonda maxsus ta’lim tizimida
korreksion-pedagogik yordamni tashkil etishda, uni shakllanishi va rivojlantirishida muhim
o‘rin tutgan g‘oya va yondashuvlar xususida fikirlar ilmiy adabiyotlarda keltirilgan manbalar
asosida bayon etilgan. Shuningdek, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar ta’lim tizimining
o‘tmishi va buguni haqidagi ma’lumotlar aks etirilgan.
Kalit so‘zlar:
surdopedagog, korreksion-pedagogik yordam,
senzitiv davr, moslashish.
Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarda yosh avlodning
barkamolligiga erishish masalalari, xususan, imkoniyatlari cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi
muammolarini hal etishga e’tibor berib kelinmoqda.
Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar orasida u yoki bu darajada eshitishidan mahrum
bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu toifa bolalarga milliy qadriyat va hududiy shart-
sharoitlarimizdan kelib chiqqan holda maxsus ta’lim muassasalarida korreksion yordam ko‘rsatish
(umumiy va xususiy maqsadlari, vazifalari, ta’lim-tarbiyalashning mazmun va tamoyillari, ushbu
bolalar imkoniyatlariga mos bo‘lgan ish metodlari)ning ilmiy asoslarini to‘liq ishlab chiqish
maxsus ta’lim tizimining kun tartibida turgan hamda o‘zining tezkor yechimini kutayotgan bosh
muammodir.
Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi zamonaviy tizimining mohiyati,
uning o‘ziga xosligini tushunish hamda maxsus ta’lim, xususan, maxsus ravishda tilga o‘rgatish
tizimining samaradorligiga erishish, uni takomillashtirishda surdopedagogikaning rivojlanish
tarixini: turli davrlarda yashab o‘tgan ilg‘or surdopedagog va olimlar tomonidan ilgari surilgan
g‘oyalar, yondashuvlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, taniqli olim va pedagog F.F.Rau ta’kidlaganidek: «O‘tmish surdopedagoglarning
tajribasi, ya’ni surdopedagogikaning rivojlanish tarixi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lgan
surdopedagok o‘tmish xatoliklarini takrorlash, shuningdek, kulgili ravishda «yangitdan Amerikani
kashf qilish»dan kafolatlanadi hamda ishiga ijodiy yondasha olish va o‘z g‘oyalarini ishonchli
tarzda olg‘a sura olish imkoniga ega bo‘ladi» [5].
L.S.Vigotskiy ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda “Nuqsonning murakkab tuzilishi”
hamda “Ta’lim-tarbiya va rivojlanish mutanosibligi” psixologik ta’limotlariga tayangan holda ish
ko‘rish lozimligini aniq misollar bilan asoslab berildi. Olim maxsus maktablardagi og‘zaki nutqni
rivojlantirishga mo‘ljallangan usul bolaning sermazmun hayoti, uning qiziqishlari bilan bog‘liq
bo‘lmagan sharoitda olib borilishiga e’tibor qaratib, nutqni ijtimoiy hayotda ishtirok etmagan holda
egallash, qirg‘oq bo‘yida turib suzishni o‘rganish holatiga qiyoslab, ijtimoiy muhit hamda uning
tuzilishi har qanday tarbiya tizimining pirovard hamda hal qiluvchi omili ekanligini alohida qayd
etadi: “Bola hayotini shunday tashkil etish lozimki, unga nutq zarur va qiziqarli bo‘lsin. Ta’limni
bola qiziqishlariga qarshi emas, ushbu qiziqishlar tomon yo‘naltirish lozim. Umuminsoniy nutqqa
nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish zarur, shundagina nutq paydo bo‘ladi. Nutq muloqotga kirishish
va fikrlash asosida, murakkab hayotiy sharoitlarga moslashish natijasida yuzaga keladi» [3].
Respublikamiz milliy maxsus pedagogikasida
korreksion-pedagogik yordamni shakllanishi va
rivojlanishi bir qator yetuk olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, hususan,
N.Sh.Bekmuradovning ilmiy tadqiqot ishi «Issiq iqlim sharoitining eshitishida nuqsoni bo‘lgan
o‘quvchilar ishchanlik faolligiga ta’siri» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif to‘plagan
ma’lumotlar asosida hududimizga mos ravishda maxsus maktab-internatlar kun tartibi, o‘quv
44
Do'stlaringiz bilan baham: |