Modern research in the social and humanitarian sciences


INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#841463
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
49-55-yoshlar-huquqiy-madaniyatini-rivojlantirishning-falsafiy-tahlili

INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND 
SOCIAL SCIENCES 
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
 
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES" 
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce, 
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to 
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
 
52 
maktablarida huquq fanlarini o’qitish texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi konseptual 
yondashuvlarni ko’rsatish mumkin: 

o’quvchilarga yo’naltirilgan o’qitishda umumta’lim jarayonidagi barcha qatnashchilarni to’laqonli 
rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bu esa huquq fanlarini o’qitish jarayonini individuallashtirish va 
differensiyalashdan tashqari ta’lim olayotgan o’quvchilarning kasbiy-psixologik xususiyatlari va 
qobiliyatlarini hisobga olish tushuniladi. 

tizimli yondashuvda huquqiy ta’lim texnologiyasi jarayonining mantiqi, uning barcha qismlari 
o’zaro bog’liqligi va to’liqligi kabi tizim belgilariga ega bo’ladi. 

faoliyatli yondashuvda huquq fanlarini o’qitishni o’quvchilarning protsessual xislatlarini 
shakllantirish, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish, o’quv jarayonida 
uning barcha xususiyatlari, imkoniyatlari va tashabbuslarini ochib berishga yo’naltiriladi. 

dialogik yondashuvda ta’lim jarayoni qatnashchilari bo’lgan sub’ektlarning psixologik birligi va 
o’zaro aloqasini belgilab beradi, u tufayli o’quvchilarning o’z qobiliyatlarini ko’rsatish bo’yicha 
ijodiy jarayon kuchaytiriladi. 

o’qitishni hamkorlikda tashkil qilishda o’qituvchi va ta’lim oluvchining munosabatlarida tenglik, 
hamkorlik, demokratiya tamoyillarini amalga oshirish, birgalikda faoliyat mazmuni va 
maqsadlarini ishlab chiqish, erishilgan natijalarni baholashga alohida e’tibor qaratish zarurligi 
nazarda tutiladi. 

muammoli o’qitishda ta’lim jarayonini huquqiy mazmundagi muammolar bo’yicha taqdim etish 
asosida ta’lim oluvchilar bilan faol aloqada bo’lib, bunda fandagi ob’ektiv ziddiyatlarni aniqlash va 
ularni hal qilish bo’yicha mustaqil ijodiy-o’rganish faoliyati, dialektik fikrlashni shakllantirish va 
rivojlantirish, ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo’llash ta’minlanadi.

axborot taqdim etishning yangi usul va vositalarini qo’llash – ta’lim jarayoniga yangi kompyuter 
va axborot texnologiyalarini joriy etish. 
Monitoring va baholash: o’quv mashg’uloti jarayonida (o’quv vazifalari va testlarning bajarilishini 
baholash, har bir o’quv mashg’ulotida ta’lim oluvchining faoliyatini reyting aossida baholash) bo’lgani 
kabi butun kurs davomida o’qitish natijalarini reja asosida kuzatib borish (reyting baholari asosida har 
bir ta’lim oluvchining joriy, oraliq va yakuniy natijalarini baholash). Huquq fanlarini o’qitishda 
interfaol metodlardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Interfaol usullar qo’llanilganda 
tinglovchi ham, o’qituvchi-trener ham o’qitish (ta’lim) jarayoni sub’ektlari hisoblanadi. Tinglovchi 
ko’proq ta’lim sub’ekti bo’lib, o’qituvchi-trener bilan muloqotga kirishadi, ijodiy, muammoli 
mashg’ulotlarni bajaradi. Bu yerda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari avval o’qituvchidan 
yoki adabiyotlardan olgan ma’lumotlari, axborotlarni qisman, bir tomonlama tarzda uzatadi. Lekin ikki 
tomonlama aloqa ham paydo bo’ladi: o’quvchi o’qituvchiga savollar beradi, o’qituvchi ham umumiy 
o’rta ta’lim maktablari o’quvchilariga ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savollarni beradi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari o’qituvchi bilan individual muloqot o’rnatadi, lekin 
guruhning boshqa a’zolari muloqotdan chetda qoladi. Huquq fanlarini o’qitishda ijodiy (muammoviy) 
masalalarning ko’llanilishining ham o’ziga xosligi mavjud. 
Interfaol usullar ta’lim sohasida yangilik emas, ular haqida ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari 
o’quvchilari va o’qituvchilar u yoki bu darajada tasavvurga egalar, lekin ular ayniqsa 
huquqshunoslarni tayyorlashda juda kam qo’llaniladi. Ba’zida bu usullarga qandaydir ortiqcha, zarur 



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish