Research and publications


HOZIRGI O'ZBEK SHE‟RIYATIDA OKKAZIONALIZM



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

HOZIRGI O'ZBEK SHE‟RIYATIDA OKKAZIONALIZM 
YARATUVCHI USLUBIY VOSITALAR 
Qodirova Madinaxon Solijonovna 
 Farg'ona viloyati Toshloq tumani
24-o„rta ta„lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi 
 Annotatsiya. 
Maqolada hozirgi zamonaviy o‘zbek she‘riyatida va adabiyotidagi 
okkazional so‘zlar, ularning leksik va morfemik ahamiyati, taniqli shoirlar tomonidan 
kashf etilgan yangi uslubiy okkazional so‘zlarning o‘ziga xos ma‘noviy jihatlari va, 
umuman, milliy she‘riyatimizda okkazional so‘zlar ahamiyati haqida so‘z boradi.
Kalit so‟zlar. 
Okkazionalizm, neologizm, affiks va suffiks, leksema, morfema, badiiy 
qiymat, uslubiy ma‘no va h.k. 
Ma

lumki, adabiy til doimo yangi so'zlar - neologizmlar hisobiga boyib boradi. Nutqda 
neologizmning uslubiy vazifasi juda rang-barangdir. Ilmiy-texnik, rasmiy 
adabiyotlardagi umumtilga xos neologizmlar, asosan, nominativ vazifa bajaradi, badiiy 
adabiyotda esa neologizmlar ma

lum bir uslubiy vazifa bajaradi. Bu, avvalo, katta ta

sir 
va tasvir kuchiga ega bo

lgan individual nutq neologizmlariga taalluqlidir. Individual 
nutq neologizmlari alohida adiblar, shaxslar tomonidan favqulodda yaratilgan 
so'zlardir. Shu tufayli bu tip so

zlar tilshunoslikda okkazionalizmlar (okkazional 
so

zlar) deb yuritiladi. Okkazionalizmlar bir marta qo‘llanishi va o‘ta ta‘sirchanligi, 
obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Okkazional 
so‘zlarning o‘ziga xos vazifalari, xususiyatlari mavjudki, ular o‘zbek tilshunosligida 
hali yetarli ravishda tadqiq qilingan emas. To‘g‘ri, okkazional so‘zlar haqida o‘zbek 
tilshunosligida anchagina fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, S.Toshalievaning o‘zbek tilida 
okkazional so‘zlarning yasalishiga oid izlanishlari diqqatga molikdir. Lekin lug‘aviy 
okkazionalizm maxsus tadqiqot obyekti qilib olinmagan va har tomonlama: fonetik, 
lug‘aviy, morfologik jihatdan, shuningdek, og‘zaki yoki yozma nutq ko‘rinishlaridagi 
holati bo‘yicha o‘rganilmagan 


14 
Individual nutq neologizmlari, odatda, alohida adib yoki shoir nutqining, ya

ni alohida 
asar tilining o

ziga xos mulki hisoblanadi. Individual nutq neologizmlarining ko

pi 
umumxalq tili faktiga aylanmaydi va u milliy til leksikasidan o

ziga xos o

rin 
berilishini talab ham qilmaydi. Bu turdagi neologizmlarning asosiy vazifasi uslubiy 
vazifa o

tashdir. Badiiy asarlarda individual xususiyatlar asarning badiiy qimmatini 
belgilovchi mezonlardan biridir. Yozuvchilar, shoirlar individual so

z ijod etishda 
tilning morfologik elementlaridan ko

proq foydalanadilar. Tahlillar ijodkorlarimiz 
nutqida -zor affiksli neologizmlar ko

plab uchrashini ko

rsatdi. -zor affiksi o

zbek 
tilida jonsiz predmetlarga nisbatan qo

llanib, o

zakdan anglashilgan predmetning 
bo

lish o

rnini bildiradi. Masalan, paxtazor, bedazor kabi. Shoir Muqimiy bu affiksni 
birinchi bo

lib shaxsga nisbatan qo

llab yangi individual so

z yaratgan: 
"Durmoncha" -ga ketdim o'tib
Yoqamni har soat tutib, 
Yetdim ul oqshom g'am yutib,
Dashti qaroqchizor ekan. 
-zor affiksi yordamida okkazionalizmlar hosil kilish an

ana sifatida hozirgi 
shoirlarimiz ijodida ham davom etib kelmoqda. 
―Bu yorug‘ olamda yugu borimsan,
Tilimning ostida novvotzorimsan‖. (M.Yusuf)
Aslida -zor qo'shimchasi yordamida asosdan anglashilgan narsa o

sadigan joy ma

nosi 
anglashilsa, novvotzor so

zidan novvot turadigan joy ma'nosi ifodalanyapti. 
―Taskin izlar yig'lab, vujudi vayron, 
Alamzor bog'iga ezilib qaytar‖
Yoki: ―Vahmzor jahonsan qalbimni yoqib,
She

riyat qa

riga sho'ng'irman noshol‖. 


15 
Keltirilgan misollardagi alamzor so

zi "g'am-alami bisyor joy" ma

nosini anglatsa, 
"vahmzor" so'zi "vahimadan iborat","vahimali" so

zlari o

rnida qo'llangan. 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinadiki, hozirgi zamon she

riyatida -zor so


yasovchi affiksi faqat aniq otlargagina emas, balki mavhum otlarga ham qo'shilib, 
individual nutq neologizmlarini xosil qiluvchi vosita bo'lib xizmat qilmoqda. Hozirgi 
o

zbek adabiy tilida yana bir affiks, ort qo‘shimcha, -dosh asosdan anglashilgan 
narsaga bir xil (teng) aloqador, ishtirokchi bo'lgan shaxs ma

nosidagi ot yasaydi: 
qayg

u-dosh, sinf-dosh, sir-dosh kabi. -dosh affiksi yordamida yasalgan okkazional 
so

zlar ham hozirgi davr ijodkorlari asarlarida ko

plab uchraydi.
Misollar: ―Shoir qalbning 
Dildoshi yo

q. 
Qiynaladi yosh joni‖. (E.Vohidov)
―Arslon chorlaganda koshiga bizni, 
Lekin qumursqalar bo

ldi safardosh. 
Hattoki sham yig'lar unsiz tebranib,
Yonimda hech kim yo

q g

amdoshlarimdan‖. (X.Ahmedova)
Individual nutq neologizmlari - goh affiksi yordamida ham hosil qilinadi. Bu affiks 
o

zbek adabiy tilida sanoqli so

zlardangina ot yasaydi va bu otlar asosdan anglashilgan 
ish harakat bajariladigan joyni bildiradi sayil+goh, sayr+goh, orom+goh kabi. Shoir 
Shavkat Raxmon bu affiksni sukut so'ziga qo

shib ―sukut saqlanadigan joy‖ 
ma

nosidagi ot yasaydi: 
―G'aflat to'rlarida qolganda borliq, 
Bir nolam yangraydi sukutgohlarda‖. 
Individual nutq neologizmlari faqat qo

shimchalar yordamida emas, balki 
kompozitsiya usuli bilan (so

zlarni qo

shish) ham hosil qilinadi.
Masalan: ―Yigit Majnun edi, qiz Layli edi, 


16 
Bu - oftobdil, u – oftobjamol‖. Keltirilgan misolda oftob so'zining ikkita 
leksemasi okkazional so

z yaratish uchun xizmat qilgan. 
Shoir va yozuvchilar hamisha ham yangi so'z yaratavermaydilar balki tilda ilgari 
mavjud bo

lgan so

zni yangi ma

noda qo'llab individual nutq neologizmlarini hosil 
qilishlari ham mumkin. Masalan: ―Qirchillagan shabada keldi. 
Ko

pirgancha quvonib shoshib‖. 
―Qirchillagan‖ leksemasi qish so

zi bilan sintagmatik munosabat hosil qilishi 
hammaga ma

lum. Shoir Shavkat Rahmon uni shabada so

zi bilan birga qo

llab, yangi 
ma

no hosil qilgan. Yoki Abdulla Oripov ijodida ―qalamki qayradi‖ birikmasini 
uchratishimiz mumkin (Qayradi qalamin kurashlar aro). Aslida qayramoq so'zi 
ko

pincha qilich so

zi bilan birga qo

llanadi. Tilda mavjud bo

lgan so

zlarni yangi 
ma

noda qo

llab, okkazionalizmlar yaratish, deyarli, barcha ijodkorlar uchun xos 
bo

lgan xususiyatdir. 
― 
Shoir ham necha bor ko'rdi zindonni. 
Qayradi qalamin kurashlar aro”. 
―G'ururning chirigan jandalarini, 
Egniga osadi tilanchi kunlar‖. (H.Ahmedova)
―Bul ajib til bilan shirin aytdingiz. 
Sizga mumkin emas salbiy hayajon‖. Keltirilgan misralardagi tilanchi va salbiy so'zlari 
tasodifiy holatda kun va hayajon so

zlari bilan birikma hosil qilmoqda. Zero, 
okkazional so

zining lug‘aviy ma

nosi ham (lot. occasionalis - tasodifiy) muvaqqat 
ma

no deganidir.
Xullas, shoir yozuvchilarimiz ijodida okkazionalizmlar hosil bo'lishining usul va 
vositalarini o'rganish katta amaliy ahamiyat kasb etadi

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish