INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES"
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
49
HO’JAXONOV ISLOMXO’JA
ABDULLOXON OʻGʻLI
O’ZMU TAYANCH
DOKRORANTI
YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING FALSAFIY TAHLILI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada huquqiy
ong va madaniyatning
jamiyat
taraqqiyotidagi
roli,
talabalar
huquqiy
madaniyatini
rivojlantirishda ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifalari yoritilgan.
Shu bilan birga talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirishga doir
amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
huquqiy ong, huquqiy madaniyat, fuqarolik jamiyati,
oliy ta’lim, yuridik ta’lim, huquqiy targ’ibot.
INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND
SOCIAL SCIENCES
ISSN-E: 2181-2047, ISSN-P: 2181-2039
http://ijpsss.iscience.uz/index.php/ijpsss
Special Issue "MODERN RESEARCH IN THE SOCIAL AND HUMANITARIAN SCIENCES"
Copyright © Author(s). This article is published under the Creative Commons Attribution (CC BY 4.0) licenses. Anyone may reproduce,
distribute, translate and create derivative works of this article (for both commercial and non-commercial purposes), subject to full attribution to
the original publication and authors. The full terms of this license may be seen at
https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/legalcode
50
Huquqiy ta’lim shaxsga muayyan ko’lamda va ma’lum darajada bilim, ko’nikma va malaka berishga,
shuningdek, huquqiy ongli faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan murakkab jarayon hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, huquqiy ta’lim ham, barcha ta’limlar singari, ikki tomonlama
xarakterga ega. Ya’ni u o’qituvchi (ta’lim beruvchi) va o’quvchi-talaba (ta’lim oluvchi)larning
hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Huquqiy ta’limning muvaffaqiyati,
birinchidan,
ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi hamkorligidagi faoliyatning faol tarzda o’tishiga, ikkinchidan,
nimalardan saboq berilishiga, kim tomonidan tashkil qilinishiga, uni qanday
metodlar bilan amalga
oshirishga va nimalarning o’qitilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Ma’lumki, har qanday davlatning taraqqiyoti va kelajak qiyofasi yoshlarning bilim va itellektual
salohiyati, jismonan va ma’nan barkamolligiga bog’liq. Jamiyatimizda huquqiy madaniyatni
yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya borasidagi ishlar
tizimli va uzviy olib borish,
bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining samarali ishtirokini ta’minlash,
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan,
targ‘ibotning ilg‘or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan,
fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib
borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli
axborotlardan himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish muhim sanaladi.
Bu ishlarni tizimli amalga oshirishda nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari balki, Sud organlari
xodimlari, ta’lim muassasalari xususan Oliy ta’lim muassasalari tizimli ishlarni tashkil etishlari lozim.
Bu borada Farmonda nazarda tutilgan “shaxs – oila – mahalla – ta’lim muassasasi – tashkilot –
jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy ishlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Demokratik
huquqiy davlat, erkin fuqrolik jamiyatini rivojlantirish, hamda yangi O`zbekistonni rivojlangan
davlatlar qatoridan munosib o`rin egallashiga erishish kabi buyuk maqsadlar
oldida yoshlarning
huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish eng ustuvor vazifalardan biridir. Yuksak
huquqiy madaniyat – jamiyat taraqqiyotining asosi ekan, demak, ta’lim-tarbiyani modernizatsiyalash,
jahon andozalari darajasida tashkil qilishda huquqqiy tarbiya ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy ta’lim o’z oldiga eng asosiy maqsadni, ya’ni ilm orqali tadqiqot ob’ektidagi qonuniy
aloqadorliklarni aniqlash va bu qonuniyatlardan insonning qandaydir
ehtiyojini qondirishda
foydalanishni ko’rsatib berish maqsadini qo’yadi. Shundan kelib chiqib, huquqiy ta’lim jarayonida,
birinchidan, barcha huquqiy bilimlarni jamlab, ularni o’rgatish tamoyilidagi
talablarga solishtiriladi;
ikkinchidan, o’rgatish tamoyillariga mos kelishi asosida uning mahalliy sharoitga to’g’ri kelish –
kelmasligi aniqlanadi. Yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish eng avvalo ularda qonunlarga
hurmatni shakllantirish, o`z huquq va burchlarini to`liq anglab yetish va rioya etish, befarqlikka yo`l
qo`ymaslik, jinoyatchilkning oldini olish kabi bir qator muammolarning amaliy yechimi bo`lib xizmat
qiladi. Huquqiy savodxonlik fazilati shaxs – jamiyat –davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko’rsatadi,
hayotda mehnat faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis
hal qilish imkonini beradi. O`zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida
mamlakatda islohotlar
ko`lami to`g`risida to`xtalib davlatimiz rahbari shunday deydi: “Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
modernizatsiya qilish bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O’zbekiston
shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o’zgarishlar ortga qaytmaydigan tus
oldi”. Qaysi mamlakatki, uning xalqi hukumat siyosatini to`laqonli tushunib yagona maqsad bilan uni
qo`llab-quvvatlamasa, bu islohotdan ko`zlangan vazifalar natijasi barchaga ayon. Shu bois ayni damda
yurtimizda barcha sohada kadrlar tayorlash tizimini qayta ko`rib chiqilmoqda. Xususan, huquqiy
ta’lim tizimida ham. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim