INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES"
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
51
yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi,
fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi
hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy
jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko‘rsatishining asosiy talablaridan biri
hisoblanadi. O`rta, o`rta maxsus, professional, oliy ta’lim tizimimizda bugungi kun huquqiy
fanlarining o`qitilish jarayoni qanday?
Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish:
jamiyat va shaxs (fuqaro) manfaatlariga to’la mos keladi. Shu sababli Respublika mustaqilligi
sharoitida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish mazmunini tubdan yangilash zaruriyati yuzaga keldi.
Fuqarolik tarbiyasini keng ko’lamli (kompleks) tarzda tashkil etish – bugungi kun da’vati va talabi
bo’lib qolmoqda. Huquqiy davlatni barpo etish-jamiyatdagi rivojlangan huquqiy tizimni, xalqning
yuksak darajadagi huquqiy madaniyatini taqazo etadi. O’z navbatida, fuqarolarni huquq tartibotga,
qonunlarga hurmat bilan qarashga o’rgatish davrning dolzarb vazifasiga aylandi.
Mamlakatimizda davlat qurilishi, siyosat, iqtisodiyot, ma’naviyat sohalarida amalga oshirilayotgan
islohotlar ana shu vazifani ro’yobga chiqarishga qaratilgan. Bu maqsadga erishishda xalqning huquqiy
jihatdan bilimli bo’lishi, jamiyatning siyosiy faolligi, demokratik tamoyillarning kishilar ongiga teran
singib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, hukumat qarorlari
odamlarga yetib borishi, xalqimiz islohotlarning mohiyatini teran tushunib yetishi uchun avvalo
aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga
erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu
jamiyatning to’g’ri, demokratik yo’ldan rivojlanishi uchun zarurdir.
Huquqiy ong shakllanishida va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda juda ko’p omillar huquqiy bilimga
tayanar ekan, bugungi kunda huquqiy ta’limni bir tizimga solish, uning ilmiy, nazariy va amaliy
asoslarini o’rganish va huquqiy ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
O’quvchilarning huquqiy ongiga ta’sirini isbotlash asosiy vazifa bo’lib qolmoqda. Huquqiy ta’lim
asosida o’z huquqlari, erkinliklarini va burchlarini yaxshi bilgan kishilargina jamiyat ijtimoiy
hayotining hamma sohalarida ongli ravishda mehnat qiladilar va ularning yaratuvchanlik faoliyati
yuqori bo’ladi. Huquqiy ta’lim-tarbiya demokratik huquqiy davlatning poydevori ekanligi bilan hamda
O’quvchilarning huquqiy ta’limining ilmiy-amaliy muammolari bilan belgilanadi. Huquqiy ta’lim
yurtboshimiz ta’kidlaganidek, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va huquqiy ongni shakllantirishga
xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim asosida o’quvchilar huquqiy ongini rivojlantirish hamda inson va fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari, burchlarini amaliy ta’minlash ehtiyojlari bilan bog’liq. Demokratlashayotgan,
erkinlashayotgan ijtimoiy-milliy ong sharoitida aholining ayniqsa yoshlarning mustaqil yangicha
huquqiy tafakkurini shakllantirish va yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Majlisning
«Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi» shular jumlasidandir. Ushbu dasturning
maqsadidan kelib chiqib, yoshlarning huquqiy ongiga, ruhiga mustaqil va erkin tafakkurni singdirish,
ularning huquqiy dunyoqarashini keskin o’zgartirish muhim bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimizda huquqiy ta’limdagi o’qitish texnologiyasi birinchi navbatda insonparvarlik
tamoyillariga asoslanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ushbu yo’nalishning o’ziga xos jihati
umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining, ya’ni huquq sohasidagi bo’lajak mutaxassisning
individualligiga, uning o'quvchilariga alohida e’tibor berish, uning yosh xususiyatlarini hisobga olib,
mustaqil o’rganish faoliyatiga aniq yo’naltirishdir. Bundan kelib chiqqan holda umumta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |