INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES"
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
53
bo’lmagan bir narsa sifatida qaraydilar. Ular ko’pincha faqat amaliy mashg’ulotlarda, sinov
(eksperiment) dasturlarda, yangi (innovatsion) dasturlarda va kurslarda qo’llaniladi. Aslida esa
an’anaviy o’quv jarayonida - ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlarida, jumladan nazariy fanlarni
o’qitishda ham interfaol usullardan foydalanishga hech qanday to’siq yo’q. Amaliy ko’nikmalarga
o’rgatishda bu usullar hozirda ustuvor deb tan olinadi. Kasbiy mahoratga o’qitishning hech qachon
nihoyasi bo’lmaydi. Har qanday mashg’ulot, kurs, dasturning tugashi bilan ko’nikmalarning
shakllanish jarayoni tugamaydi, chunki takomillashishning chegarasi yo’q.
Harakat orqali o’rganishga asoslangan interfaol usullardan foydalanganda huquqshunos kundalik ishi
uchun xos bo’lgan vaziyatlar, o’zaro munosabatlar, vazifalar yuzaga keltiriladi. Aytish lozimki,
mazkur usullar ( muammoni hal qilish texnikasi, kichik guruhlarda ishlash, vaziyatlarni o’ylab topish)
yuridik konsultatsiyalar, bo’limlar, huquq-tartibot idoralari bo’linmalari ishida qo’llanishi mumkin.
Huquqiy ta’limda qo’llaniladigan o’qitish metodlari guruhiga quyidagilar kiradi:
An’anaviy metodlar – bu metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi.
Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: og’zaki, amaliy, ko’rgazmali, manba bilan ishlash,
video – texnika vositasidan foydalanish metodlari. Maqsadga ko’ra metodlar – bularga bilimlarni
egallash, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, bilimlarni qo’llash, ijodiy faoliyat, mustahkamlash,
bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish metodlari kiradi.
Idrok etish-bilish faoliyati xususiyatiga ko’ra metodlar – bularga tushuntirish-illyustrativ (axborot-
retseptiv), reproduktiv, muammoli bayon qilish, qisman ijodiy (evristik), tadqiqiy, ilk bor bilimlarni
o’zlashtirish, egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari kiradi.
Axborot bilan ta’minlanish imkoniyati ortib borishi, qulayliklarning ortishi jarayoni bilan bugungi
yosh avlodning huquqiy madaniyat ko`rsatkichlari teskari proporsional holda o`sib bormoqda. Olib
borilayogan islohotlarga ko`plab aholi qatlamlari keng qismi befarqlik bilan qarashi ham avvalo ana
shu omil – huquq fanlaridan yetarli darajada saboq olmayotganligining oqibati deya olamiz. 1997-
yilda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilindi, 2001-yil 4-yanvarda
“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Prezident
farmoyishi e’lon qilindi, 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, 2019-yil 20 –apreldagi
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash
to‘g‘risida”gi Nizomning qabul qilinishi, bularning barchasi aynan huquqiy savodxonlikni yuksaltirish,
provardida mamlakatdagi keng ko`lamli islohotlarga barchani o`z huquq va burchlari doirasida faol
ishtirokini ta’minlash maqsadining huquqiy asosi hisoblanadi. 2001-yilgi Prezident farmoni asosida
barcha ta’lim muassasalarida Konstitutsiyani o`rganish kurslari joriy qilindi. Yuqorida nomi keltirilgan
Nizomda shunday deyilgan: “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni
monitoring qilish va baholashning asosiy maqsadi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirishga doir huquqiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshirish, bu borada davlat
organlari va tashkilotlarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil
qilish bo‘yicha yangi innovatsion uslublarni joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalda
tatbiq etishdan iborat”
Shiddatli islohotlar jarayonida jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, har bir inson, u rahbar
yoki oddiy kishi bo‘ladimi, Konstitutsiya va qonunlarni, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va
qadr-qimmatini hurmat qilishi kundalik qoida va odatga aylanishiga erishish muhim sanaladi. Negaki,
qonunlar ishlagandagina, ular yaxshi samara beradi. Qonunlar esa ularga rioya etilsa, rioya etilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |