Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ananev B.G. O problemax sovremennogo chelovekoznaniya. – SP b.: «Piter»,
2001. –S. 272.
33
2.
Ananev B.G. Psixologiya chuvstvennogo poznaniya. – M.: APN RSFSR, 1960.
–S. 486.
3.
Kuznin B.C. Voproso‘ izobrazitelnogo iskusstva. – M.:«Prosvehenie», 1971.
4.
Vishnyakova N.F. Kreativnaya psixopedagogika. Psixologiya tvorcheskogo
obucheniya. – Minsk: Izd. NIORB «Poli Big», 1995. –S. 129.
5.
Sh.Abdufatayev va boshqalar Uzluksiz ta‘lim tizimida o‘quvchilarning
ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish. Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar.
2020
34
O`ZBEKISTON HUDUDIDA KULOLCHILIKNING TARIXIY RIVOJLANISHI VA
IJTIMOIY-IQTISODIY MUNOSABATLARDA TUTGAN O`RNI.
Ahmadov Xurshid San`atovich-magistr
BuxDU, Tarix va madaniy meros fakulteti
Tarix(faoliyat turi bo`yicha) yo`nalishi
Annotatsiya
.Ushbu maqolada yurtimizda hunarmandchilikni bir turi bo`lgan
kulolchilikning rivojlanishi,mintaqaviy va davriy xususiyatlari,ijtimoiy-iqtisodiy
hayotda tutgan o`rni,kulolchilik maktablari, Yangi O`zbekistonda kulolchilik bo`yicha
olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha bayon etilgan.
Kalit
so`zlar.
Kulolchilik,sopol,idish,usta,hunarmand,loy,kulochilik
charxi,
shakl,naqsh,usul,hunarmand,keramika,tarix.
Kulolchilik- hunarmandchilikning loy(gil)dan turli buyumlar(terrakota,sopol
idish,qurilish
materiallari
va
boshqalar)
tayyorlaydigan
bir
turi
hisoblangan.Kulolchilikda asosiy xom ashyo tuproq hisoblanadi.Kelib chiqishi va
tarkibi har xil tuproqlardan turli xil kulolchilik buyumlari tayyorlanadi.Loy qancha
ko`p pishitilsa sopol shuncha sifatli va ishlashga uzoq muddat yaroqli
bo`ladi.Kulolchilikda asosiy qurol bu-kulolchilik charxi hisoblanadi,bu charxning
ustiga qo`yilgan loydan usta har xil shakldagi buyumlar tayyorlaydi.Kulolchilik charxi
ikki yog`och g`ildirakdan,birinchisi katta parrak(diametri 1 metrgacha) va ikkinchisi
kichik sartaxta(diametri 20-30 sm gacha ) hamda g`ildiraklarning markazidan
o`tadigan dumaloq xarsang toshga o`rnatilgan o`qdan iborat.Kulol pastdagi g`ildirakni
oyog`i bilan aylantiradi,tepadagi g`ildirakka loyni qo`yib shakl yasaydi.Kulolchilik
charxi birinchi marotaba Qadimgi Sharqda miloddan avvalgi 3-2 mingyilliklarda
bronza davrida paydo bolgan.Dastlab charxni kulol qo`li bilan aylantirgan,o`rta
asrlarga kelib oyoq bilan aylantiriladigan,hozirgi ko`rinishdagi turi yaratildi.
35
Kulolchilik
insoniyatning
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotida
muhim
rol
o`ynab
kelmoqda.Qadimdan boshlab uy-ro`zg`or buyumlarini tayorlash kulollarning
zimmasida bo`lgan.Dunyo xalqlarining barchasida kulolchilik buyumlari ishlab
chiqarish qadimdan boshlangan mehnat turi hisoblanishi bilan bir qatorda
madaniyatining taraqqiy etishdagi vositalardan biri bo`lib kelmoqda.Insoniyat tarixida
bozorning paydo bo`lishi bilan kulolchilik buyumlari bozorlarda alohida o`rin
egallagani kulolchilikning taraqqiy etishiga birinchi va eng katta omil bo`lib
hisoblanadi. Bizlarga ma`lumki O`zbekiston tarixan yoshi ulug` mamlakat
hisoblanadi,o`zbek xalqi tarixida,ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarida kulochilik
kasbi,kulolchilik mahsulotlari alohida ahamiyatga ega.Qadimgi davrdan boshlab to
hozirgi kungacha xalqimizning madaniy hayotini o`zida aks ettirgan soha ham
hisoblanadi.Topilgan kulolchilik buyumlari tariximizni o`rganishdagi asosiy
arxeologik vosita ekanligini ham aytib o`tish joiz.
Xosh,mamlakatimizda kulolchilikning tarixiy rivojlanishi qanday bo`lgan?Bu
savolga javob berishni neolit davridan boshlaymiz. Chunki aynan neolit davridan
boshlab
loydan
buyum
tayyorlash
boshlangan.Neolit
davrining
muhim
kashfiyotlaridan biri sopolning kashf etilishi bo`ldi.Chunki bu davrga kelib olov kashf
qilib bo`lingan loyni olovda pishirishning imkoni topilgan edi.Eneolit davriga kelib
kulolchilik xumdonlari paydo bo`ldi.Endi idishlarni xumdonlarda pishirish boshlandi
va bu kulolchilik mahsulotlari sifatini oshirdi.Eneolit davriga kelib sopol buyumlar
sirtiga har xil naqshlar,hayvon,odam,qushlar tasvirini chizish bu buyumlarning
ko`rinishiga o`zgacha jilo baxsh etib,estetikasini chiroyli oshirdi.Xorazmning
Kaltaminor qishlog`i yonidagi Jonbosqal`adan topilgan sopol idishlar ichi tuxumsimon
va ikki chekkasi qayiq uchiga o`xshagan sopol tovoq idishlar O`zbekiston hududidagi
topilgan eng qadimiy sopol buyumlardan biri hisoblanadi.
36
Kulolchilikda loyga ishlov berish texnologiyasi vaqt o`tishi bilan takomillashib
borgan.Kulolchilik mahsulotlari eng dastlabki paytda juda sodda edi,charx ixtiro
etilmaguncha loyni qo`lda yasashgan,shuning uchun bronza davrigacha bo`lgan
kulolchilik mahsulotlari ko`rinishi qo`polroq edi va buyumlarning ichi ham bir tekisda
bo`lmagan.Bronza davridan,ya`ni,kulolchilik charxi ixtiro etilganidan so`ng,charx
ustida ishlangan idishning ichi markazdan qochma kuch tasirida bir tekis,tashqi tomoni
qanday shaklda bo`lsa,ichki tomoni ham shunday shaklda bo`lgan.
O`zbekistonda bronza davri yodgorliklaridan biri bo`lmish Sopollitepa
manzilgohidan topilgan sopol buyumlar o`ziga xosligi bilan ajralib turadi.Idishlarga
deyarli chizilmagan,rangbaran,loyga juda nozik did bilan ishlov berilganligi
Sopollitepa manzilgohi ustalarining kulolchilik bo`yicha ancha tajribaga ega
ekanligidan dalolat beradi.Ular sopol katta xumlarda don mahsulotlarni saqlashgan,har
xil zararkunandalardan himoya qilish maqsadida.Farg`ona vohasining Chust
manzilgohidan miloddan avvalgi 2-mingyillikda topilgan kosa,ko`za,xum kabi sopol
kulolchilik buyumlarining yuza qismiga geometrik shakllar chizilgan,ayrim sopol
idishlar sirtiga naqshlar o`yib,qirib ishlangan.
Xorazmning Tozabog`yob,Suvyorg`on,Amirobod madaniyatlaridan topilgan
sopol buyumlar yuzini sir(glazur) bilan qoplash boshlangan.Bundan ko`rinib turadiki
bu davrga oid sopol buyumlarini ustiga qoplama qoplash ham boshlangan.Bundan
ko`zlangan maqsad sopol buyumlaridan ko`proq foydalanish,sopol buyumlarini tezroq
tozalashga imkon bergan.
Qadimda o`lkamizda kulolchilikning taraqqiy etishida va xalqlarnimng ijtimoiy
hayotida shakllangan dinlarning roli ham alohida omil hisoblanadi.Zardushtiylik va
buddaviklik dini bunga yaqqol misol bo`la oladi.Zardushtiylik dinida barchamizga
ma`lumki vafot etkan inson jasadini suvga ham,olovga ham,suproqqa ham,havoda ham
dafn etishmaga.Jasad ma`lum vaqtgacha maxsus tepalikda qo`yilgan va suyaklari
37
qolgandan so`ng ossuariyga(ostadon) solib qo`yilgan,ya`ni ossuariyga dafn
etishgan.Ossuariy
kulollar
tomonidan
yasalgan
to`rburchaksimon
sopol
quticha,boshqalari har xil shaklda bo`lgan(odam shaklda bo`lganlari ko`p tarqalgan)
sopol idishlardir.Ossuariyni tayyorlash ham kulollar zimmasida bo`lganligini
yuqoridagi ma`lumotlardan bilishimiz mumkin.Buddaviylik dinida haykallarni yasash
va ularni pishirish ham kulolchilik tajribasiga ega bo`lgan ustalar qo`lida edi.
Qadimgi Xorazm davlatida kulolchilik san`ati o`ziga xos xususiyati bu kulolchilik
idishlari dastgohida naqshlar bilan bezatilib,olovda yaxshilab pishirilganligi va idishlar
ustiga har xil geometrik shakllar chilganligi va yozuvlar yozilganligidir.
O`zbekiston hududida Kushonlar davrida ham kulolchilikka alohida e`tibor
qaratilganligini biz Dalvarzintepadan topilgan kulolchilik mahsulotlaridan anglashimiz
mumki.Dalvarzintepada kulollar yashaydigan ko`cha ham bo`lgan va xonalarining
hashamatliligi bilan alohia ajralib turgan.Kulolar yashaydigan xonadonlar devorlari har
xil bo`yoqlar bilan bo`yalgan,xonadonlardan haykalchalar ham topilga.Bundan
ko`rinadiki kulolar ancha o`ziga to`q oilalardan bo`lgan.Kulolchilik xumdonlari ular
yashaydigan uylariga yaqin joyda bo`lgan.Hozirgacha bu yerdan 10 dan ortiq
xumdonlar topilgan ekan.Kulolchilik xumdonlari ikki qavatli bo`lgan,birinchi qavati
o`t yoqadigan qavat,ikkinchi qavatda esa loydan yasalgan idishlar tuirgan.Birinchi
qavatdan ikkinchi qavat o`rtasida to`siq bo`lgan va to`siqlarda 10 dan ortiq
teshikchalar bor edi.Pastki qavatdagi olov issiqligi ikkinchi qavatga o`tishi natijasida
idishlar pishirilgan.Topilgan sopol idishlar sifatliligi va chiroyliligi bilan ajralib
turgan.Dalvarzintepa
kulollari
kulolchilik
sohasida
katta
yutuqlarga
erishganlar,ayniqsa kulolchilik xumdonlari kattaligi va kulolar tomonidan bir xil
idishlarni navbat bilan tayyorlashi bunga misol bo`la oladi.
O`zbekiston hududida o`rta asrlar davri boshlanganidan so`ng, o`lkamizga
Xiyoniylar, Kidariylar, Eftallar, Turk xoqonligi, mahalliy hokimliklar davri boshlandi.
38
Bu davlatlar hukmronligi davrida ham hunarmandchilik, jumladan, kulolchilik
mahsulotlari ishlab chiqarilish davom etaverdi.Masalan Bolaliktepadan topilgan sopol
idishlar VII-VIII asrlarga oid hisoblanada.Bu davrda ishlangan kulolchilik
mahsulotlariga o`ymakorlik san`ati ham qo`shilganligini aytib o`tish joiz.Idishlarning
sirti va pastki qismlari,dasta qismlari o`yib ishlangan naqshlar bilan bezatilgan.Keyingi
davrlarda Afrosiyob va O`rta Osiyoning boshqa yerlarida topilgan arxeologik
qazilmalar IX-XII asrlarda kulolchilikning bu yerlarda ancha rivojlanganligini
ko`rsatadi,XIII asrdan boshlab mo`g`ullar hujumlari oqibatida nisbatan sekin
rivojlangan kulolchilik XIV-XVI asrlarda ancha taraqqiy etdi.
Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar hukmronliklari davrida kulolchilik
yanada rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Xorazm, Bolosog`un, Termiz, Marv,
Toshkentdan topilgan arxeologik topilmalardan buni bemalol korsak bo`ladi.Ayniqsa
somoniylar davrida IX-X asrlarda kulolchilik ancha yuksak darajada taraqqiy etdi. Sirli
sopol mahsulotlari keng tarqala boshlandi.Bu darvda gildan kulolchilik mahsulolari
ishlab chiqarish ancha kengaydi va texnologiyasi takomillashdiSirli sopol buyumlar
ustiga rangli naqsh chizish amaliy bezak san`ati yanada rivojlandi.Bu san`atning
yuzdan ortiq turi bizgacha yetib kelgan va muzeylarimizni bezab turibdi.Bularning
ko`pi Samarqanddan (Afrosiyob)dan topilgan bo`lib,Afrosiyob sirli sopollari nomini
oldi.Bu sopol idishlar sirtiga oq,qora,qizil ranglar bilan,ba`zi hollarda sariq va feruza
ranglar bilan naqshlar chizilgan,bu idishlarni ko`rgan odamning ko`ziga xuddi qirq xil
rangda tovlanayotgandek ko`rinadi.Shu jumladan kulollar tomonidan tayyorlangan
kosa va tovoqlarga ham boshqacha jilo berishgan,bu idishlarning ichki tomoniga ham
alohida e`tibor qaratilgan.Somoniylar davrida sirlangan sopol idishlar ustida naqsh
sifatida geometrik naqshlar va tabiat manzarasi bo`lmish daraxtdagi g`uncha,daraxt
shoxlari,mevalardan anor,g`ayra,nok va boshqalar,ba`zi kulollar parrandalar,
hayvonlar, oy tasvirlarini chizishgan. Bu davrda sopol buyumlar sirtiga arabiy
39
yozuvlar bilan nasihatomuz so`zlar,majoziy ma`nodagi gaplar ham yozilar edi.Bu amal
hozirgi kungacha saqlanib qolgan.Buni biz bir tomondan insonlarga ommaviy tarbiya
berish vosidasining bir turi deb atasak ham bo`ladi.
IX-X asrlarda amaliy dekorativ san`at ham yuksak bo`lgan.Bu davrda O`rta
Osiyoning ko`pgina shaharlarida kulolchilik ustaxobalari bo`lgan. Ko`p hollarda oq
fonga ega bo`lgan sopol buyum yuzalariga qora qizg`ish-jigar rang bo`yoqlarda
tasvirlar tushirilgan. Ko`pgina shahar va qishloqlarda kulolchilik ustaxonalari paydo
bo`ldi. Bu davrda o`yma koshinlar ishlash ham keng tarqalgan. Bunday o`yma koshin
va sopol buyumlar amaliyotda ishlatilgan, me`morchilik majmualarini bezatishda ham
shunday asarlardan foydalanishgan. Samarqanddagi Ibrohim ibn Hasan(1186-1199),
Termizdagi maqbara va saroylar, Xorazmda qurilgan masjid (Juma masjidi) shunday
o`yma sopol koshinlarda tayyorlangan.
Mo`g`ullar bosqinidan so`ng bir qadar kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish
ham ularga nozik did bilan ishlov berish ham susayib qoldi.Lekin baribir xo`jalik
hayotda bu mahsulotlar eng kerakli hisoblanganligi bois ishlab chiqarish to`xtab
qolgani yoq.
Temuriylar davrida barcha soha rivojlangani kabi hunarmandchilik ham o`z
ravnaqiga yetdi, jumladan kulolchilik ham. Kulollar qanday kulolchilik mahsuloti
ishlab chiqarishiga qarab turli guruhlarga bo`lindilar. Masalan:kosagarlar,xum va
xumchasozlar, tandirsozlar va boshqalar.
Butun mintaqada bo`lganidek XIV-XVI asrlarda Buxoro keramikasida ham
umumiy taomilga – chetdan keltirilgan Xitoy chinnisiga qiziqish kuzatiladi. Natijada
keramikada yangi naqsh mavzuyi va o`ziga xos oq-havorang gamma paydo bo`ladi.
Ana shu ikki rang gammasining uyg`unligi Buxoro keramikasining XX asr
boshlarigacha bo`lgan taraqqiyotini belgilab beradi. XVIII asrda unda erkin motivli
sarg`imtir fonda ko`k rangdagi rasmlar ko`pchilikni tashkil qilar edi.G`ijduvon
40
keramikasi tarixi sahifalarida usto Oxunjon, chinnisoz Boqijon, usto Abduqodir, usto
Abdusattor, usto Rustamboy, usto Abdulaziz, Shamsuddin kalta, Sharofiddin chinnisoz
va boshqa mashhur ustalarning nomlarini ko`rish mumkin.
G`ijduvon keramikasi o`zida XX asr O`zbekiston an`anasini ifoda etadi. XX asr
so`nggi yillarida G`ijduvon keramikasining asosiy shakllari kosa, duoba kosa, shokosa,
nimkosa, dukki kosa, mashhadi kosa, sharbat kosa, tog`oracha, payola, qantdon tashkil
etdi.
G`ijduvon keramikasining texnologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki
,ustalar o`z mahsulotlarini bo`yoqlarga –yorqinlik, naqshlarga mayinlik, go`zallik
baxsh etuvchi qalin sir qatlami bilan qoplangan. Tadqiqotchilarning fikricha,
g`ijduvonlik kulollar idishlarga sir osti, bo`yoqlar tarkibiga qo`rg`oshin sirini ham
solishadi, uni pishirish chog`ida u erib idishga o`zgacha, favqulodda ajib ko`rinish
baxsh etadi.
Ko`hna va boqiy shahar Buxoro o`zining kulolchilik mahsulotlari bilan butun
dunyoga mashhur hisoblanadi.G`ijduvon kulolchilik maktabidan tashqari O`ba
kulolchilik maktabida ishlab chiqarilgan idishlar sifati va ajoyib ko`rinishi bilan
alohida ajralib turadi.Bunday kulolchilik mahsulotlaridan Amir xonadonidan tortib
oddiy xalq xonadonlarida uy yumushlarida erkin foydalanilgan. Amirlikdan keyingi
davrlarda ham Buxoro bozorlarida kulolchilik mahsulotlarining bozori chaqqon
hisoblangan.Katta xumdonlardan xalq ijtimoiy turmushida suv ,don saqlash,vino
tayyorlash va boshqa yumushlarda keng foydalanilgan.Kichik sopol buyumlaridan uy
–ro`zg`or faoliyatida keng foydalanilgan.Sopol ko`zalardan termos sifatida ham
foydalanishgan.Chunki qalinroq sopol ko`zalarga solib qo`yilgan suv,sut mahsulotli
o`z haroratini uzoqroq muddatgacha saqlab turadi.
41
XX asrning 20-yillaridan kulollar mehnatini tashkil etishga e`tibor berildi.
Toshkentda tajriba kulolchilik, Samarqandda kulolchilik ustaxonalari ochildi.
Toshkentda kulollar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil qilindi.
Arxeologik
materiallar
kulolchilik
mahsulotlarining
asrlar
davomida
takomillashib borganidan dalolat beradi. O`tgan davr kulolchilik mahsulotlariga, uning
turi va bezaklariga katta o`zgarish yasadi. O`tmishda tayyorlangan shamdon,
qorachiroq, sarxona, jomashov, xum singari idishlarga ehtiyoj qolmadi. Guldon,
tovoq, lagan singari sopol idishlar va mahsulotlarga ehtiyoj katta. Memorchilikda ham
kulolchilik mahsulotlaridan (koshin, parchin va boshqalardan) keng
foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda amaliy bezatish shakli va tayyorlanish usuliga ko`ra turli
kulolchilik maktablari faoliyat yuritadi.Farg`ona(Rishton,G`urumsaroy),Buxoro-
Samarqand (Samarqand, Urgut, G`ijduvon, O`ba), Xorazm (Madir, Kattabog`),
Toshkent. Buxoroda mashhur bo`lgan G`ijduvon kulolchilik markazi ilk o`rta asrlarda
paydo bo`lib,davom etib, hozirgacha faoliyat yuritayotgan maktablardan biridir.XX
asr birinchi yarmidan boshlab bu maktabga Narzullayevlar sulolasi o`zining
mehnati,aql zakovati bilan katta hissa qo`shib kelmoqdalar.Sulola asoschisi
Narzullayev Ibodulla (1927,G`ijduvon)-usta kulol,G`ijduvon kulolchilik maktabining
6-avlodi vakili.G`ijduvon kulolchilik ananalarini rivojlantirgan.Uning ortidan
farzandlari
ham
bu
kasbni
zo`r
mahorat
bilan
amalga
oshirib
kelmoqdalar.Yevropa,Amerika,`Osiyo mamlakatlarida o`tkaziladigan tanlovlarda
muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasida kulolchilikka katta e`tibor qaratilgan va
qaratilib kelinmoqda. Mamlakatimizda har yili kulolchilikka oid videokonferensiyalar,
xalqaro anjumanlar, ko`rgazmalar va boshqa ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 2020–
yil 25–iyun kuni O`zbekiston Respublikasi ―Hunarmand‖ uyushmasi hamda Fransiya
42
kulollar uyushmasi bilan birgalikda hunarmand usta kulollar ishtirokida
videokonferensiya orqali uchrashuv bo`ldi. Bu uchrashuvda o`zaro fikr va tajriba
almashilindi. O`zbekistondagi kulolchilik markazlari faoliyati, ish usullari haqida
gapirildi. 2021 –yil 10-11- aprel kunlari mamalakatimizda kulolchilik bo`yicha
xayriya anjumani o`tkazildi, anjumandagi ko`rgazmalardan tushgan pul mehribonlik
uyiga xayriya tariqasida topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yi 17-noyabrdagi farmonidan keyin
hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila
boshlandi.Farmonga binoan Rishtonda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni,Rishton
tarixiy muzeyi,bank xizmatlari markazi tashkil etildi.Uylarning birinchi qavatida
kulolar ustaxonasi,do`koni joylashdi,ikkinchi qavatida esa ustalar o`z oila a`zolari
bilan yashashlari uchun sharoit yaratildi.Har bir xonadonda 6 o`rinli mehmonxonalar
ham mavjud.Chet eldan kelib kulollar ishlarini o`rganishlari uchun bunday
mehmonxonalar
qurilgan.Kulolchilik
mahsulotlari
BAA,Chexiya,Turkiya,Rossiya,Ozarbayjon,Qozog`iston,Qirg`iziston,Tojikiston kabi
davlatlarga export qilinmoqda.
Davlat rahbari Rishton shahrida kulolchilik buyumlarini ko`zdan kechirar
ekan:Bu idishlarda mehnat bilan,yurak bilan birga tarix ham bor.Hamma
yo`nalishlarda milliy an`analarimizni tiklayapmiz.Sopol buyumlarni ham yana
ommalashtirib,har bir xonadonga kiritish kerak.Ularni chet elliklar juda
qadrlaydi.Chunki chiroyli,sifatli,ekologik toza.Yurtimizdagi har bir uyda mana
shunday idishlar bo`lsa,ham milliy iftixor,ham ma`naviyat bo`ladi,-dedi Shavkat
Mirziyoyev.
43
Albatta bu haq gap.Kulolchilik buyumlarimizda tarix o`z aksini topgan,bular
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda alohida o`rinda turishidan tashqari arxeologlar uchun
moddiy manba bo`lib xizmat qiladi.Yangi O`zbekistonda kulolchilik buyumlari keng
miqyosda ishlatiladi,ayrim sohalarda yangilanishlar bo`ldi,sopol buyumlari o`rnini
plasmassa,polietilin mahsulotlari egalladi.Lekin sopol buyumlar biologik jihatdan
xavsiz idish hisoblanadi.Shuning uchun ham yurtboshimiz sopol buyumlarni har bir
xonadonga olib kirishimiz kerakligini ta`kidlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O`zbekiston hunarmandchiligi va amaliy san`ati.I Ensiklopediya.‖O`zbekiston milliy
ensiklopediyasi‖,Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent-2016.
2.O`zbekiston hunarmandchiligi va amaliy san`ati.II Ensiklopedia.‖O`zbekiton milliy
ensiklopediyasi‖,Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent-2017.
3.Abdullayev.N.O`zbekiston san`ti tarixi.-Toshkent.2007,12,20,83-bet.
4.Pidayev.Sh.Sirli kushonlar imperiyasi.-Toshkent.1990.25-bet
5.Ne`matov.N.Davlati somoniyon.-Dushanbe.1989.182-183-bet.
6.Jabborov.I. Yuksak madaniyat va noyob ma`naviyat maskani.-Toshkent. 2012. 227-
bet.
7.Sultonov.F,Bozorboyev.F. O`rta asrlar tarixi.-Toshkent.2007. 334-bet.
8.Buxoro sharq durdonasi.-Toshkent. 1997. 115-116-bet.
44
9.Ergashev.Q, Hamidov.H. O`zbekiston tarixi.-Toshkent. 2015. 78-bet.
10.yuz.uz.Yangi O`zbekiston. Davlat rahbari Rishtondagi kulolchilik markazini
ko`zdan kechirdi. 4-fevral. 2021.
11.handcraftman.uz.‖Hunarmand‖ uyushmasi axborot xixmati. 25-iyun. 2020.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |